Zaporojye viloyati

Zaporojye viloyati — Ukrainadagi viloyat. 1939 yil 10 yanvarda tashkil etilgan. Maydon 27,2 ming km2. Aholisi 2059,2 ming kishi. (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, bolgar va boshqalar yashaydi. 18 rayonn, 13 shahar, 20 shaharcha bor. Markazi – Zaporojye shahri. Zaporojye viloyati yer yuzasi bir oz oʻrqir tekislik. Janubida Kora dengiz boʻyi pasttekisligiga qoʻshilib ketadi. Jan.sharqida Azov boʻyi qirlari (200–220 m) joylashgan. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yozi issiq (iyulning oʻrtacha tempaturasi 22 dan 24° gacha), kishi unchalik sovuq emas, qor kam yogʻadi (yanv.ning oʻrtacha trasi –4 dan –5° gacha). Yiliga 300– 450 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 210 kun. Asosiy daryosi – Dnepr. Tuprogʻi unumdor, asosan, qoratuproq. Zaporojye viloyati dasht zonasida. Dasht oʻsimliklari jar va soyliklarda saqlanib qolgan. Oʻrmon va butazorlar viloyat maydonining 3,4% ni tashkil etadi. Tulki, malla quyon, boʻri; qushlardan bedana, yovvoyi oʻrdak, dasht va dala toʻrgʻaylari yashaydi. Zaporojye viloyatida qora va rangli metallurgiya yetakchi oʻrinda. Elektroenergetikasining asosini Dneproges, Zaporojye GRES va issiqlik elektr stansiyalari tashkil etadi. "Dneprospetsstal", "Zaporojstal" elektrometallurgiya zavodlari, Zaporojye titanmagniy kombinati, alyuminiy, elektrod, ferroqotishma zavodlari va Zaporojye utga chidamli zavodi bor. Belozyorsk temir ruda koni asosida kon kazish sanoati (Zaporojye temir ruda kombinati) rivojlangan. Mashinasozlik sanoati ("Zaporojtransformatormotor" zavodi, yuqori voltli apparaturalar, kabel zavodlari, "AvtoZAZ" motor, avtogidroagregat va "Avtotsvetmet", "Preobrazovatel", elektroapparat zavodlari mavjud. Berdyansk oʻrish mashinalari, Tokmak dizelsozlik ishlab chiqarish birlashmalari, Zaporojye abraziv kombinati, Berdyansk yoʻl mashinalari zavodi, "Bitmash", stanoksozlik, Orexov qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodlari) keng rivoj topgan. Kime va neft kimyosi muhim oʻrin egallaydi. Uysozlik kombinati, gʻishtcherepitsa, devor bloklari zavodlari bor. Oziqovqat sanoatida un, yogʻmoy, goʻsht, konserva, baliq, sut va yengil sanoatda tikuvchilik, poyabzal, trikotaj, koʻncharm tarmoqlari ham rivojlangan. Zaporojye viloyati gʻallachilik va goʻshtsut yetishtirishga ixtisoslashgan muhim rayon. Asosiy ekinlari: kuzgi bugʻdoy, baxrrgi arpa, kungaboqar. Sugʻoriladigan yerlarda sabzavotchilik bilan shugʻullaniladi. Bogʻdorchilik (gilos, olcha, oʻrik, olxoʻri, olma, nok va boshqalar), tokchilik rivojlangan. Chorvachilikda goʻshtsut chorvachiligi yetakchi oʻrinda. Choʻchqachilik va parrandachilik taraqqiy etgan. Koramol, mayin junli qoʻy boqiladi. Azov dengizida baliq ovlanadi. Transport yoʻllari zich. Aeroport bor. 7 oliy oʻquv yurti, 800 dan ziyod jamoat kutubxonasi, 3 teatr, 70 dan ortiq muzey mavjud.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. "Zaporojye viloyati" Z-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Other Languages
Afrikaans: Saporisja-oblast
azərbaycanca: Zaporojye vilayəti
беларуская (тарашкевіца)‎: Запароская вобласьць
qırımtatarca: Zaporijjâ vilâyeti
interlingua: Region Zaporojia
Bahasa Indonesia: Oblast Zaporizhia
Qaraqalpaqsha: Zaporojya wa'layati
한국어: 자포리자주
لۊری شومالی: ژاپروژیا
олык марий: Запорожье вел
македонски: Запорошка Област
Nederlands: Oblast Zaporizja
norsk nynorsk: Zaporizjzjia oblast
srpskohrvatski / српскохрватски: Zaporiška oblast
Simple English: Zaporizhia Oblast
српски / srpski: Запорошка област
татарча/tatarça: Запорожье өлкәсе
Tiếng Việt: Zaporizhia (tỉnh)
Bân-lâm-gú: Zaporizhzhya séng