Yevropa
English: Europe

Yevropa
ramkasiz
ramkasiz
Maydoni 10,180,000 km²
Aholisi 741,447,158 (2016)
Aholi zichligi 72.9/km2
Etnoxoronim Yevropalik
Davlatlar 50 ta
Tillar Ruscha, Nemischa, Fransuzcha, Italyancha, Inglizcha, Ispancha, Polyakcha, Ukraincha, Rumincha, Niderlandcha
Vaqt mintaqalari UTC−1dan UTC+5gacha
Yirik shaharlar Istanbul, Moskva, Parij, London, Madrid, Barselona, Sankt-Peterburg, Rim, Berlin, Milan

Yevropa, Yer sharining shimoliy yarimshari va qisman sharqiy yarimsharida joylashgan qitʼadir. Shimolda Shimoliy Muz okeani, gʻarbda Atlantika okeani, sharqda Osiyo va janubda Oʻrta dengizi bilan chegaradosh. Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismini oʻz ichiga oladi.

Yevropaning maydoni 10,1 million km2, shundan 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Yevropaning materikdagi chekka nuqtalari: shimolda Nordkin burni, janubda Marroki burni, gʻarbda Roka burni, sharqda Qutbiy Ural togʻining sharqiy etagi. Yevropa hududining 25%'ini yarim orollar tashkil etadi, ularning eng yiriklari Kola, Skandinaviya, Yutlandiya, Bretan, Pirenei, Apennin, Bolqon, Qrim yarim orollari hisoblanadi. Yevropaga qarashli orol va arxipelaglardan eng yiriklari Yangi Yer, Frans-Iosif Yeri, Shpitsbergen, Britaniya, Islandiya, Irlandiya, Korsika, Sardiniya, Sitsiliya va Krit'dir. Yevropa qirgʻoq chizigʻining umumiy uzunligi 38 ming km. Qirgʻoqlari kuchli emirilgan, dengiz va qoʻltiqlar quruqlik ichkarisiga kirib borgan.

Tabiati

Relefi ningaksari qismi pasttekislik va qirlardan, 1/5 qismi togʻlardan iborat. Yevropa oʻrtacha (300 m chamasi) va maksimal (4807 m, Alp togʻlaridagi Monblan choʻqqisi) balandligi jihatdan boshqa qitʼalardan (Avstraliya bundan mustasno) keyinda turadi. Baʼzi rayonlari (Kaspiy boʻyi pasttekisligi — 28 m, Shimoliy va Boltiq dengizlari sohili) dengiz sathidan pastligi Yevropa relefi tektonik tuzilishi va tarkib topishi tarixi jixdtidan xilma-xil. Yevropaning sharqiy qismini Sharqiy Yevropa tekisligi egallaydi. Uning yuzasi toʻlqinsimon, tepalik koʻp, oʻrtacha balandligi 170 metr. Baʼzi joylari 200 m va undan ham balandroq boʻlib, quyidagi qirlar bor: Valroka burni — Yevropaning gʻarbiy eng chekka nuqtasi. Oʻrta Rus, Volga boʻyi, Dnepr boʻyi, Volin, Podolsk va boshqalar. Sharqiy Yevropa tekisligi asta-sekin Oʻrta Yevropa tekisligiga oʻtib boradi. Gʻarbiy Yevropaning katta qismi togʻlardan iborat. Janubda yosh burmali togʻlar koʻtarilib turadi, bular — Pirenei, Alp, Apennin, Karpat, Stara-Planina togʻlari, Dinara yassitogʻpigi. Yevropaning oʻrta qismi qadimgi togʻlar — Se- venna, Yura, Gars, Shvarsvald, Sudet va b.lardan iborat. Qad. togʻlarga yana Grampian, Pennin, Skandinaviya togʻlari va Uralni kiritadilar. Yevropa relefining taraqqiyotida pleystotsen muz bosishlarining roli katta. Koʻp joylarda muzlik izlari hozirgacha saqlangan. Muzlikning asosiy markazi — Skandinaviya, kichikroq markazlari — Britaniya orollari, Alp va Karpat togʻlari boʻlgan. Muz qalinligi 2,0—2,5 km ga etgan.

Geologik tuzilishi

Yevropa hududi geologik tuzilishi jihatidan toʻrt qismga boʻlinadi: Sharqiy Yevropa platformasi; kaledon burmalanishi tuzilmalari; gersin burmalanishi tuzilmalari (Angliya janubi, Fransiya, Ispaniyaning bir qismi, Polsha va Chexiya massivi) va Janubiy Yevropadagi Alp burmalanishi tuzilmalari. Sharqiy Yevropa platformasini kembriygacha paydo boʻlgan kristalli burmalangan fundament tashkil qiladi. Bu fundament Boltiq qalqoni (Finlyandiya, Shvesiya, Norvegiya janubi, Kareliya, Kola yarim oroli), Ukraina qalqoni (Dneprning oʻng sohili, Azov buyi, Voronej tepaliklari) va Timan kryajida er yuzasiga chiqqan, boshqa joylarda chuqur joylashgan boʻlib, paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari bilan krplangan. Kaspiy boʻyi (8—10 km), Dnepr-Donesk (4—5 km), Moskva (2—3 km), Polsha-Litva va Pechora botiqlarini juda qalin togʻ jinslari qatlami qoplab yotadi[1]. Silur davrining oxirida hosil bulgan kaledon burmalanishi strukturalari (Skandinaviya, Buyuk Britaniya va Irlandiya togʻlari) kembriygacha hosil bulgan kristalli slaneslar, kembriy, ordovik va silur davrlariga mansub choʻkindi va vulqon jinslaridan tarkib topgan. Gersin burmalanishi strukturalari paleozoy erasining oxirida hosil boʻlib, kembriydan oldingi va paleozoy erasida vujudga kelgan choʻkindi, vulqon va otqindi jinslardan iborat. Unga Angliya janubi, Ispaniyaning gʻarbi, Portugaliya, Bretan yarim oroli, Markaziy Fransiya massivi, Vogeza, Shvarsvald, Ardenna, Slanesli Reyn, Gars togʻlari, Ural va Novaya Zemlyadagi burmalangan yotqiziqlar kiradi. Alp burmalanishi strukturalari tokembriy, paleozoy, mezozoy, kaynozoy eralariga mansub choʻkindi va otqindi jinslardan tarkib topgan. Ularga Qrim, Stara-Planina, Karpat, Alp, Apennin, Korsika, Sardiniya, Pireney, Iberiya va Bet togʻlari kiradi. Neogen boshida koʻtarilgan togʻ tizmalari etagida Akvitaniya, Shveysariya-Bavariya, Karpat oldi va Kavkaz oldi botiqlari, Vena, Vengriya botiqlari kabi toglararo botiqlar paydo boʻlgan hamda ular neogen-toʻrtlamchi davrlar yotqiziqlari bilan toʻlgan. Neogen yotkiziqdari mavjud Qora va Oʻrta dengizlar botiklari kaynozoy erasida hosil boʻlgan. Neogenda chuqur siniklar paydo boʻlishi bilan Karpat togʻlarida, Reyn daryosi buyida va b. joylarda vulqonlar otilgan. Keyingi davrda vulqon otilishi Italiyada (Vezuviy, Etna va boshqalar) davom etmoqda. Togʻ tizmalarining koʻtarilishi va pastliklarning choʻkishi Yer poʻstining eng yangi harakatlaridan dalolat beradi.

Foydali qazilmalari

Yevropada neft va gaz konlari paleozoy va mezozoy yotkiziqlari orasidan Alp togʻlari etagi va tog oraligʻidagi bukilmalarda (Ruminiya, Vengriya, Bolgariya, Italiya va boshqalari) neft neogen yotkiziqlari orasidan topilgan. Toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmirning katta konlari (Don, Lvov-Volin, Moskva yoni, Pechora havzalari, Polsha, GFR, Belgiya, Buyuk Britaniya) bor. Temir va marganes rudalari, boksit, rangli metallardan mis, nikel, kobalt, qoʻrgʻoshin, kumush konlari asosan gersinid mintakasida mavjud, kaliy va tosh tuzlari Ukraina, Belorussiya, Kaspiy boʻyi va Ural oldida hamda perm yotkiziklari orasida uchraydi. Apatit-nefelin rudalarining yirik konlari Kola yarim orolida, katta tuz konlari Daniya, GFR va Polsha hududlarida topilgan.

Iqlimi

Yevropaning aksariyat kismi oʻrtacha kengliklarda joylashgan. Yevropada arktika, subarktika, muʼtadil va subtropik mintakalar ikdim tiplari bor. Yevropaning arktika mintakasidagi orollarida iqlim sovuq, qish uzoq, yoz qiska (iyulning oʻrtacha haroratii 5°C dan past). Subarktika mintaqasida (Islandiya, Fennoskandiya, Shimoliy va Sharqiy Yevropa tekisligida) yoz uzoqroq va iliqroq, iyulda oʻrtacha harorat 10—12°C. Qish gʻarbiy rayonlarda yumshoq, sharqda sovuq; yogʻin 400—1000 mm, bugʻlanish yogʻinga nisbatan kam. Moʻtadil mintaqaning (Yevropaning Oʻrta dengiz buyi va Qrimning janubidan boshqa qismi) shimolda iqlim sovuq, janubda iliq, gʻarbida dengiz iqlimi, sharqida esa moʻtadil kontinental, qish sovuq, yoz shimolda salqin, markazida iliq, janubda issiq. Subtropik mintakada iqlim Oʻrta dengiz tipli, qish iliq, seryomgʻir (yanvarning oʻrtacha harorati 4— 12°), yoz issiq va quruq. Qishda eng past oylik tralar Yevropaning shimoli-sharqida Pechora daryosi xavzasida boʻladi (bu yerda eng past harorat — 52°C qayd qilingan). Umuman qish Sharqiy Yevropada sovuq. Sharqiy Yevropaning janubda qor bir oy, shimolda 7—9 oy erimaydi. Iyulda oʻrtacha harorat Yevropada Oʻrta dengiz atrofida (28—30°) va Kaspiy dengizi buyida (24—26°) eng yuqori, Arktika orollarida eng past (2— 4°C) boʻladi. Eng yuqori harorat (48°C) Pirenei yarim orolining janubida kuzatilgan. Yevropada yillik yogʻin miqdori gʻarbdan sharqqa tomon kamayib boradi. Atlantika okeaniga yaqin rayonlarda yiliga 1000— 2000 mm yogʻin yogʻadi. Sharqiy Yevropada yillik yogʻin miqdori 300—500 mm, Kaspiy dengizi boʻyida 200 mm va undan kam, Arktika orollarida 300—400 mm. Yevropaning katta qismida yillik yogʻin miqdori bugʻlanishga nisbatan koʻproq.

Ichki suvlari

Ichki suvlari Okib turadigan suvning hajmi (2850 km3) jihatidan Yevropa Yer yuzida Janubiy Amerikadan keyin 2-oʻrinda. Yevropada suv oqimi gʻarbdan sharqqa va shimoldan janubga tomon kamayib boradi. Yevropaning katta qismi Atlantika okeani va uning dengizlari havzasiga, oz qismi Shimoliy Muz okeani va ichki kavza — Kaspiy dengiziga mansub.

Yirik daryolari

Sharqiy Yevropa tekisliklarida joylashgan. Volga daryosi uzunligi (3530 km), havzasining maydoni (1360 ming km2) va oʻrtacha yillik suv sarfi (8000 m/ sek) boʻyicha 1-oʻrinda. Boshqa daryolari: Ural, Dnepr, Don, Pechora, Dnestr, Shimoliy Dvina. Gʻarbiy Yevropadagi eng katta daryolar: Dunay (uzunligi 2850 km, havzasining maydoni 817 ming km2), Reyn, Elba, Visla, Luara, Taxo, Odra. Daryolar Sharqiy Yevropa tekisliklarida kordan, qisman yomgʻirdan, Oʻrta Yevropa tekisliklarida, asosan, yomgʻirdan, Alp togʻlarida kor, yomgʻir, qisman muzliklarning erishidan, Oʻrta dengiz boʻyidagi karst relefli rayonlarda grunt suvlaridan toʻyinadi. Yevropa daryolariga oqimni tartibga solib turuvchi koʻplab suv omborlari va boshqa suv inshootlari qurilgan, ularning koʻpchiligi oʻzaro va koʻllar bilan kanallar orqali bogʻlangan, natijada ularning transport ahamiyati ortgan.

Koʻllar

Yevropada notekis taqsimlangan. Ular asosan, toʻrtlamchi davrda muzlik bosgan erlarda joylashgan. Tekisliklardagi koʻllar: Ladoga, Onega, Venern, Balaton, Vettern, Melaren, Imandra; togʻ etagida joylashgan koʻllar: Jeneva, Lago-Majore, Komo, Garda va boshqa Baland togʻ tepalarida „alp“ koʻllari, Apennin yarim oroli va Islandiyada vulqon koʻllari bor. Koʻllarning suvi chuchuk. Janubi-sharqdagi arid rayonlarda koʻl suvi shoʻr va juda minerallashgan (Elton, Bosqunchoq). Yevropaning Osiyo bilan chegarasida dunyodagi eng katta koʻl — Kaspiy dengizi joylashgan. Yevropaning shimoliy va shimoli-sharqida botqoqlik koʻp.

Muzliklari

Yevropadagi muzliklarning umumiy maydoni 118 ming km2 dan ziyod. Eng yirik muzliklari Shpitsbergen (58 ming km2), Novaya Zemlya, Frans-Iosif Yeri, Islandiyada va Skandinaviya togʻlarida. Muzliklarning qalinligi 400 — 600 m, ayrim joylarda 1000 m gacha. Alp togʻlari, Uralning shimoliy, Pirenei, Serra-Nevada togʻlarida ham muzliklar bor. Tuproqlari oʻz xususiyatiga koʻra 4 mintaqa (arktika, boreal, subboreal va subtropik) zonalariga boʻlingan. Boreal va subboreal mintaqa tuproqlari katta maydonni egallagan. Tuproqlarining zonallik strukturasi va tiplariga koʻra Gʻarbiy Yevropaning okean iqlimli rayonlari Sharqiy Yevropaning kontinental iqlimli rayonlaridan farq qiladi. Arktika mintaqasida arktika va tundra tuproqlari shakllangan. Boreal mintaqada podzollashgan, sur tusli oʻrmon, chimli torfsimon tuproqlar tarqalgan. Bu zonada introzonal tuproqlardan allyuvial, chimli-karbonatli, torfli botqoq tuproqlari va boshqalari bor. Togʻli rayonlarda togʻtundra, chimli-podzollashgan, sur tusli oʻrmon tuproqlari uchraydi. Subboreal mintaqaning moʻtadil kontinental rayonlarida qora va kashtan, qoʻngʻir chala chul tuproqlari, okean iqlimli rayonlarda qoʻngʻir oʻrmon, chimli-karbonatli, togʻlarda podzollashgan, togʻ-oʻtloq tuproqlari tarqalgan. Subtropik mintaqada qoʻngʻir, qizil, sariq, boʻz-qoʻngʻir, Oʻrta dengiz atrofidagi togʻlarda togʻ qoʻngʻir va jigarrang tuproqlar bor. Qora, qoʻngʻir va sur tusli oʻrmon hamda jigarrang tuproqli yerlardan dehqonchilikda koʻproq foydalaniladi.„

Oʻsimliklari

Floristik tarkibiga koʻra Yevropa oʻsimliklari Golarktika oblastita kiradi. Yevropa florasida Osiyo, Afrika va Shimoliy Amerika oʻsimliklariga xos oila, turkum va turlar koʻp, endemiklar esa kam. Yevropada quyidagi oʻsimlik tiplari mavjud: tundra, boreal yoki tayga, dasht, choʻl, subtropik oʻsimliklari. Oʻrmon oʻsimliklari eng katta maydonni egallagan, tundra va choʻl oʻsimliklari u qadar koʻp emas. Yevropa hududida tabiiy landshaftlar deyarli qolmagan, ular oʻrnini oʻzgartirilgan madaniy landshaftlar egallagan. Tundra va togʻlarning landshafti va faunasi kam oʻzgargan. Oʻrta va Janubiy Yevropada keng bargli oʻrmonlar koʻplab qirqib yuborilgan. Tundrada yoʻsin va lishaynik, oʻt, butalar, janubida daraxtlar oʻsadi. Tayga oʻsimliklari keng maydonda tarqalgan, janubiy chegarasi 57— 58°C sh. k.dan oʻtadi. Tayga zonasida igna bargli oʻrmonlar, oʻtloqlar, botqoqliklar bor. Keng bargli va igna bargli aralash oʻrmonlar taygadan janubda joylashgan va Skandinaviya janubdan Uralgacha choʻzilgan. Keng bargli urmonlarning janubiy chegarasi Gʻarbiy Yevropada 40°C sh. k.dan, Sharqiy Yevropada 53—54°C sh. k.dan oʻtgan. Togʻ oraligʻidagi tekisliklar (Chexiya tekisligi, Oʻrta Du-nay tekisligi)da oʻtloqli dashtlar bor. Togʻ yon bagʻrilari (pastdan yuqoriga) keng bargli, igna bargli, subalp butazorlari, alp oʻtloqlari bilan qoplangan. Oʻtloqlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Keng bargli oʻrmonlardan janubda oʻrmonli dasht va dasht zonasi boʻlib, bu yerlar asosiy dehqonchilik rayoni. Tabiiy oʻsimliklar faqat qoʻriqxonalardagina yaxshi saqlanib qolgan. Chala choʻl va choʻl zonalaridan qoʻy boqiladigan yaylov sifatida foydalaniladi. Yevropaning subtropik rayonlaridagi tekislik va togʻ etaklarida doim yashil kserofil oʻrmon va butazorlar bor. Oʻrta dengiz atrofidagi oʻrmonlar kesilib, oʻrni ekinzor, tokzor va sitrus oʻsimliklar plantatsiyalariga aylantirilgan.Hayvonot dunyosi Golarktika zooge-ografik oblastiga mansub. Hayvon turlari geografik zonalar boʻyicha, asosan oʻsimlik tiplarining joylashishiga muvofiq tarqalgan. Tundrada iqlim sovuqligidan hayvon turi kam. Mayda kemiruvchilar, shimol bugʻusi, qutb tulkisi, boʻri, tyulen, har xil qushlar yashaydi. Shpitsbergenda mushkli qoʻchqorbuqa iqlimlashtirilgan. Tayga hayvon turiga boy. Sut emizuvchilardan qoʻngʻir ayiq, boʻri, tulki, sobol, tiyin va boshqa, turli qush, hasharot koʻp. Aralash va keng bargli urmonlarda yovvoyi mushuk, asl bugʻu, toʻngʻiz, los va boshqa; qoʻriqxonalarda zubr yashaydi. Kushlardan kakku, bulbul, boyoʻgʻli va boshqa bor. Oʻrmon hayvonlari, ayniqsa yirik sut emizuvchilar juda kamayib ketgan. Sharqiy Yevropaning dasht va chala choʻl rayonlari uchun kemiruvchilardan yumronqoziq, quyon, koʻshoyoq, suv kalamushi va boshqa xos. Kaspiy dengizi boʻyida saygʻoq, qarsoq tulki, qumsichqon; qushlardan burgut, bedana va boshqa koʻproq uchraydi. Oʻrta dengiz atrofida togʻ hayvonlari yashaydi. U erda sudraluvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilar koʻp. Sut emizuvchilardan bezoar va alp echkilari, yovvoyi qoʻy, jayra, Gibraltarda magot maymuni; qushlardan chumchuq, zagʻizgʻon, qaldirgʻoch; sudraluvchilardan kaltakesak, gekkon, ilonlar, toshbaqa; suvda yashovchilardan - baqa, qurbaqa, salamandra, triton bor.

Geografik tadqiqotlar tarixi

Yevropa qitʼasining ayrim qismlarini kashf etishni kritliklar boshlab berishgan. Ular mil. av. 16-asrdan oldinroq Kiklada arxipelagini egalladilar. Peloponnes yarim orolda yashovchi axeylar mil. av. 15–13-asrlarda Pind va Olimp togʻlarini, Xalqidiya yarim oroli, Shimoliy Sporada, Lemnos va Ioni orollarini kashf qildilar. Mil. av. 9-asrda finikiyalik dengizchilar Apennin yarim oroli, Malta, Sitsiliya, Sardiniya, Balear orollari, Pirenei yarim oroli sohillariga suzib boradilar. Mil. av. 1-ming yillik oʻrtalariga kelganda yunonlar Janubiy Yevropa sohillarini kashf etib boʻldilar. Mil. av. 320-yilgacha yunonistonlik Pifey Yevropaning gʻarbiy sohillarini Biskay qoʻltigʻidan Shimoliy dengizgacha oʻrgandi. Mil. av. 4-asrgacha yunonlar Bolqon va Apennin togʻlari orqali oʻtib, Sharqiy Alp togʻlarigacha borganlar. Mil. av. 58—51 yillarda Yuliy Tsezar legionlari Fransiyaning koʻp daryolari va Buyuk Britaniyaning Temza daryosigacha boʻlgan joylarni oʻrgandilar. Mil. av. 35 — mil. 9-yilda Oktavian Avgust sarkardalari Markaziy Yevropaga bostirib kirib, Reyn, Dunay vodiylari, Friz orollari bilan tanishdilar. 43—84 yillarda rimliklar Uels yarim oroli, Men va Anglsi orollari, Pennin togʻlarigacha bordilar. 8-asrda irlandlar Farer orollari va Islandiyaga birinchi boʻlib bordilar. 9-asrda bu orollarni normannlar egalladilar. Ular Skandinaviya va Kola yarim orollarini shimoldan aylanib, Oq dengizgacha yetib bordilar. Boltiq dengizining Botnik, Riga, Fin qoʻltiqlarida suzib, barcha yirik orollarni, Neman va Gʻarbiy Dvina daryolari etaklarini kashf etdilar. 8—9-asrlarda arablar butun Janubiy Yevropa, 711—718 yillarda oʻzlari bosib olgan Pirenei yarim oroli bilan janubi-sharq va sharqda Emba va Yoyiq (Ural) daryolari hamda Volga boʻyining unga Kama daryosi quyilishigacha boʻlgan joylarini oʻrgandilar. Sharqiy Yevropaning qolgan hamma rayonlari va butun Shimoliy Yevropani Boltiq, dengizi qoʻltiqlari va Oq dengizdan Uralgacha ruslar tadqiq qildi. 15—16-asrlarda rus dengizchi sayyohdari Shimoliy Yevropaning butun qirgʻoqlari boʻylab suzib, Kanin yarim oroli, Kolguev, Vaygach, Novaya Zemlya va Shpitsbergen orollarini oʻrgandilar. 16-asr 2-yarmida rus er oʻlchovchilari Sharqiy Yevropadagi daryo, yirik koʻllar, orol hamda yarim orollarni tadqiq qilib, xaritaga tushirdilar. 18-asrda rus sayyohlari Ural togʻlari, Yalpi Sirt, Kaspiy boʻyi pasttekisligi, Kumamanich botigʻi, Valday kirlari va boshqa joylarni oʻrgandilar. Janubiy Yevropa dengizlari sohili va Atlantika okeani sohilini 13—15-asrlarda, asosan Italiya dengizchilari batafsil tadqiq kilib xaritaga tushirdilar. 18-asr oxirlarida fransuz, italyan, polyak va boshqa olimlar Apennin, Alp, Karpat, Pireney, Dinara togʻlari, Markaziy Fransiya massivini oʻrganishni davom ettirdilar. 19-asrda geolog va geograflar Alp va Fennoskandiya togʻlarining tuzilishini, Buyuk Britaniya orolning relef xususiyatlarini aniqladilar[2].

Aholisi

Aholisi 2000-yilga kelib 725,5 million kishiga etdi. Antropologik tarkibi. Yevropaning deyarli barcha aholisi katta yevropoid irqiga mansub boʻlib, bir necha kichik irqlarga boʻlinadi. Skandinaviya mamlakatlari, Birlashgan Qirollik, Irlandiya, Islandiya, Niderlandiya, Estoniya va Latviya hududlarida atlantika-boltiq irqiga mansub aholi yashaydi. Yevropaning markaziy viloyatlari va uning sharqiy qismida oʻrta evropa irqiga mansub turli xalqlar bor. Adriatika dengizi sharqidagi mamlakatlarda, Gretsiya shimoli, Bolgariya, Avstriya janubi va Italiya shimoli (Tirol), Qora dengizning shimoliy, gʻarbi va sharqida istiqomat qiluvchi aholi bolqon-kavkaz iqkiga kiradi. Ispaniya, Italiyaning katta qismi, Fransiya, Gresiya janubi, Oʻrta dengiz orollarida hind-oʻrta dengiz irqiga, Litva, qisman Latviya va Shimoliy Yevropaning Rossiya qismida oq dengiz-boltiq irqiga mansub xalqlar yashaydi. Yevropaning Ural va Volga havzalari va boshqa hududlarda turli irqqa mansub xalqlar bor.[3]

Etnik tarkibi

Yevropa xalqlari tillarining koʻpchiligi hind-evropa tillari oilasiga mansub. Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Yevropada slavyanlar guruhiga mansub xalqlar joylashgan. ruslar, ukrainlar, beloruslar — sharqiy slavyanlar; polyaklar, chexlar, slovaklar — gʻarbiy slavyanlar; bolgarlar, makedonlar, serblar va chernogorlar janubiy slavyanlarni tashkil etadi. Shimoliy va Markaziy Yevropada olmon tillirida soʻzlashuvchi xalqlar — olmonlar, avstriyaliklar, shveysariyaliklar, lyuksemburglar, gollandlar, flamandlar, inglizlar, shotlandlar, danlar, shvedlar, norveglar, islandlar va boshqalar yashaydi, Janubi-Gʻarbiy Yevropa aholisi roman tillarida soʻzlashuvchi xalqlar — italyanlar, fransuzlar, ispanlar, portugallar, ruminlar, moldavanlar va boshqalardan iborat. Janubi-Sharqiy Yevropadagi hind-oriylar guruhiga mansub loʻlilarning koʻpchiligi va barcha mamlakatlarda istiqomat qiluvchi deyarli hamma yaxudiylar (rasmiy tili — idish, ivrit tili) mahalliy tilda soʻzlashadi. Grek tili va albanlar tili hind-evropa tillarining alohida guruhiga kiradi. Yevropa aholisining salmoqli qismini ural-oltoy xalqlari tillarida soʻzlashuvchilar tashkil etadi. Finlar, estonlar, karellar, mordvalar, marilar, udmurtlar, vengerlar va boshqa ugorfin tillarida, chuvashlar, tatarlar, boshkirdlar, gagauzlar va boshqa turkiy tillarda gaplashadi. Yevropada xristian dini, asosan ikki oqim (pravoslavie va katolitsizm)ga boʻlinadi; shuningdek, 16—17-asrlardagi reformasiya davrida katolik cherkovidan ajralib chiqqan protestantizm va boshqa diniy oqimlar bor. Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa xalqlarida pravoslavie, Janubi-Gʻarbiy Yevropa aholisi oʻrtasida katolitsizm keng yoyilgan. Yevropadagi turkiy xalqlar, albanlar, loʻlilarning koʻpchiligi, shuningdek, bosniylar va bolgarlarning bir qismi Islom diniga, yahudiylar hinduizmga eʼtiqod qiladi.

Siyosiy boʻlinishi

Yevropaning hozirgi siyosiy xaritasi 1990-yillardagi siyosiy oʻzgarishlardan soʻng yangilandi. Bir qancha davlatlar, jumladan shoʻrolar ittifoqining barham topishi, Yugoslaviyaning parchalanishi, Chexoslovakiyaning Chexiya va Slovakiyaga boʻlinishi natijasida bir qancha yangi davlatlar vujudga keldi, GDR va GFR birlashdi.[4][5]

Yevropa davlatlari

BayroqGerbiNomiMaydoni
(km2)
Aholisi
Aholi zichligi
(kishi/km2)
PoytaxtDavlatning rasmiy tilidagi nomi
AlbaniyaAlbaniaAlbania28,7482,876,59198.5TiranaShqipëria
AndorraAndorraAndorra46877,281179.8Andorra la VellaAndorra
ArmanistonArmeniaArmaniston[j]29,7432,924,816101.5YerevanՀայաստան (Hayastan)
AvstriyaAustriaAvstriya83,8588,823,054104ViennaÖsterreich
OzarbayjonAzerbaijanOzarbayjon[k]86,6009,911,646113BokuAzǝrbaycan
BelarusBelarusBelarusiya207,5609,504,70045.8MinskБеларусь (Belaruś)
BelgiyaBelgiumBelgiya30,52811,358,357372.06BrusselBelgië/Belgique/Belgien
Bosniya va GersegovinaBosnia and HerzegovinaBosnia and Herzegovina51,1293,531,15968.97SarayevoBosna i Hercegovina/Боснa и Херцеговина
BolgariyaBulgariaBolgariya110,9107,101,85964.9SofiaБългария (Bǎlgariya)
XorvatiyaCroatiaCroatia56,5424,284,88975.8ZagrebHrvatska
KiprCyprusKipr[d]9,2511,170,125123.4NikosiyaKýpros/Kıbrıs
ChexiyaCzech RepublicChexiya Respublikasi78,86610,610,947134PragueČesko
DaniyaDenmarkDaniya43,0945,748,796133.9KopengagenDanmark
EstoniyaEstoniaEstoniya45,2261,319,13328TallinEesti
FinlandiyaFinlandFinlandiya336,5935,509,71716HelsinkiSuomi/Finland
FransiyaFranceFransiya[g]547,03067,348,000116ParisFrance
GruziyaGeorgia (country)Gruziya[l]69,7003,718,20053.5Tbilisiსაქართველო (Sakartvelo)
GermaniyaGermanyGermaniya357,16882,800,000232BerlinDeutschland
YunonistonGreeceGretsiya131,95710,768,47782AthensΕλλάδα (Elláda)
MojaristonHungaryHungary93,0309,797,561105.3BudapeshtMagyarország
IslandiyaIcelandIslandiya103,000350,7103.2ReykyavikÍsland
IrlandiyaIrelandIrlandiya70,2804,761,86567.7DublinÉire/Ireland
ItaliyaItalyItaliya301,33860,589,445201.3RomeItalia
QozogʻistonKazakhstanQozogʻiston[i]2,724,90017,987,7366.49Nur-SultonҚазақстан (Qazaqstan)
LatviyaLatviaLatviya64,5891,925,80034.3RigaLatvija
LixtenshteynLiechtensteinLiechtenstein16038,111227VadutsLiechtenstein
LitvaLithuaniaLitva65,3002,800,66745.8VilnyusLietuva
LyuksemburgLuxembourgLyuksemburg2,586602,005233.7LyuksemburgLëtzebuerg/Luxemburg/Luxembourg
MaltaMaltaMalta316445,4261,410VallettaMalta
MoldovaMoldovaMoldova[a]33,8464,434,547131.0KishinyovMoldova
Monako bayrogʻi MonakoMonacoMonako2.02038,40018,713MonacoMonaco
ChernogoriyaMontenegroMontenegro13,812642,55045.0PodgoritsaCrna Gora/Црна Гора
NiderlandlarNetherlandsNiderlandiya[h]41,54317,271,990414.9AmsterdamNederland
Makedoniya RespublikasiNorth MacedoniaShimoliy Makedoniya25,7132,103,72180.1SkopyeСеверна Македонија (Severna Makedonija)
NorvegiyaNorwayNorvegiya385,2035,295,61915.8OsloNorge/Noreg/Norga
PolshaPolandPolsha312,68538,422,346123.5WarsawPolska
PortugaliyaPortugalPortugaliya[e]92,21210,379,537115LissabonPortugal
RuminiyaRomaniaRuminiya238,39719,638,00084.4BuxarestRomânia
RossiyaRussiaRossiya[b]17,098,246144,526,6368.4MoskvaРоссия (Rossiya)
San MarinoSan MarinoSan Marino61.233,285520San MarinoSan Marino
SerbiyaSerbiaSerbiya[f]88,3617,040,27291.1BelgradSrbija/Србија
SlovakiyaSlovakiaSlovakiya49,0355,435,343111.0BratislavaSlovensko
SloveniyaSloveniaSlovenia20,2732,066,880101.8LyublyanaSlovenija
IspaniyaSpainIspaniya505,99046,698,15192MadridEspaña
ShvetsiyaSwedenSweden450,29510,151,58822.5StockholmSverige
ShveysariyaSwitzerlandSwitzerland41,2858,401,120202BernSchweiz/Suisse/Svizzera/Svizra
TurkiyaEmblem of Turkey.svgTurkiya[m]783,35680,810,525105AnqaraTürkiye
UkrainaUkraineUkraina603,62842,418,23573.8KievУкраїна (Ukraina)
Birlashgan QirollikUnited KingdomBirlashgan Qirollik244,82066,040,229270.7LondonUnited Kingdom
Vatican CityVatican CityVatikan0.4410002,272Vatican CityCittà del Vaticano/Civitas Vaticana
Jami5010,180,000[n]743,000,000[n]73

Shuningdek, qarang

Adabiyotlar



Manbalar

  1. Murzayev E. M. Yevropa va Osiyoning geografik chegaralarini qaerdan topish mumkin? AN SSSR, ser. georg., 4, 1963.
  2. Britannica. Yevropa haqida maʼlumot
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. Larousse Ensiklopediyasi. Yevropa
  5. National Geographic Atlas of the World (7th ed.). Washington, DC: National Geographic. 1999. ISBN 0-7922-7528-4. (68 va 90-betlar)

Havolalar

Tarixiy xaritalar

Other Languages
Аҧсшәа: Европа
Acèh: Iërupa
адыгабзэ: Еуропэ
Afrikaans: Europa
Akan: Yurop
Alemannisch: Europa
አማርኛ: አውሮፓ
aragonés: Europa
Ænglisc: Europe
العربية: أوروبا
مصرى: اوروبا
অসমীয়া: ইউৰোপ
asturianu: Europa
авар: Европ
Aymar aru: Iwrupa
azərbaycanca: Avropa
تۆرکجه: اوروپا
башҡортса: Европа
Bali: Éropa
Boarisch: Eiropa
žemaitėška: Euruopa
Bikol Central: Europa
беларуская: Еўропа
беларуская (тарашкевіца)‎: Эўропа
български: Европа
भोजपुरी: यूरोप
Bislama: Yurop
Banjar: Irupa
bamanankan: Eropa
বাংলা: ইউরোপ
bosanski: Evropa
ᨅᨔ ᨕᨘᨁᨗ: Eropah
буряад: Европо
català: Europa
Chavacano de Zamboanga: Europa
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Ĕu-ciŭ
нохчийн: Европа
Cebuano: Uropa
Chamoru: Europa
ᏣᎳᎩ: ᏳᎳᏛ
Tsetsêhestâhese: Hóxovê-hooma
کوردی: ئەورووپا
corsu: Europa
qırımtatarca: Avropa
čeština: Evropa
kaszëbsczi: Eùropa
словѣньскъ / ⰔⰎⰑⰂⰡⰐⰠⰔⰍⰟ: Єѵрѡпа
Чӑвашла: Европа
Cymraeg: Ewrop
dansk: Europa
Deutsch: Europa
Zazaki: Ewropa
dolnoserbski: Europa
डोटेली: युरोप
eʋegbe: Europa
Ελληνικά: Ευρώπη
emiliàn e rumagnòl: Európa
English: Europe
Esperanto: Eŭropo
español: Europa
eesti: Euroopa
euskara: Europa
estremeñu: Uropa
فارسی: اروپا
Fulfulde: Yuroopu
suomi: Eurooppa
Võro: Õuruupa
Na Vosa Vakaviti: Iurope
føroyskt: Evropa
français: Europe
arpetan: Eropa
Nordfriisk: Euroopa
furlan: Europe
Frysk: Jeropa
Gaeilge: An Eoraip
Gagauz: Evropa
贛語: 歐洲
kriyòl gwiyannen: Léròp
Gàidhlig: An Roinn-Eòrpa
galego: Europa
گیلکی: اۊرۊپا
Avañe'ẽ: Európa
गोंयची कोंकणी / Gõychi Konknni: युरोप
𐌲𐌿𐍄𐌹𐍃𐌺: 𐌰𐌹𐍅𐍂𐍉𐍀𐌰
ગુજરાતી: યુરોપ
Gaelg: Yn Oarpey
Hausa: Turai
客家語/Hak-kâ-ngî: Êu-chû
Hawaiʻi: ‘Eulopa
עברית: אירופה
हिन्दी: यूरोप
Fiji Hindi: Europe
hrvatski: Europa
hornjoserbsce: Europa
Kreyòl ayisyen: Ewòp
magyar: Európa
հայերեն: Եվրոպա
Արեւմտահայերէն: Եւրոպա
interlingua: Europa
Bahasa Indonesia: Eropa
Interlingue: Europa
Ilokano: Europa
ГӀалгӀай: Европа
Ido: Europa
íslenska: Evrópa
italiano: Europa
ᐃᓄᒃᑎᑐᑦ/inuktitut: ᐃᐆᕌᑉ
日本語: ヨーロッパ
Patois: Yuurop
la .lojban.: rontu'a
Jawa: Éropah
ქართული: ევროპა
Qaraqalpaqsha: Evropa
Taqbaylit: Turuft
Адыгэбзэ: Еуропэ
Kongo: Mputu
қазақша: Еуропа
kalaallisut: Europa
ភាសាខ្មែរ: ទ្វីបអឺរ៉ុប
ಕನ್ನಡ: ಯುರೋಪ್
한국어: 유럽
Перем Коми: Европа
къарачай-малкъар: Европа
Ripoarisch: Europa
kurdî: Ewropa
коми: Европа
kernowek: Europa
Кыргызча: Европа
Latina: Europa
Ladino: Evropa
Lëtzebuergesch: Europa (Kontinent)
лакку: Европа
лезги: Европа
Lingua Franca Nova: Europa
Luganda: Bulaaya
Limburgs: Europa
Ligure: Euròpa
lumbaart: Europa
lingála: Erópa
لۊری شومالی: اورۊپا
lietuvių: Europa
latgaļu: Europa
latviešu: Eiropa
मैथिली: युरोप
Basa Banyumasan: Eropah
Malagasy: Eorôpa
олык марий: Европа
Māori: Ūropi
Minangkabau: Eropa
македонски: Европа
മലയാളം: യൂറോപ്പ്
монгол: Европ
मराठी: युरोप
кырык мары: Европа
Bahasa Melayu: Eropah
Malti: Ewropa
Mirandés: Ouropa
မြန်မာဘာသာ: ဥရောပ
مازِرونی: اوروپا قاره
Dorerin Naoero: Iurop
Nāhuatl: Europan
Napulitano: Europa
Plattdüütsch: Europa
Nedersaksies: Europa (werelddeel)
नेपाली: युरोप
नेपाल भाषा: युरोप
norsk nynorsk: Europa
norsk: Europa
Novial: Europa
ߒߞߏ: ߋߙߐߔߎ߬
Nouormand: Ûrope
Sesotho sa Leboa: Europa
Chi-Chewa: Europe
occitan: Euròpa
Livvinkarjala: Jevrouppu
Oromoo: Yuurooppi
ଓଡ଼ିଆ: ୟୁରୋପ
Ирон: Европæ
ਪੰਜਾਬੀ: ਯੂਰਪ
Pangasinan: Europe
Kapampangan: Europa
Papiamentu: Oropa
Picard: Urope
Deitsch: Eiropaa
Pälzisch: Europa
Norfuk / Pitkern: Urup
polski: Europa
Piemontèis: Euròpa
پنجابی: یورپ
Ποντιακά: Ευρώπην
پښتو: اروپا
português: Europa
Runa Simi: Iwrupa
rumantsch: Europa
romani čhib: Europa
română: Europa
armãneashti: Europa
tarandíne: Europe
русский: Европа
русиньскый: Европа
Kinyarwanda: Burayi
संस्कृतम्: यूरोपखण्डः
саха тыла: Эуропа
ᱥᱟᱱᱛᱟᱲᱤ: ᱤᱣᱨᱳᱯ
sardu: Europa
sicilianu: Europa
Scots: Europe
سنڌي: يُورَپ
davvisámegiella: Eurohpá
Sängö: Aêropa
srpskohrvatski / српскохрватски: Evropa
සිංහල: යුරෝපය
Simple English: Europe
slovenčina: Európa
slovenščina: Evropa
Gagana Samoa: Europa
chiShona: Europe
Soomaaliga: Yurub
shqip: Evropa
српски / srpski: Европа
Sranantongo: Ropa
SiSwati: IYurophu
Sesotho: Uropa
Seeltersk: Europa
Sunda: Éropa
svenska: Europa
Kiswahili: Ulaya
ślůnski: Ojropa
தமிழ்: ஐரோப்பா
ತುಳು: ಯುರೋಪ್
తెలుగు: ఐరోపా
tetun: Europa
тоҷикӣ: Аврупо
ትግርኛ: ኤውሮጳ
Türkmençe: Ýewropa
Tagalog: Europa
lea faka-Tonga: ʻEulope
Tok Pisin: Yurop
Türkçe: Avrupa
Xitsonga: Yuropa
татарча/tatarça: Аурупа
chiTumbuka: Europe
reo tahiti: ’Europa
тыва дыл: Европа
удмурт: Европа
ئۇيغۇرچە / Uyghurche: ياۋروپا
українська: Європа
اردو: یورپ
vèneto: Eoropa
vepsän kel’: Evrop
Tiếng Việt: Châu Âu
West-Vlams: Europa
Volapük: Yurop
walon: Urope
Winaray: Europa
Wolof: Tugal
吴语: 欧洲
хальмг: Европ
isiXhosa: IYurophu
მარგალური: ევროპა
ייִדיש: אייראפע
Yorùbá: Europe
Vahcuengh: Ouhcouh
Zeêuws: Europa
中文: 欧洲
文言: 歐羅巴洲
Bân-lâm-gú: Au-chiu
粵語: 歐洲
isiZulu: IYurophu