Yaroslavl viloyati

Yaroslavl viloyatiRossiya Federatsiyasidagi viloyat. 1936 yil 11 martda tashkil etilgan. Maydon 36,4 ming km². Aholisi 1367 ming kishidan ziyod (2003), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, belorus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 80,9%. Yaroslavl viloyatida 17 maʼmuriy tuman, 11 shahar, 14 shaharcha bor. Markazi – Yaroslavl shahri. Yirik shaharlari: Ribinsk, Tutayev.

Yaroslavl viloyati Rossiya tekisligining markaziy qismida joylashgan. Yer yuzasi bir oz koʻtarilgan tekislikdan iborat. Gil, kvars qumlari, tuf, torf, sapropel konlari va mineral buloqlar bor. Iqlimi mo'tadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –10,5° dan –12,5° gacha, iyulniki 17,5. Yiliga 500 – 600 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 165–170 kun. Asosiy daryosi – Volga. Hududining 4,5% botqoqlik. Tuprogʻi chimlipodzol, allyuvialbotqoq tuproqlar. Qora qaragʻay, qayin, togʻterak oʻsadi. Oʻrmonlar viloyat hududining 50% ni egallaydi. Yovvoyi hayvonlardan los, quyon, tulki, boʻri va boshqalar yashaydi. Pereslavl milliy bogʻi, Darvin qoʻriqxonasi bor.

Asosiy sanoat tarmoqlari: kimyo, mashinasozlik va toʻqimachilik. Kimyo sanoatida asbestli rezina va lokboʻyoq, sintetik kauchuk va boshqalar mahsulotlar ishlab chiqariladi. Yirik shina zavodi, nitrolan va har xil boʻyoqlar ishlab chiqaruvchi, neftni qayta ishlash, Ribinsk priborsozlik zavodlari bor. Mashinasozlikda ogʻir yuk koʻtaruvchi avtosamosvallar, aviamotorlar, elektromotorlar, dizel motorlari, yogʻochni qayta ishlovchi stanoklar va boshqalar ishlab chiqariladi. Kabel, soat zavodlari, poligrafiya, texnik zigʻir tola gazlamalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kombinatlar ishlab turibdi. Mahalliy xom ashyo asosida charmpoyabzal ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan, mahalliy qurilish materiallari asosida keramika, silikat va qizil gʻisht, yigʻma temirbeton, asbest shifer ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati un tortish, goʻsht, moysir, kraxmalqiyom, sigaretamaxorka, mevasabzavot quritish va boshqalar tarmoqlardan iborat. Volga daryosida Ribinsk, Uglich GESlari qurilgan. Yirik sanoat markazlari – Yaroslavl, Ribinsk, Tutayev, Uglich.

Yaroslavl viloyati zigʻirchilik, kartoshka yetishtirish, sabzavotchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Yaroslavl viloyati Rossiya Federatsiyasida uzun tolali zigʻir yetishtiruvchi asosiy rayon hisoblanadi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki, choʻchqa boqiladi. Yaroslavl viloyati transporti rivojlangan (uz. 650 km). Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. 6263 km. 2 aeroport bor. Volga daryosi va Ribinsk suv omborida kema qatnaydi. Universitet, texnika universiteti, qishloq xoʻjaligi va tibbiy akademiyalar, 4 teatr, telemarkaz, sirk faoliyat koʻrsatadi. 30 sanatoriykurort muassasasi ishlab turibdi.

Qadimgi shaharlari: Pereslavl Zalesskiy, Rostov, Uglich, Yaroslavl turizm markazlari sifatida rivojlangan va "Rossiya Oltin halqasi" turistik marshrutiga kiradi. 5400 dan ziyod tarixiy va meʼmoriy yodgorlik bor. Ribinsk va Pereslavl Zalesskiy tarixiy va badiiy qoʻriqxonalari, Yaroslavl, "Rostov Kremli" tarixiymeʼmoriy muzeyqoʻriqxonalari, N.A. Nekrasov "Karabixa" adabiymemorial muzeyqoʻriqxonasi mavjud.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. "Yaroslavl viloyati" Ya-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Other Languages
Afrikaans: Jaroslawl-oblast
azərbaycanca: Yaroslavl vilayəti
беларуская (тарашкевіца)‎: Яраслаўская вобласьць
brezhoneg: Oblast Yaroslavl
qırımtatarca: Yaroslavl vilâyeti
客家語/Hak-kâ-ngî: Yaroslavl-chû
hornjoserbsce: Oblasć Jaroslawl
Bahasa Indonesia: Oblast Yaroslavl
Qaraqalpaqsha: Yaroslav wa'layatı
Адыгэбзэ: Ярослав област
لۊری شومالی: آستوٙن یاروسلاڤل
олык марий: Ярославль вел
Bahasa Melayu: Wilayah Yaroslavl
Nederlands: Oblast Jaroslavl
norsk nynorsk: Jaroslavl oblast
davvisámegiella: Jaroslavl oblast
srpskohrvatski / српскохрватски: Jaroslavska oblast
slovenščina: Jaroslaveljska oblast
Kiswahili: Yaroslavl Oblast
татарча/tatarça: Ярыслау өлкәсе
vepsän kel’: Jaroslavlin agj
Tiếng Việt: Yaroslavl (tỉnh)
Bân-lâm-gú: Yaroslavskaya Chiu