Yadro quroli

Yadro quroli — shikastlash vositasi yadro zaryadidan iborat boʻlgan qurol. Yadro reaksiyasi natijasida vujudga keladigan portlash (atom yadrosining zarrachalarga boʻlinishi), zarrachalar sintezi yoki ikkala jarayonning bir vaqtda sodir boʻlishi vaqtida ajralib chiqadigan ichki energiyadan foydalanishga asoslangan yadro bombasi, uni nishonga yetkazish vositasi (raketa, torpeda, samolyot, artilleriya toʻpi) va bombaning nishonga aniq borib tushishini taʼminlaydigan boshqarish qurilmalaridan iborat. Yadro quroli yadro energiyasining olinish usuliga qarab, yadro va termoyadro (vodorod) qurollariga boʻlinadi. Yadro oʻqdorilariga aviatsiya bombalari, artilleriya snaryadlari, raketalarning jangovor qismlari, dengiz torpedalari, suv osti bombalari va minalari (atom fugaslari) kiradi. Yadro quroli zarb toʻlqini, yorugʻlik nurlanishi, singuvchi radiatsiya va radioaktiv zaharlash va boshqalar turli shikastlantiruvchi taʼsirlarga ega. Yadro snaryadlarining quvvati trotil ekvivalenti bilan tonna, kilotonna (1 kt — 1000 t) yoki megatonna (1 mg — 1 mln. t) larda oʻlchanadi. Yadro quroli quvvatiga qarab, kichik quvvatli (15 kt gacha); oʻrtacha quvvatli (15—100 kt), katta quvvatli (100—500 kt), juda katta quvvatli (500 kt dan yuqori) qurollarga boʻlinadi. Yadro quroli havoda, yer (suv) ustida, yer (suv) ostida portlashi mumkin (yana q. Yadro portlashi). Yadro quroli taktik va strategik jihatdan farklanadi. Taktik qurollarga turli masofaga uchuvchi boshqariladigan va boshqarilmaydigan reaktiv snaryadlar (raketalar), samolyotlar, suv osti kemalari, shuningdek, yadro zaryadi tashuvchi yirik kalibrli stvolli artilleriya kiradi. Taktik va strategik qurollar oʻrtasida keskin chegara yoʻq, baʼzi sharoitlarda taktik maqsadlar uchun moʻljallagan yadro zaryadlari strategik jahatdan ham qoʻllanilishi mumkin. Yirik strategik nishonlarni shikastlantirish uchun moʻljallangan yadroning jangovar qismlari 1—5 mln. t (hatto 40—50 mln. t gacha) trotil ekvivalentiga ega boʻlishi mumkin.

Strategik yadro qurollarini eltuvchilar uzoqqa uchuvchi raketalar, qitʼalararo ballistik raketalar, samolyotsnaryadlar va strategik bombardimonchi samolyotlardir. Qudratli yadro zaryadlarini nishonga eltishda Yerning sunʼiy yoʻldoshlaridan foydalanish rejasi ham bor.

YA.q. 20-asrda yadro fizikasining taraqqiy etishi munosabati bilan 40-y.lar boshida paydo boʻldi. Birinchi portlash 1945 yil 16 iyulda Alamogodro poligonida (AQSH) amalga oshirildi. 1945 yil avgust oyida esa har birining quvvati 20 kt boʻlgan 2 atom bombasi Yaponiyaning Xirosima (6 avgust) va Nagasaki (9 avgust) shahrilariga tashlandi. Sobiq SSSR da termoyadro bombasi birinchi marta 1953 yil 12 avg .da sinab koʻrildi. Yadro quroliga ega boʻlgan davlatlar AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy (rasmiy maʼlumotlarga koʻra) (2005).





Other Languages
Afrikaans: Kernwapen
Alemannisch: Kernwaffe
aragonés: Arma nucleyar
العربية: سلاح نووي
asturianu: Arma nuclear
azərbaycanca: Nüvə silahı
башҡортса: Ядро ҡоралы
žemaitėška: Kondoulėnis gėnklos
беларуская: Ядзерная зброя
беларуская (тарашкевіца)‎: Ядзерная зброя
български: Ядрено оръжие
brezhoneg: Arm nukleel
català: Arma nuclear
čeština: Jaderná zbraň
Cymraeg: Arf niwclear
Deutsch: Kernwaffe
Ελληνικά: Πυρηνικό όπλο
Esperanto: Atombombo
español: Arma nuclear
eesti: Tuumarelv
euskara: Bonba nuklear
suomi: Ydinase
français: Arme nucléaire
Frysk: Kearnwapen
贛語: 核武器
galego: Arma nuclear
गोंयची कोंकणी / Gõychi Konknni: अणुबॉंब
हिन्दी: परमाणु बम
interlingua: Arma nuclear
Bahasa Indonesia: Senjata nuklir
íslenska: Kjarnorkuvopn
italiano: Arma nucleare
日本語: 核兵器
Basa Jawa: Gaman nuklir
қазақша: Ядролық қару
한국어: 핵무기
Кыргызча: Ядролук курал
Lëtzebuergesch: Atomwaff
latviešu: Kodolieroči
македонски: Нуклеарно оружје
മലയാളം: ആണവായുധം
Bahasa Melayu: Senjata nuklear
မြန်မာဘာသာ: အဏုမြူ လက်နက်
नेपाली: परमाणु बम
नेपाल भाषा: आणविक ल्वाभः
Nederlands: Kernwapen
norsk nynorsk: Atomvåpen
occitan: Arma nucleara
ਪੰਜਾਬੀ: ਨਿਊਕਲੀ ਬੰਬ
Pälzisch: Kärnwaff
پنجابی: ایٹم بمب
português: Bomba nuclear
română: Armă nucleară
संस्कृतम्: अण्वस्त्रम्
سنڌي: ائٽم بم
srpskohrvatski / српскохрватски: Nuklearno oružje
Simple English: Nuclear weapon
slovenčina: Jadrová zbraň
slovenščina: Jedrsko orožje
српски / srpski: Нуклеарно оружје
Seeltersk: Käädenwoape
Basa Sunda: Pakarang nuklir
svenska: Kärnvapen
Kiswahili: Bomu la nyuklia
తెలుగు: అణ్వాయుధం
Türkçe: Nükleer silah
татарча/tatarça: Атом-төш коралы
українська: Ядерна зброя
Tiếng Việt: Vũ khí hạt nhân
吴语: 核武器
中文: 核武器
Bân-lâm-gú: He̍k-chú bú-khì
粵語: 核武