Xubey

Xubey — Xitoyning markaziy qismidagi provinsiya. Yanszi daryosi oʻrta oqimining har ikki sohilida, Duntinxu koʻlining shim.da joylashgan. Maydoni 187,5 ming km². Aholisi 59 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Uxan sh. Relyefi — tekislik. Iklimi subtropik, mussonli. Koʻl koʻp. Temir rudasi, toshkoʻmir, marganets konlari bor. Mashinasozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, qogʻoz, sement, keramika, qora metallurgiya korxonalari mavjud. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Haydaladigan yerlarning katta qismi sugʻoriladi. Yiliga 2 marta hosil olinadi. Asosiy ekini — sholi. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, tariq ham ekiladi. Texnika ekinlaridan paxta, rami, kunjut, yer yongʻoq, raps, tamaki, shakarqamish, choy yetishtiriladi. Bogʻdorchilik (sitrus mevalar, olma, nok) rivojlangan. Oʻrmon xoʻjaligi bilan shugʻullaniladi. Koramol, choʻchqa, parranda boqiladi. Baliq ovlanadi. Yanszi daryosida kema qatnaydi. Yirik shaharlari: Uxan, Xuanshi, Shashi, Ichan.

X. hududida qadimda man va i qabilalari yashagan. Mil. av. 9—8-a.larda X.ga xitoylar koʻchib kela boshlagan. X. 1668 yildan hozirgi chegarasiga ega.




Other Languages
Acèh: Hubei
Afrikaans: Hubei
العربية: خوبي
беларуская: Хубэй
български: Хубей
বাংলা: হুপেই
brezhoneg: Hubei
català: Hubei
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Hù-báe̤k
нохчийн: Хубэй
Cebuano: Hubei Sheng
čeština: Chu-pej
Cymraeg: Hubei
dansk: Hubei
Deutsch: Hubei
Ελληνικά: Χουμπέι
English: Hubei
Esperanto: Hubejo
español: Hubei
eesti: Hubei
euskara: Hubei
فارسی: هوبئی
suomi: Hubei
français: Hubei
Gaeilge: Hubei
贛語: 湖北
Gaelg: Hubei
客家語/Hak-kâ-ngî: Fù-pet
עברית: חוביי
हिन्दी: हूबेई
hrvatski: Hubei
magyar: Hupej
interlingua: Hubei
Bahasa Indonesia: Hubei
íslenska: Hubei
italiano: Hubei
日本語: 湖北省
ქართული: ხუბეი
Kongo: Hubei
қазақша: Хубэй
한국어: 후베이 성
Latina: Hubei
lietuvių: Hubėjus
latviešu: Hubei
Malagasy: Hubei
मराठी: हूपै
Bahasa Melayu: Hubei
Nederlands: Hubei
norsk nynorsk: Hubei
norsk: Hubei
ਪੰਜਾਬੀ: ਹੂਬੇਈ
Kapampangan: Hubei
polski: Hubei
پنجابی: ہوبے
português: Hubei
Runa Simi: Hubei pruwinsya
română: Hubei
русский: Хубэй
Scots: Hubei
srpskohrvatski / српскохрватски: Hubei
Simple English: Hubei
Gagana Samoa: Hubei
српски / srpski: Хубеј
svenska: Hubei
Kiswahili: Hubei
Tagalog: Hubei
Türkçe: Hubei
ئۇيغۇرچە / Uyghurche: خۇبېي ئۆلكىسى
українська: Хубей
اردو: ہوبئی
vèneto: Hubei
Tiếng Việt: Hồ Bắc
walon: Hubei
Winaray: Hubei
吴语: 湖北省
Vahcuengh: Huzbaek
中文: 湖北省
文言: 湖北省
Bân-lâm-gú: Ô͘-pak-séng
粵語: 湖北