Xmelnitskiy viloyati

Xmelnitskiy viloyati (1954 yilgacha Kamenets-Podolskiy) — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1937 yil 22 sentabrda tashkil etilgan. Maydoni 20,6 ming km². Aholisi 1396 ming kishi (2004), asosan, ukrainlar (90,8%); shuningdek, rus, polyak, yahudiy, belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 32%. Muhim shaharlari: Xmelnitskiy, KamenetsPodolskiy, Shepetovka, Slavuta. 20 tuman, 24 shaharcha bor. Markazi – Xmelnitskiy shahri.[1]

Tabiati

Xmelnitskiy viloyati Podoliya qirlarining markaziy qismida joylashgan. Iklimi moʻʼtadil, kontinental. Yozi iliq va sernam; iyulning oʻrtacha tempaturasi 19,4°; qishi yumshoq, yanvarning oʻrtacha tempaturasi –5,6°. Yiliga 563–622 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 217 kun. Daryolari Dnestr, Janubiy Bug , Gorin, Sluch. Tuprogi, asosan, kam chirindili qoratuproq, podzollashgan krratuproq, sur va och sur tusli, qumoq, chimlipodzollashgan, chimlikarbonatli tuproklar. Xmelnitskiy viloyati, asosan, oʻrmonli dasht zonasida. Hududining 13,4% oʻrmon (dub, qayin, togʻterak, grab, zarang, joʻka oʻsadi). Quyon, tulki, boʻri, yelik, los, tiyin, kemiruvchilar bor.[1]

Other Languages
azərbaycanca: Xmelnitski vilayəti
беларуская (тарашкевіца)‎: Хмяльніцкая вобласьць
qırımtatarca: Hmelnıtskıy vilâyeti
hornjoserbsce: Oblasć Chmelnyckyj
Bahasa Indonesia: Oblast Khmelnytskyi
لۊری شومالی: خملنیتسکی
македонски: Хмелничка Област
Nederlands: Oblast Chmelnytsky
norsk nynorsk: Khmelnytskyj oblast
srpskohrvatski / српскохрватски: Hmeljnička oblast
Simple English: Khmelnytskyi Oblast
српски / srpski: Хмељничка област
татарча/tatarça: Хмельницкий өлкәсе
Tiếng Việt: Khmelnytskyi (tỉnh)
მარგალური: ხმელნიცკიშ ოლქი
Bân-lâm-gú: Xmelnyczkyj séng