Xan (sulola)

Xan, Xan — qad. Xitoyda imperatorlar sulolasi (mil. av. 206 — mil. 220), ushbu sulola boshqargan davlat va xitoy xalkining nomi. X. sulolasi 2 qismga boʻlingan: Gʻarbiy X. (Sixan — mil. av. 206 — mil. 25) Avvalgi X. (Syanxan) hamda Sharqiy X. (Dunxan — mil. 25—220) yoki Keyingi X. (Xouxan). Birinchi X. sulolasining asoschisi Lyu Ban boʻlib, u Gaotszu nomi bilan mil. av. 202—195 yillari, ikkinchi X. sulolasining asoschisi esa Lyu Syu (57) boʻlib, u Guanudi nomi bilan mil. 25— 57 yillari taxtni boshqargan. Har 2 sulola dehqonlar qoʻzgʻolonlari natijasida yuzaga kelgan va tugatilgan. Bu sulolalar avvalgi anʼanaviy maʼmuriy tuzum va tafakkurni yanada takomillashtirish yoʻlidan borganlar. Ayniqsa, Xitoy imperatorlari oʻzlarini Tangrining yer yuzidagi farzandi, ularga hamma itoat qilishi va bundan bosh tortganlar esa jazolanishi lozim, degan gʻoyani oʻzlariga dastur qilib olganlar. Ichki va tashki siyosat ham aynan shu gʻoyaga asoslangan.

Gʻarbiy X. sulolasining dastlabki davrida qoʻzgʻolonchilar rahbarlarining oʻlkalarga hokim etib tayinlanishi va bir qancha imtiyozlarga, jumladan, oʻzi idora qilayotgan hududdagi soliq va moliya masalalarini mustaqil yechish huquqiga ega boʻlishi markaziy hokimiyatning zaiflashishi va hokimlarning kuchayib ketishiga olib kelgan. Uzoq yillar davomida Hun imperiyasiga oʻlpon toʻlash va unga karshi kurashish Xitoyning iqtisodiy ahvoliga salbiy taʼsir koʻrsatgan. Ud i (mil. av. 140—87) davrida vaziyat oʻzgargan. Markaziy hokimiyatni mustahkamlash yoʻlida siyosiy, iqtisodiy, maʼmuriy, harbiy islohotlar oʻtkazilgan. Ud i davrida X. sulolasi oʻz hududini kengaytirish, Buyuk ipak yoʻlini hunlar qoʻlidan tortib olish va bunga toʻsiq boʻlib turgan Hun (Syunnu) xoqonligiga qarshi kurashish masalasiga katta eʼtibor bergan. Bu borada hunlar taʼsiridan kugulishga intilgan davlatlar bilan ittifoq tuzish, "uzoqdagi raqib bilan doʻstlashib, yaqindagi dushmanga zarba berish" strategiyasi amalga oshirilgan. Shu maqsadda oʻsha davrda Turkistonda mavjud boʻlgan Kangkiya (Kanszyuy), Fargʻona (Davan davlati), Ulugʻ yuechji (Dayuechji) kabi davlatlarga Chjan Syan 2 marta elchi kilib yuborilgan. Fargonaga 2 marta qoʻshin yuborib urush kilgan.

Udidan keyingi davrda mamlakat inkirozga yuz tuta boshlagan. Uzok, yillar olib borilgan urushlar X. imperiyasi hududini kengayishiga olib kelgan boʻlsada, ular mamlakat iqtisodini zaiflashishi, soliqlarning koʻpayishi, ichki siyosiy va ijtimoiy vaziyatni keskinlashishiga olib kelgan. Vanman hukmronligi davrida (mil. 9—22) Xitoyda "Kizil qoshliklar qoʻzgʻoloni", "Yashil daraxtzorliklar qoʻzgʻoloni" kabi dehqonlar harakati boʻlib oʻtib natijada Gʻarbiy X. sulolasi yakun topgan. Ushbu sulolaga mansub ayrim amaldorlar, jumladan, Lyu Syu fursatdan foydalanib hokimiyatni qoʻlga olishga erishgan. Mil. 25 y. u oʻzini imperator deb eʼlon qilib X. sulolasi nomini tiklagan. Aholisini tinchlantirish maqsadida soliq hajmini 30 baravar kamaytirgan. Aholi qaytadan roʻyxatga olingan va mamlakatda 21 mln. kishi yashayotganligi anikdangan. Davlatningsiyosiyvaiqgisodiy vaziyati yaxshilangach, Sharqiy X. sulolasi oʻzining tashqi siyosatini faollashtirgan. 43—44 yillarda Vyetnamga qarshi urush qilib, u yerda oʻz nazoratini oʻrnatgan. Shundan keyin X. sulolasi hunlarga qarshi urush boshlab, Sharqiy Turkistonni bosib olishga intilgan. Bu borada mahalliy hokimlar oʻrtasidagi ziddiyatlardan foydalanishga harakat qilgan va mil. 97 y. bu vazifani Ban Chao boshchiligidagi bir guruh soqchilarga topshirgan. Ammo X. sulolasi ayrim yutuqlarga ega boʻlgan boʻlsa ham natijada oʻz maqsadiga yetisholmagan.

Hunlarga qarshi amalga oshirilgan toʻxtovsiz urushlar, Fargʻonaga qilgan harbiy yurishlar va Buyuk Xitoy devoripsh choʻzish hamda uni taʼminlashga qaratilgan harakatlar ikkinchi X. imperiyasi iqtisodiga salbiy taʼsir koʻrsatgan. Mamlakatda xiyonat, qonunbuzarchilik, oʻzaro nizolar, jangu jadallar, siyosiy va ijtimoiy keskinlik avj olgan. Bular natijasida "sariq belbogʻliklar" nomli dehqonlar qoʻzgʻoloni yuzaga kelgan va X. sulolasi tugatilgan. X. sulolasi davrida barpo etilgan davlat boshqaruv tizimi Xitoyda davlatchilik tizimining keyingi taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan. Abdulahad Xoʻjayev.




Other Languages
Afrikaans: Han-dinastie
Alemannisch: Han-Dynastie
aragonés: Dinastía Han
مصرى: عيلة خان
অসমীয়া: হান ৰাজবংশ
asturianu: Dinastía Han
azərbaycanca: Han sülaləsi
башҡортса: Хань (династия)
беларуская: Дынастыя Хань
беларуская (тарашкевіца)‎: Дынастыя Хань
български: Хан (династия)
brezhoneg: Tierniezh Han
bosanski: Dinastija Han
буряад: Хань улас
català: Dinastia Han
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Háng-dièu
čeština: Dynastie Chan
Чӑвашла: Хань (ăру)
Deutsch: Han-Dynastie
Ελληνικά: Δυναστεία Χαν
English: Han dynasty
Esperanto: Dinastio Han
español: Dinastía Han
euskara: Han dinastia
føroyskt: Han-ríkið
français: Dynastie Han
贛語:
客家語/Hak-kâ-ngî: Hon-chhèu
עברית: שושלת האן
हिन्दी: हान राजवंश
Fiji Hindi: Han Samrajya
hrvatski: Dinastija Han
հայերեն: Հան դինաստիա
Bahasa Indonesia: Dinasti Han
íslenska: Hanveldið
italiano: Dinastia Han
日本語:
Basa Jawa: Wangsa Han
ភាសាខ្មែរ: រាជវង្សហាន
한국어: 한나라
Latina: Domus Han
lietuvių: Hanų dinastija
latviešu: Haņu dinastija
македонски: Хан (династија)
монгол: Хань улс
Bahasa Melayu: Dinasti Han
မြန်မာဘာသာ: ဟန်မင်းဆက်
नेपाली: हान राजवंश
नेपाल भाषा: हान राजवंश
Nederlands: Han-dynastie
norsk nynorsk: Han-dynastiet
occitan: Dinastia Han
ਪੰਜਾਬੀ: ਹਾਨ ਰਾਜਕਾਲ
polski: Dynastia Han
پنجابی: ہان سلطنت
português: Dinastia Han
română: Dinastia Han
русский: Империя Хань
русиньскый: Дінастія Ган
srpskohrvatski / српскохрватски: Dinastija Han
Simple English: Han dynasty
slovenščina: Dinastija Han
српски / srpski: Династија Хан
svenska: Handynastin
Kiswahili: Nasaba ya Han
Türkmençe: Han dinastiýasy
Türkçe: Han Hanedanı
татарча/tatarça: Хань чоры
ئۇيغۇرچە / Uyghurche: خەن سۇلالىسى
українська: Династія Хань
Tiếng Việt: Nhà Hán
Winaray: Dinastiya Han
吴语: 汉朝
Vahcuengh: Hanciuz
中文: 汉朝
文言:
Bân-lâm-gú: Hàn
粵語: