Vinnitsa viloyati

Vinnitsa viloyati
ukr. Вінницька область

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Viloyat
Tarkibida 27 tuman, 18 shahar, 29 shtq, 1466 qishloq
Maʼmuriy markazi Vinnitsa
Yirik shahari Vinnitsa
Boshqa yirik shaharlari Jmerinka, Mogilev-Podolsk, Xmelnik
Asos solingan sanasi 1932 yil 27-fevral
Viloyat davlat maʼmuriytining boshligʻi Ivan Movchan
Aholi (2013) Decrease1 619 253 kishi.[1]
Zichligi 61,07 kishi./km²
Millatlar tarkibi ukrainlar
Maydoni 26 513 km² (4,39 %, 12-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 368 m
Vinnitsa viloyati xaritada
Vinnitsa viloyati, Xarita
Soat mintaqasi Andoza:EET
Kod ISO 3166-2 UA-05
Telefon kodi +380 43
Pochta indeksi 21xxx, 22xxx, 23xxx, 24xxx
Internet domeni .vinnica.ua, .vn.ua
Avtomobil raqami kodi AB
Rasmiy sayti http://www.vin.gov.ua

Vinnitsa viloyati — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1932 yil 27 fevralda tuzilgan. Maydon 26,5 ming km2. Aholisi 194,6 ming kishi (1999), 25 tumanga boʻlingan, 10 shahar, 29 shaharcha bor. Janubida Moldaviya Respublikasi bilan chegaradosh. Markazi – Vinnitsa shahri.

Viloyat hududining aksari qismi Podoliya va Dnepr boʻyi qirlarida joylashgan. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi – 4, –6", iyulniki 18,8–20,5°. Yiliga 500– 550 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 200 kun. Vinnitsa viloyatidan Janubiy Bug, Dnepr oqib oʻtadi. Tuprogʻi asosan qoratuproq va sur tuproq. Hududining 12,6% oʻrmon. Yelik, boʻri, tulki, oʻrmon suvsari, olmaxon, quyon, kemiruvchilar, daryo qirgʻoqdarida qunduz, oʻrdak, gʻoz yashaydi. Asosiy aholisi – ukrainlar (92% ga yaqin); shuningdek rus, yahudiy, polyak va boshqalr ham yashaydi.

Vinnitsa viloyati Ukrainaning asosiy qand lavlagi ekiladigan va shakarqand sanoati rivojlangan rayonlaridan biri. Sanoati qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. 40 ga yaqin shakarqand zavodi, 10 dan ziyod spirt zavodi, yirik konserva zavodlari va kombinatlari ishlab turibdi. Goʻsht va sut sanoati katta oʻrin egallaydi. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati korxonalarida asosan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoatlari uchun mashina va uskunalar ishlab chiqariladi. Qurilish materiallari sanoati mahalliy kaolin (Gluxovesk), granit va boshqalar qazilmalarni ishlaydi. Vinnitsada fosfat oʻgʻiti kombinati bor. Poyabzal, tikuvchilik fabrikalari ishlab turibdi.

Qishloq xoʻjaligi lavlagikorlik-gʻallachilik hamda goʻsht-sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Gʻalla ekinlaridan kuzgi bugʻdoy, don-dukkaklilar, makkajoʻxori ekiladi. Shuningdek suli, tariq, grechixa, kungaboqar, kartoshka, tamaki, yemxashak ekinlaridan beda, yoʻngʻichka yetishtiriladi. Bogʻdorchilik va Dnestr daryosi boʻyida tokchilik rivojlangan.

Chorvachilikda sut-goʻsht qoramolchiligi va choʻchqachilik yetakchi oʻrinda. Parrandachilik, hovuz baliqchiligi va asalarichilik rivojlangan. Temir yoʻl uzunligi qariyb 1200 km. Muhim temir yoʻl yoʻnalishlari: Kiyev – Odessa, Kiyev – Lvov. Xoʻjalik yuklarining asosiy qismi temir yoʻl va avtomobil transportida tashiladi. Janubiy Bug va Dnestr daryolarida kema qatnaydi. Vinnitsada aeroport bor.[2]

  • manbalar

Manbalar




Other Languages
Afrikaans: Winnitsja-oblast
azərbaycanca: Vinnitsa vilayəti
башҡортса: Винница өлкәһе
беларуская (тарашкевіца)‎: Віньніцкая вобласьць
български: Виницка област
bosanski: Vinička oblast
qırımtatarca: Vinnıtsâ vilâyeti
čeština: Vinnycká oblast
Esperanto: Vinica provinco
hrvatski: Vinička oblast
hornjoserbsce: Oblasć Winnycja
Bahasa Indonesia: Oblast Vinnytsia
ქართული: ვინიცის ოლქი
한국어: 빈니차주
Кыргызча: Винница облусу
لۊری شومالی: وینیتسیا
lietuvių: Vinycios sritis
македонски: Виничка Област
монгол: Винниц муж
Nederlands: Oblast Vinnytsja
norsk nynorsk: Vinnytsia oblast
português: Oblast de Vinnitsa
русиньскый: Віницька область
srpskohrvatski / српскохрватски: Vinička oblast
Simple English: Vinnytsia Oblast
slovenčina: Vinnycká oblasť
српски / srpski: Виничка област
татарча/tatarça: Винница өлкәсе
українська: Вінницька область
Tiếng Việt: Vinnytsia (tỉnh)
中文: 文尼察州
Bân-lâm-gú: Vinnycya séng