Viloyat

Viloyat — maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.— Sirdaryo, Samarqand, Fargʻona, Zakaspiy (Turkmaniston), Yettisuv, Amudaryo V.lari, bir qancha uyezd va volostlardan tashkil topgandi. XXSR esa 3 Viloyat va Xiva tumaniga, BXSR 15 Viloyatga boʻlingandi. Viloyat oʻz navbatida tumanlarga, tuman esa keshlarga boʻlingan. 1925-yil 13-yanvardan uyezd deb yuritila boshladi. Keyinchalik ruscha "oblast" nomi bilan qayta tashkil etildi. Oʻzbek tili davlat tiliga aylanishi munosabati bilan tarixiy maʼmuriy-hududiy birlik nomi sifatida "Viloyat" soʻzi qayta tiklandi.

Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi (1992) Konstitutsiyasida (68-modda) Oʻzbekistan Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi dan iboratligi mustahkamlab qoʻyilgan. Hozir OʻzR da 12 viloyat bor. Viloyatlar oʻz navbatida tumanlarga boʻlinadi. Viloyatlar chegaralarini oʻzgartirish, shuningdek yangi Viloyatlar tashkil qilish, ularni tugatish OʻzR Oliy Majlisi roziligi bilan amalga oshiriladi. Viloyatlarda OʻzR Konstitutsiyasi boʻyicha hokim boshchilik qiladigan xalq deputatlari kengashi hokimiyatning vakillik organidir. Bu kengash davlat va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab, oʻz vakolatiga taalluqli masalalarni hal etadi. Viloyat xalq deputatlari kengashi va Viloyat hokimlarining vakolat muddati — 5 yil. Viloyat hokimlari Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi hamda viloyat xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Viloyat hokimlari oʻz vakolatlarini yakkaboshchilik asoslarida amalga oshiradi, oʻzlari rahbarlik qilayotgan organning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardir.

Shuningdek qarang

Other Languages
Afrikaans: Oblast
العربية: أوبلاست
مصرى: اوبلاست
تۆرکجه: اوبلاست
беларуская (тарашкевіца)‎: Вобласьць
brezhoneg: Oblast
català: Óblast
čeština: Oblast
dansk: Oblast
Deutsch: Oblast
Zazaki: Oblast
English: Oblast
Esperanto: Oblast
español: Óblast
eesti: Oblast
euskara: Oblast
فارسی: ابلاست
français: Oblast
galego: Óblast
עברית: אובלסט
हिन्दी: ओब्लास्त
hornjoserbsce: Oblasć
Bahasa Indonesia: Oblast
íslenska: Oblast
italiano: Oblast'
Basa Jawa: Oblast
қазақша: Облыс
한국어: 오블라스티
Kurdî: Oblast
Кыргызча: Облус
Limburgs: Oblas
Ligure: Oblast
lietuvių: Sritis
मराठी: ओब्लास्त
Nederlands: Oblast
norsk nynorsk: Oblast
norsk: Oblast
occitan: Oblast
Ирон: Облæст
پنجابی: اوبلاست
português: Oblast
română: Oblast
русиньскый: Область
sicilianu: Oblast
Scots: Oblast
Simple English: Oblast
slovenščina: Oblast (geografija)
svenska: Oblast
тоҷикӣ: Вилоят
Tagalog: Oblast
Türkçe: Oblast
татарча/tatarça: Өлкә (география)
українська: Область
اردو: اوبلاست
Tiếng Việt: Oblast
Bân-lâm-gú: Oblast