Vaqt tenglamasi

Vaqt tenglamasi - haqiqiy Quyosh vaqti (T„) bilan oʻrtacha Quyosh vaqti (Tu) orasidagi farqni ifodalovchi tenglama: ti=Tn—Tv. Quyoshni kuzatib To aniqlanadi va T„=T||t1 topiladi. V. t. qiymati har bir kun uchun astronomik taqvim va yilnomalarda (baʼzan, teskari ishora b-n) beriladi. Quyoshning soat burchagi bilan oʻlchanadigan haqiqiy Quyosh vaqti Yerning oʻz orbitasi boʻylab notekis harakatga hamda ekliptikaning ekvatorga ogʻmaligi natijasida tekis oʻtmaydi. Shuning uchun V. t. ikkita sinusoida yigʻindisidan iborat boʻladi. Bu sinusoidalardan birining davri bir yil, ikkinchisiniki yarim yildir. V. t. 15 aprel, 14 iyun, 1 sent., 24 dek.da nolga tenglashadi, yiliga 4 marta: 11 fevral

da 14,3 min., 15 mayda 3,8 min., 27 iyulda 6,4 min. va 2 okt.da 16,4 min. eng katta mutlaq qiymatga erishadi.

  • adabiyotlar

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Other Languages
беларуская: Ураўненне часу
Deutsch: Zeitgleichung
magyar: Időegyenlet
日本語: 均時差
한국어: 균시차
lietuvių: Laiko lygtis
Nederlands: Tijdsvereffening
português: Equação do tempo
slovenčina: Časová rovnica
slovenščina: Časovna enačba
Türkçe: Zaman denklemi
中文: 均時差