Valentina Tereshkova

Tereshkova Valentina Vladimirovna (1937.6.3, Yaroslavl viloyati Maslennikovo qishlogʻi) — rus kosmonavtuchuvchisi (1963), jahonda 1ayol kosmonavt. N.Ye.Jukovskiy nomidagi HarbiyHavo muhandislik akademiyasini tugatgan (1969). 1963 y. 16— 19 iyunda V.F. Bikovskiy bilan birga "Vostok" kosmik kemasida kosmosga parvoz qilgan. Yer atrofini 48 marta aylanib, 70 soat, 47 min. mobaynida 2 mln. km ga yaqin masofani uchib oʻtgan. Sobiq ittifoq ayollar qoʻmitasi raisi (1968—87). Xalqaro ayollar demokratik federatsiyasi vitseprezidenti (1969 yildan). Chet el mamlakatlari bilan madaniy aloqa va doʻstlik jamiyatlari ittifoqi prezidiumi raisi (1987—92). Rossiya Xalkaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi rahbari (1994 yildan).





Other Languages
azərbaycanca: Valentina Tereşkova
Bikol Central: Valentina Tereshkova
беларуская (тарашкевіца)‎: Валянціна Церашкова
Bahasa Indonesia: Valentina Tereshkova
لۊری شومالی: والنتینا ترشکوا
norsk nynorsk: Valentina Teresjkova
Simple English: Valentina Tereshkova
slovenščina: Valentina Tereškova
татарча/tatarça: Валентина Терешкова
vepsän kel’: Tereškova Valentina