Umurtqasizlar

Umurtqasizlar (Invertebrata) - umurtqa pogʻonasi boʻlmaydigan hayvonlar guruhi. Hayvonot dunyosini umurtqasizlar va umurtqalilarga ajratishni 19-asr boshida fransuz olimi J.B. Lamark taklif etgan boʻlib, sistematik ahamiyatga ega emas. Chunki umurtqasizlarga hayvonot dunyosining xordalilardan tashqari barcha tiplari kiradi. Lekin xordalilarning hamma vakillarida umurtqa boʻlmaydi. Hozir "U." termini faqat hayvonlarni umumiy tavsiflash uchun ilmiy asar va oʻquv qoʻllanmalarida ishlatiladi. U.ning taksonomik guruxlari uzilkesil hal etilmagan. Ularga bir qujayralilarning 5—7 tipi, plastinkalilar, gʻovaktanlilar, taroqlilar, barcha chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, ignaterililar (hammasi boʻlib 16—23 tipga mansub hayvonlar) tipi kiradi. Lekin bir qancha taksonomik guruhlar tarkibi (mas, bir qujayralilar, chuvalchanglar) aniq belgilanmagan. U.ning 1,5 mln. dan 2,0 mln.ga yaqin turi maʼlum. Umurtqalilarning esa 45 ming turi bor.

U. chuchuk suv, dengiz va okeanlar, quruqlik va tuproq qatlamlarida yashaydi; bir qanchasi parazit (qarang Parazitizm). U. tabiatda katta ahamiyatga ega. Oldingi geologik davrlarda yashagan U. baʼzi choʻkindi jinslarning tarkibini tashkil etadi (mas, ohaktoshning tarkibi deyarli oʻlib bitgan foraminifera, korallar, mshankalar va boshqa skeletidan iborat). KoʻpchilikU. yoki ularning mahsuloti odam va chorva mollari, parrandalar, baliqlar uchun oziq (mas, asal, qisqichbaqasimonlar va boshqalar). U. hayotiy mahsuloti texnikxoʻjalik maqsadlarda ishlatiladi (mas, asalari mumi, ipak qurti pillasi, mollyuskalar chigʻanogʻi, marvarid va boshqalar), shuningdek, U..dan qishloq xoʻjaligida ekinlar va hayvonlar zararkunandalariga biologik qarshi kurashda, choʻkindi jinslar yoshini aniklashda xam foydalaniladi. Foydali U. bilan birga, qishloq xoʻjaligi zararkunandalari, yuqumli kasalliklarni tashuvchilar, parazitlik qilib kasallik qoʻzgʻatuvchilari ham boʻladi.

  • adabiyot

Adabiyot

  • Mavlonov O., Xurramov Sh., Norboyev 3., Umurtqasizlar zoologiyasi, T., 2003.




Other Languages
Afrikaans: Ongewerweldes
العربية: لافقاريات
asturianu: Invertebráu
azərbaycanca: Onurğasızlar
беларуская: Беспазваночныя
български: Безгръбначни
brezhoneg: Divellkeineg
bosanski: Beskičmenjaci
català: Invertebrat
čeština: Bezobratlí
Cymraeg: Infertebrat
Deutsch: Wirbellose
Ελληνικά: Ασπόνδυλο
English: Invertebrate
Esperanto: Senvertebruloj
español: Invertebrado
eesti: Selgrootud
euskara: Ornogabe
français: Invertébré
galego: Invertebrado
Kreyòl ayisyen: Envètebre
interlingua: Invertebrato
Bahasa Indonesia: Avertebrata
íslenska: Hryggleysingjar
italiano: Invertebrata
日本語: 無脊椎動物
Basa Jawa: Avertebrata
ಕನ್ನಡ: ಅಕಶೇರುಕ
한국어: 무척추동물
kernowek: Divellkeynek
Кыргызча: Омурткасыздар
Latina: Invertebrata
lietuvių: Bestuburiai
македонски: Без’рбетници
മലയാളം: അകശേരുകികൾ
Bahasa Melayu: Invertebrata
Plattdüütsch: Warvellose Deerter
Nederlands: Ongewervelden
norsk nynorsk: Virvellause dyr
occitan: Invertebrata
ਪੰਜਾਬੀ: ਕੰਗਰੋੜਹੀਣ
polski: Bezkręgowce
پنجابی: انکنگریڑے
português: Invertebrados
română: Nevertebrate
संस्कृतम्: अकशेरुकाः
srpskohrvatski / српскохрватски: Beskralježnjaci
Simple English: Invertebrate
slovenčina: Bezstavovce
slovenščina: Nevretenčarji
српски / srpski: Бескичмењаци
Basa Sunda: Invertebrata
తెలుగు: అకశేరుకాలు
тоҷикӣ: Бемуҳраҳо
Tagalog: Imbertebrado
Türkçe: Omurgasızlar
українська: Безхребетні
Winaray: Inbertebrado