UNESCO

UNESCO bayrogʻi

UNESCO (United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization — Birlashgan Millatlar Taʼlim, Bilim va Madaniyat Tashkiloti), Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus tashkilotlaridan biri boʻlib, ikkinchi dunyo urushidan soʼng, 1946-yil tashkil qilingan.

Bu tashkilotning qurilishiga, 1945-yil Noyabr oyida Londonda 44 davlatning vakillari qatnashgan holda qaror qilingan. Tashkilotning markazi Parijda. Uch organdan — Umumiy yigʻilish, Boshqaruv, Kotiblikdan iborat boʻlgan UNESCO tashkilotining asl maqsadi, taʼlim, bilim va madaniyatni, unga aʼzo boʻlgan har bir davlatdagi Milliy komissiyalar orqali amalga oshirish.

Yunesko — Birlashgan Millatlar tashkilotining maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti — xalqaro hukumatlararo tashkilot; BMTning ixtisoslashgan muassasasi. Davlatlar oʻrtasida maorif, fan, madaniyat va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yoʻli bilan tinchlikka va xalqaro xavfsizlikka koʻmaklashish maqsadida 1946 yil tuzilgan. 188 mamlakat (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi 1993 yil 26 oktyabrdan) aʼzo (2004). YUNESKO nizomiga koʻra, "... irqi, jinsi tili va dinidan qatʼi nazar, barcha xalqlar uchun adolatga, qonuniylikka, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga umumiy hurmatni taʼminlash maqsadida taʼlim, fan va madaniyatni rivojlantirish orqali xalqlar hamkorligiga" koʻmaklashish tashkilotning ustuvor vazifasidir. 400 ga yaqin xalqaro nohukumat tashkilotlar va jamgʻarmalar, xalqaro va hududiy birlashmalar YUNESKO bilan hamkorlik qiladi. YUNESKO byudjeti aʼzomamlakatlar badallaridan tashkil topadi.

Tashkilot faoliyatining asosiy yoʻnalishlari yalpi savodsizlikka qarshi kurash, maorif tizimi va kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, milliy madaniyatlarni oʻrganish va tarqatish, atrof muhitni va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish, okeanografiya, geol., gidrologiya, sotsiologiya, kommunikatsiya va boshqalar sohalarda global ilmiy muammolarni hal etishda hamkorlik qilishdan iborat. Axborot va informatika — kommunikatsiya masalalari uning faoliyatida katta oʻrin egallaydi. Tashkilotga aʼzo mamlakatlarda YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyalar tuzilgan. YUNESKO ana shu komissiyalarga tayanib ish olib boradi. Oʻzbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasi 1994 yil 29 dekabrda tashkil etilgan boʻlib, uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan. Bosh konferensiya YUNESKOning oliy organi hisoblanadi. 2 yilda 1 marta uning sessiyalari oʻtkaziladi. Sessiyalar oraligʻida Ijroiya kengashi (unga 58 davlat, jumladan, Oʻzbekiston 1997 yil oktyabr da aʼzo etib saylangan) ish olib boradi. Ijroiya kengashi har yili 2 marta yigʻiladi. Uning 155-sessiyasining yakuniy yigʻilishi Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan (1998 yil 6 noyab.). Tashkilot qarorgohi Parijda, Bosh direktor (Konchiro, Matssura, 1999 yildan) boshchilik qiluvchi Kotibiyat ham shu yerda joylashgan. Tashkilot 50 dan ortiq axborotnoma va 20 dan ortiq davriy nashrlar chiqaradi. Ulardan eng keng tarqalgani "YUNESKO kuryeri" jur. (30 tilda nashr qilinadi), "Kelajak" (taʼlim sohasidagi haftalik), "Muzey", "Ijtimoiy fanlar xalqaro oynomasi", "Tabiat va resurslar", "Mualliflik huquqi boʻyicha axborotnoma", "Taʼlim byurosi xalqaro axborotnomasi", "Impakt: fan va jamiyat" kabilardir. YUNESKO har 2 yilda bir marta jahonda taʼlim, fan, madaniyat va kommunikatsiya holati haqida maʼruzalar chop etadi. YUNESKO "Insoniyatning ilmiy va madaniy rivojlanishi tarixi" (6 jild), "Islom madaniyatining turli jihatlari" (6 jild), "Lotin Amerikasi davlatlari tarixi" (7 jild), "Karib havzasi davlatlari tarixi" (6 jild), "Afrika umumiy tarixi" (8 jild) kabi fundamental kitoblarni chop etmoqda. Shuningdek, 6 jildli "Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tarixi" xalqaro hamkorlik doirasida yaratilmoqda, unda 1navbatda mazkur mintaqa davlatlari, jumladan, Oʻzbekiston olimlari ishtirok etmoqda. Kitobning dastlabki 4 jildi 1992, 1994, 1996 va 1998 yillarda bosilib chiqdi. "Ipak yoʻli — muloqot yoʻli" jahon dasturi YUNESKOning Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixini oʻrganishga bagʻishlangan boʻlib, u BMTning madaniy taraqqiyot boʻyicha butun dunyo oʻn yilligi (1989—99 yillar) tadbiri doirasida oʻtkazildi. YUNESKOning saʼyharakati bilan butun insoniyat mulkini tashkil etuvchi buyuk madaniy va tabiiy yodgorliklar Jahon merosi roʻyxatiga olindi.

.YUNESKO Oʻzbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishiga bevosita yordam koʻrsatish maqsadida bir qator oliy oʻquv yurtlarida YUNESKO kafedralari, shuningdek, YUNESKO maktablari tashkil etgan. YUNESKO doirasida Abu Rayhon Beruniy (1973), Abu Ali ibn Sino (1980) tavalludining ming yillik, Mirzo Ulugʻbekning 600 yillik (1994), Amir Temurning 660 yillik (1996) tantanalari nishonlandi. YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida Amir Temur haftaligi oʻtkazilib, "Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullabyashnashi" mavzuida ilmiy konferensiya va koʻrgazma tashkil etildi. Bu tadbirda Oʻzbekiston Prezidenti I.Karimov, Fransiya Prezidenti J.Shirak ishtirok etdi (1996 yil 20—26 aprel). Toshkent shahrining 2000 yilligi (1980), Xiva (1997), Buxoro (1997), Termiz (2002) shahrilarining 2500 yilligi, Shahrisabz shahrining 2700 yilligi (2002), Ahmad alFargʻoniyning 1200 yilligi, Imom Buxoriynning 1225 y.ligi (1998), "Alpomish" xalq dostoni yaratilganligining 1000 yilligi (1999), Avesto kitobi yaratilganligining 2700 yilligi (2001) nishonlandi. YUNESKO rahnamoligida Samarqand shahrida "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali, Boysun tumanida folklor festivali oʻtkazib kelinmoqda.

Oʻzbekiston Prezidenti I.Karimov insoniy ideallarni eʼzozlagani, madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlashdagi, ilmiy merosni oʻrganishdagi xizmatlari uchun YUNESKOning Abu Ali ibn Sino nomidagi oltin medali bilan mukofotlangan (1998).

Other Languages
Аҧсшәа: ИУНЕСКО
Afrikaans: Unesco
Alemannisch: UNESCO
አማርኛ: ዩኔስኮ
aragonés: Unesco
العربية: يونسكو
مصرى: يونيسكو
asturianu: UNESCO
azərbaycanca: UNESCO
تۆرکجه: یونسکو
башҡортса: ЮНЕСКО
Boarisch: UNESCO
žemaitėška: UNESCO
беларуская: ЮНЕСКА
български: ЮНЕСКО
भोजपुरी: यूनेस्को
brezhoneg: UNESCO
bosanski: UNESCO
català: UNESCO
کوردی: یوونێسکۆ
čeština: UNESCO
Чӑвашла: ЮНЕСКО
Cymraeg: UNESCO
dansk: UNESCO
Deutsch: UNESCO
emiliàn e rumagnòl: UNESCO
English: UNESCO
Esperanto: Unesko
español: Unesco
eesti: UNESCO
euskara: UNESCO
estremeñu: UNESCO
فارسی: یونسکو
Fulfulde: UNESCO
suomi: Unesco
føroyskt: UNESCO
Nordfriisk: UNESCO
Frysk: UNESCO
Gaeilge: UNESCO
galego: UNESCO
Avañe'ẽ: Unesco
עברית: אונסק"ו
हिन्दी: युनेस्को
Fiji Hindi: UNESCO
hrvatski: UNESCO
hornjoserbsce: UNESCO
Kreyòl ayisyen: INESKO
magyar: UNESCO
հայերեն: ՅՈՒՆԵՍԿՕ
interlingua: UNESCO
Interlingue: UNESCO
Ilokano: UNESCO
Ido: UNESCO
Basa Jawa: UNESCO
ქართული: იუნესკო
Taqbaylit: Tuddsa n UNESCO
қазақша: ЮНЕСКО
ភាសាខ្មែរ: យូណេស្កូ
한국어: 유네스코
kurdî: UNESCO
Кыргызча: ЮНЕСКО
Latina: UNESCO
Ladino: UNESCO
Lëtzebuergesch: UNESCO
Limburgs: UNESCO
Ligure: UNESCO
lumbaart: UNESCO
lietuvių: UNESCO
latviešu: UNESCO
मैथिली: युनेस्को
Malagasy: UNESCO
македонски: УНЕСКО
മലയാളം: യുനെസ്കോ
монгол: ЮНЕСКО
मराठी: युनेस्को
Bahasa Melayu: UNESCO
မြန်မာဘာသာ: ယူနက်စကို
مازِرونی: یونسکو
Plattdüütsch: UNESCO
नेपाली: युनेस्को
नेपाल भाषा: युनेस्को
Nederlands: UNESCO
norsk nynorsk: UNESCO
norsk: UNESCO
occitan: UNESCO
Livvinkarjala: UNESCO
ଓଡ଼ିଆ: ୟୁନେସ୍କୋ
ਪੰਜਾਬੀ: ਯੂਨੈਸਕੋ
Papiamentu: UNESCO
polski: UNESCO
Piemontèis: UNESCO
پنجابی: یونیسکو
Runa Simi: UNESCO
rumantsch: UNESCO
русский: ЮНЕСКО
русиньскый: ЮНЕСКО
саха тыла: ЮНЕСКО
ᱥᱟᱱᱛᱟᱲᱤ: ᱭᱩᱱᱮᱥᱠᱚ
sardu: UNESCO
sicilianu: UNESCO
Scots: UNESCO
سنڌي: يونيسڪو
srpskohrvatski / српскохрватски: UNESCO
Simple English: UNESCO
Soomaaliga: UNESCO
shqip: UNESCO
српски / srpski: Унеско
Seeltersk: UNESCO
svenska: Unesco
Kiswahili: UNESCO
తెలుగు: యునెస్కో
тоҷикӣ: ЮНЕСКО
Tagalog: UNESCO
Türkçe: UNESCO
удмурт: ЮНЕСКО
ئۇيغۇرچە / Uyghurche: YUNËSKO
українська: ЮНЕСКО
اردو: یونیسکو
vèneto: UNESCO
vepsän kel’: UNESCO
West-Vlams: UNESCO
Winaray: UNESCO
isiXhosa: I-UNESCO
მარგალური: იუნესკო
ייִדיש: אונעסקא
Yorùbá: UNESCO
Bân-lâm-gú: UNESCO