Turon tekisligi

Turon tekisligi, Turon pasttekisligi — Oʻrta Osiyoning shimoli-gʻarbiy va markaziy qismi hamda Qozogʻistonning janubi-gʻarbida joylashgan tekislik. Shimoli-gʻarbda Ustyurtning shimoli-gʻarbi boʻylab Sharqiy Yevropa tekisligi (Kaspiyboʻyi pasttekisligi), Janubiy Ural (Mugʻojarning sharqiy chekkasi, Uralorti penepleni), shimolida Gʻarbiy Sibir (Toʻrgʻay platosining shimoli-sharqiy tik yon bagʻri boʻylab), Qozogʻiston past togʻlari bilan (uning gʻarbiy chekkasi boʻylab), shuningdek, Betpaqdala choʻli, Balxash-Olakoʻl botigʻining shimoliy chekka qismlari boʻylab chegaralanadi. Jan.sharqda va janubida Oʻrta Osiyo togʻlari (Jungʻariya Olatovining sharqiy, Tyanshanning shim., Olay-Hisor togʻlarining gʻarbiy, Paropamiz va Kopetdogʻ togʻlarining shimoliy etaklari), gʻarbda Kaspiy dengizi bilan chegaradosh.

Turon tekisligi berk havza, uning markaziy qismida Orol dengizi botigʻi joylashgan. Maydoni 1,5 mln. km². Oʻrtachabal. 150– 200 m. Gʻarbiy qismi (Kaspiyboʻyi pasttekisligi) dengiz sathidan 28 m pastda, baʼzi bir botiqlar (mas., Qoragiyo botigʻining tubi) —132 m. Sharqqa tomon tekislikning balandligi ortib boradi.

Turon tekisligida Oʻrta Osiyoning yirik qumli, gilli, toshloq, lyossgilli choʻllari (Qoraqum, Katta va Kichik Boʻrsiq, Balxash boʻyi) joylashgan.

Turon tekisligi yer yuzasining tuzilishi xilmaxil, kelib chiqishi, shakli va yoshi jihatidan har xil orografik shakllar: pastgekisliklar, platolar, past togʻlar, qirlar, botiqlar, qad. daryo oʻzanlari, deltalar tarqalgan. Turon tekisligining markaziy qismini Turon pasttekisligi egallagan. Undan har tomonga balandlik ortib boradi. Bir qancha platolar (Ustyurt, Mangʻistov, Krasnovodsk, Shagʻiray va boshqalar) bor. Ular ichida eng yirigi — Ustyurt. Platolar xamma tomondan tik yon bagʻir (chink)lar bilan oʻralgan. Past togʻlar Turon tekisligining gʻarbiy kismidagi Mangʻistov yarim orolda — Krratov (556 m), Shimoliy va Janubiy Oktovlar, Qizilqumdagi Sulton Uvays togʻi (485 m), Boʻkantov (500 m), Yetimtogʻ (622 m), Tomditov (922 m), Aristontov (698 m), Ovminzatov (649 m), Quljuqtov (785 m), Qozoqtov (613 m), Balxash koʻlining janubi-gʻarbida Jeltov, Oytov (1052 m) va boshqa Bular paleozoy togʻ jinslaridan tashkil topgan, suvayirgʻich qismi turli tuzilishga ega (qoyali, tekislangan yuzalar), yon bagʻirlari koʻpincha tik, qryali, koʻplab quruq soylar bilan kesilgan. Turon tekisligida mezokaynozoy togʻ jinslaridan tuzilgan bir qancha qirlar (Bodxiz, Qorabel, Qorabovur, Oqtumshuq va boshqalar) mavjud. Ularning yon bagʻirlari nishabroq, atrofidagi tekisliklar bilan astasekin tutashib ketadi, bal. 1000 m gacha. Turon tekisligida bir qancha botiqlar (Borsakelmas, Askaovdan, Mingbuloq, Qoraxotin, Oyoqogʻitma va boshqalar) bor. Ularning uz. 40 km gacha, eni 20 km gacha (Qoragiyo) yetadi. Botiklar tubida baxrr faslida vaqtinchalik koʻllar gʻosil boʻladi. Baʼzilarda (mas., Sariqamishda) doimiy koʻl bor.

Turon tekisligida Oʻrta Osiyoning yirik daryolari: Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshonning toʻrtlamchi davrda tentirab oqishi natijasida kelib chiqqan qad. oʻzanlari (Oʻzboʻy, Janadaryo, Aqchadaryo, Moxondaryo va boshqalar) saqlanib qolgan. Baʼzi oʻzanlarning, mas., Oʻzboʻyning uz. 500 km dan ziyod, eni 300 m, chuq. 40–50 m ga yetadi. Turon tekisligida tugaydigan koʻpchilik daryolar (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Tajan, Murgʻob va boshqalar) yirik deltalar xrsil qilgan. Ularning tekis joylarida katta maydonga ega boʻlgan taqirlar, shoʻrxoklar vujudga kelgan. Kaspiy dengizining sharqiy, Orol dengizining janubi-sharqiy qismlarida dengiz tekisliklari vujudga kelgan. Turon tekisligining katta qismida eol joʻyakli qumlar, joʻyakqovak qumlar, barxanlar, baʼzi qismlarida (Ustyurt, Kaspiy dengizi sohillarida) karst relyef shakllari tarqalgan.

Turon tekisligi Turon shgitasida joylashgan. Uning paleozoy choʻkindi, metamorfik va magmatik togʻ jinslaridan tashkil topgan poydevori har xil chuqurlikda oʻrnashgan, baʼzi hududlarda, mas., Markaziy Qizilqumda yer yuzasiga chikib, yangi tektonik xarakatlar taʼsirida past togʻlar hosil boʻlgan. Plitaning poydevorini mezokaynozoy yotqiziklari qoplagan. Iklimi keskin kontinental, shimoliy kismida moʻʼtadil, janubida subtropik iklim. Kishi, shimoliy kismida sovuq, yozi issiq, havosi quruq, kam bulutli. Yanvarning oʻrtacha trasi, shimoliy kismida —17°, —18°, janubiy qismida esa 2°, 4°. Eng past tra, shimoliy qismida —35°, —40°, janubida — 20°, —25°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 25°, 35°, shimoliy kismida 21°, 22°. Eng yuqori temperatura 50° gacha koʻtariladi. Tekislikning katta qismida 200 mm dan kam yogʻin tushadi, eng kam yogʻin (80–100 mm) Amudaryoning quyi qismida. Shimoliy tomonga yogʻingarchilik koʻpayib, 300– 400 mm ga yetadi.

Turon tekisligida doimiy oqar daryolar yoʻq, togʻlardan boshlanuvchi daryolar (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Ili, Chu, Murgʻob, Tajan va boshqalar) tekislik hududiga yetib keladi. Tektonik, antropogen koʻllar (Orol, Balxash, Sariqamish, Aydarkoʻl, Dengizkoʻl va boshqalar) mavjud. Turon tekisligi yer osti suvlariga boy, lekin, ularning katta qismi shoʻr. Chuchuk yer osti suvlari Turon plitasining poydevori va baʼzi qum massivlarida xrsil boʻlgan. Uning hududidan oqib oʻtuvchi daryolarda suv omborlari (Tuyamoʻyin, Tajan, Sariyoz, Hovuzxon, Yoʻloʻtan) va kanallar (Qoraqum, Amu-Buxoro va boshqalar) barpo etilgan. Tuproqlari kulrangqoʻngʻir, boʻz, qumli, taqir, oʻtloq, shoʻrxok, agroirrigatsion tuproklar. Ularning koʻpchiligi shoʻrlangan, chirindiga boy emas. Oʻsimlik qoplami siyrak, qurgʻoqchilik sharoitida substrat tarkibiga moslashgan, vegetatsiya davri qisqa boʻlgan shuvoq, shoʻra, juzgʻun, qum akatsiyasi, efemer va boshqa tarqalgan, vohalarda madaniy oʻsimliklar oʻstiriladi. Hayvonot dunyosi har xil, hayvonlar qurgʻoqchil sharoitda yashashga moslashgan. Bir qancha qoʻriqxonalar (Amudaryo, Badaytoʻqay, Bodxiz, Borsakelmas, Hasankoʻli, Repetek, Ustyurt, Qizilqum, Qoplonqir) tashkil etilgan. Turon tekisligi turli tabiiy boyliklar (ikGʻshmi, foydali qazilmalar, chorvachilik ozuqasi, yer)ga ega. Foydali qazilmalardan neft, gaz, oltin, fosforit, qurilish materiallari bor. Murod Mamatqulov.




Other Languages