Tovuq

Tovuq, uy tovuqlari — tovuqsimonlar turkumiga mansub parranda, qishloq xoʻjaligi. parrandalarining eng koʻp tarqalgan turi. 5 ming yil muqaddam Hindistonda qoʻlga oʻrgatilgan yovvoyi bankiv tovugʻidan tarqalgan. T.larning oʻziga xos xususiyati — boshlarida qizgʻish toji, quloq solinchagi, oyoklari (xoʻrozlarida) pixining mavjudligidadir. Patlarining rangi har xil, koʻpincha, oq. Koʻpchilik T. zotlarining tumshugi va oyoq kafti sariq, qisman oqqizgʻish, qora va boshqa boʻladi. Tuxum poʻchogʻi oq yoki och qoʻngʻir.

Beradigan mahsulotiga qarab. T.lar tuxumdor (serpusht), tuxumdorgoʻshtdor (tuxumgoʻsht uchun boqiladigan) va gushtdor zotlarga ajratiladi. Shuningdek, T.larning dakang (urishqoq) va kurkam turlari (sanoat ahamiyati yoʻq) ham bor.

T.lar tashqi kurinishi va tuzilishi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Serpusht T.lar kichkina, tez voyaga yetadigan, tuxumdorgoʻshtdor T.lar yirikroq boʻlib yaxshi rivojlanadi. Goʻsht uchun ajratilganlari alohida sharoitda boqiladi. Serpusht T.lar 1,7—2,2 kg , xoʻrozlari 2,7—3,0 kg , tuxumdorgoʻshtdorlari 2,5—4,0 kg , goʻshtdorlari 3,0—4,5 kg goʻsht beradi. Serpusht zotlar yiliga 220—250 ta, ayrimlari 365 tagacha tuxum qiladi. Zotdor T.lar seleksiya yoʻli bilan koʻpaytirilganda serpusht boʻladi. T. 5—6 oylikdan tuxumga kiradi. Dastlabki tuxumi 40—50 g , 1 yoshga yaqinlashgach, 55—65 g . Tuxumdorgoʻshtdor zotlar tuxumi mayda. T. tullaganda tuxum qilmaydi. Tullash 2—3 hafta, baʼzilarida 2 oy va undan ortiq davom etadi.

T. 10 yilgacha tuxum qilishi mumkin (10—12 y. umr koʻradi). Sanoat maqsadida tuxum yetishtiriladigan xoʻjaliklarda T.lar tuxumga kirgandan keyin ularni faqat bir yil saqlash iqtisodiy foyda keltiradi, chunki tuxum T.ning yoshiga qarab, yiliga 10— 15% kamayadi, naslchilik xoʻjaliklarida faqat sermahsul T.lar 2—3yilga qoldiriladi. Boqilayotgan nasldor T.larning 50—60% 1 yoshga yetmagan, 30— 35% 2 yoshli va 10% 3 yoshli boʻladi. Joʻja ochirishga tuxum olishda 8—12 ta tovuq uchun 1 ta xoʻroz qoʻyiladi. Xoʻrozlar 2—3 y. saqlanadi. Joʻjalar inkubatorov ochiriladi. T. parrandaxonalarda don, sabzavot, mineral oziqala^, vitamin va boshqa bilan boqiladi.

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi. ilmiyi. ch. markazining Parrandachilik ilmiy markazida seleksiyaning yangi va jadal usullarini amalda qoʻllab, T.larning yuqori mahsuldor, yiliga 240—250 (duragaylari 270) donadan tuxum kiladigan, kasalliklarga chidamli va mahalliy sharoitga moslashgan ikki tizimli "Oʻzbekiston" krossi (Oʻz1 va Oʻz2 tizimlari, Oʻz12 duragaylari) yaratiladi (2002).

Oʻzbekiston parrandachilik xoʻjaliklarida tuxumgusht yunalishidagi leggorn, nyuxemshir, rodaylend, tovuk, zotlari, broyler yetishtirish uchun kornish, plimutrok zotlari urchitiladi.

  • sh. qarang

Sh. qarang

Parrandachilik.




Other Languages
Afrikaans: Hoender
Alemannisch: Haushuhn
አማርኛ: ዶሮ
Ænglisc: Henn
العربية: دجاج
مصرى: فرخه
অসমীয়া: কুকুৰা
Atikamekw: Noce pakahakwan
авар: ГӀанкӀу
Aymar aru: Chiwchi
azərbaycanca: Toyuq
تۆرکجه: تویوق
башҡортса: Тауыҡ
žemaitėška: Vėšta
Bikol Central: Manok
беларуская: Курыца
беларуская (тарашкевіца)‎: Курыца
български: Домашна кокошка
भोजपुरी: देसी मुर्गा
Bahasa Banjar: Hayam
বাংলা: মুরগি
བོད་ཡིག: བྱ་ཏེ་
brezhoneg: Yar (evn)
bosanski: Kokoška
буряад: Тахяа
català: Gall
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Giĕ
нохчийн: Котам
Tsetsêhestâhese: Kokêhéaxa
کوردی: مریشک
čeština: Kur domácí
kaszëbsczi: Kùra
Cymraeg: Iâr (ddof)
dansk: Høns
Deutsch: Haushuhn
eʋegbe: Koklo
Ελληνικά: Όρνιθα
emiliàn e rumagnòl: Gal
English: Chicken
Esperanto: Koko
eesti: Kana
euskara: Oilo
estremeñu: Gallus gallus
فارسی: مرغ
suomi: Kana
Võro: Kana
Na Vosa Vakaviti: Toa
Nordfriisk: Hüshan
furlan: Gjaline
Gaeilge: Sicín
贛語:
Gàidhlig: Cearc
galego: Galiña
Avañe'ẽ: Ryguasu
Bahasa Hulontalo: Malu'o
Hausa: Kaza
客家語/Hak-kâ-ngî: Kiê-é
हिन्दी: मुर्गी
Fiji Hindi: Murgi
hrvatski: Domaća kokoš
magyar: Házityúk
հայերեն: Հավ
interlingua: Gallina
Bahasa Indonesia: Ayam peliharaan
Ilokano: Manok
ГӀалгӀай: Котам
Ido: Hano
íslenska: Nytjahænsni
ᐃᓄᒃᑎᑐᑦ/inuktitut: ᐊ'ᐊ'ᐋᒃ
日本語: ニワトリ
Basa Jawa: Pitik
ქართული: ქათამი
Qaraqalpaqsha: Tawıqlar
Адыгэбзэ: Унэ джэдхэр
Kongo: Nsusu
қазақша: Тауық
ಕನ್ನಡ: ಕೋಳಿ
한국어:
Перем Коми: Курӧг
कॉशुर / کٲشُر: کۄکَر
kurdî: Mirîşk
Кыргызча: Тоок
Latina: Gallus
Ladino: Gayo
Lëtzebuergesch: Haushong
лакку: АьнакӀи
лезги: Верч
Limburgs: Hoon
lingála: Nsósó
ລາວ: ໄກ່
lietuvių: Naminė višta
latviešu: Mājas vista
мокшень: Сараз
македонски: Кокошка
മലയാളം: കോഴി
मराठी: कोंबडी
кырык мары: Цӹвӹ
Bahasa Melayu: Ayam
эрзянь: Сараз
مازِرونی: کرک
Nāhuatl: Cuanacatl
Plattdüütsch: Hohn
Nedersaksies: Hounder
नेपाली: कुखुरा
नेपाल भाषा: खा (झंगः)
Nederlands: Kip (vogel)
norsk nynorsk: Høns
norsk: Tamhøns
Sesotho sa Leboa: Kgogo
Diné bizaad: Naaʼahóóhai
occitan: Gallus gallus
ਪੰਜਾਬੀ: ਕੁੱਕੜ
Kapampangan: Manuk
Picard: Glinne
Deitsch: Hinkel
polski: Kura domowa
پنجابی: ککڑ
Runa Simi: Wallpa
română: Găină
armãneashti: Gâľinâ
tarandíne: Jadde
русский: Курица
русиньскый: Курка
Kinyarwanda: Inkoko
sardu: Pudda
sicilianu: Jaddina
Scots: Chicken
سنڌي: ڪڪڙ
srpskohrvatski / српскохрватски: Domaća kokoš
Simple English: Chicken
slovenčina: Kura domáca
slovenščina: Domača kokoš
chiShona: Huku
Soomaaliga: Dooro
српски / srpski: Кокошка
Basa Sunda: Hayam
svenska: Tamhöna
Kiswahili: Kuku
தமிழ்: கோழி
ತುಳು: ಕೋರಿ
తెలుగు: కోడి
тоҷикӣ: Мурғ
ไทย: ไก่
Tagalog: Manok
Türkçe: Tavuk
татарча/tatarça: Йорт тавыгы
chiTumbuka: Nkhuku
удмурт: Курег
українська: Курка
اردو: مرغی
vepsän kel’: Kana
Tiếng Việt:
West-Vlams: Henne
walon: Poye
Winaray: Manók
Wolof: Ganaar
吴语:
isiXhosa: Inkuku
მარგალური: ქოთომი
ייִדיש: האן
Vahcuengh: Gaeq
中文:
Bân-lâm-gú: Ke
粵語: