Topinambur

Topinambur, yernok (Helianthus tuberosus L.) — murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimlik, tuganak mevali yemxashak ekini. Vatani — Shim. Amerika. Yevropaga 17-asr boshlarida keltirilgan. Rossiyada 18-asrda tarqalgan. Oʻzbekistonda silosbop ekin sifatida ekiladi. Poyasining koʻrinishi kungaboqarnp eslatadi. Yer osti poyalarida 20—70 ta noksimon (yernok nomi shundan), choʻzinchoq, urchuqsimon va sirti silliq yoki burushikdi tuganak hosil boʻladi. Ildizi popuksimon, tuproqqa 2–3 m kirib boradi. Boʻyi 1,2—2,5, baʼzan 4 m gacha. Barglari bandli, tuxumsimon, gullari savatchatoʻpgulga yigʻilgan. Mevasi pista, 1000 dona pistasi vazni 7—8 g .

T.ning yer usti poyasi —6°, yer osti poyasidagi tuganaklar —20° ga chidaydi. Shoʻrlanmagan tuproqlarda oʻsadi, oziqaga talabchan. Oʻsuv davri 120—200 kun. T. ayni paytda texnik va oziq-ovqat oʻsimligi hisoblanadi. Tuganagi oziqovqatga ham ishlatiladi. Tarkibida 2,3% oqsil, 0,2% moy, 17,9% azotsiz moddalar, 1,3% kul va boshqa, shuningdek, 16—18% inulin [undan qand (fruktoza), spirt ishlab chiqariladi], V,, S vitaminlar, 100 kg palagida 22,5 ozuqa birligi va 1,8 kg gʻazm boʻluvchi protein bor. T.dan tibbiyotda har xil doridarmonlar tayyorlanadi. T. yetishtirish uchun 25—50 g li tuganaklari ekiladi (yiriklari faqat bahorda kesib ekilishi mumkin). Ekish sxemasi: 70x70, 60x60, chuq. 10—15 sm. Poyasi yoz oʻrtasida oʻriladi, kuzda tuganagi kavlab olinadi. Koʻkati oʻrilmasa tuganak hosildorligi yuqori boʻladi. Hosildorligi: koʻk massa boʻyicha 350 — 500 s/ga, tuganagi boʻyicha 200—250 s/ga. Tuganagi yer ostida yaxshi sakdanadi, shu sababli uni zaruratga qarab kavlab olinadi.

Kasalliklari: ildiz chirish, nekroz. Zararkunandalari: tunlamalar, uzuntumshuq, simqurt.

Halima Otaboyeva.





Other Languages
تۆرکجه: شلقم
беларуская: Тапінамбур
беларуская (тарашкевіца)‎: Тапінамбур
català: Nyàmera
Чӑвашла: Топинамбур
dansk: Jordskok
Deutsch: Topinambur
dolnoserbski: Topinambur
Esperanto: Terpiro
eesti: Maapirn
euskara: Topinanbu
français: Topinambour
hrvatski: Čičoka
hornjoserbsce: Topinambur
հայերեն: Գետնախնձոր
íslenska: Ætifífill
日本語: キクイモ
ქართული: მიწავაშლა
қазақша: Жер алмұрты
한국어: 뚱딴지
kurdî: Sêvarxin
latviešu: Topinambūrs
македонски: Чичока
Nederlands: Aardpeer
norsk nynorsk: Jordskokk
norsk: Jordskokk
română: Topinambur
русский: Топинамбур
srpskohrvatski / српскохрватски: Čičoka
Simple English: Jerusalem artichoke
slovenščina: Topinambur
српски / srpski: Čičoka
Türkçe: Yerelması
тыва дыл: Топинамбур
українська: Топінамбур
vèneto: Topinanbur
Tiếng Việt: Cúc vu
中文: 洋姜
粵語: 菊芋