Suyak

Suyak — odam va umurtqali hayvonlar skeletining asosiy qismi. Suyak toʻqimasi biriktiruvchi toʻqimaning bir xili. Suyak boʻgʻimlar, boylamlar, muskullar va oʻziga birikkan paylar bilan birga tayanchharakat apparatini hosil qiladi. Suyak hujayralar (osteotsitlar, osteoklastlar) va hujayralar oraligʻi mineral moddalardan tarkib topgan. Osteotsitlar hujayralar oraligʻi moddasi bilan oʻralgan; oʻsimtalar yordamida oʻzaro tutashgan; suyak toʻqimasida moddalar (oqsil, suv, ion) almashinuvini, osteoblastlar esa suyaklar hosil boʻlishini, ularning soʻrilish (rezorbsiya) jarayonini taʼminlaydi. Osteoblastlar va osteoklastlarning birgalikda taʼsiri suyak ning oʻsishi va funksional zoʻriqishi oʻzgarishining asosini tashkil etadi. Hujayralararo modda kollagen (ossein) tolalar va asosiy moddadan iborat, bu moddalar suyakning pishiq va mustahkam boʻlishini taʼminlaydi. Suya k toʻqimasi kollageni oʻziga xos polipeptidlarning koʻpligi bilan togʻaydan farq qiladi. Asosiy modda glikoproteidlar va proteoglikanlardan tashkil topgan. Mineral komponenta apatit, sulfat va kalsiy karbonat kristallaridan iborat. Suyak embrional rivojlanish davrida biriktiruvchi toʻqima — mezenximadan hosil boʻladi. Birlamchi suyak ichki togʻay skeletning suyaklanishidan (yelka, son va boshqalar), ikkilamchi suyak teri osti tangachalaridan (peshona, tepa va boshqa suyaklar) vujudga keladi.

Suyak tuzilishi va shakliga koʻra uzun, yaʼni naysimon (son, boldir va boshqalar), yassi, yaʼni serbar (toʻsh va boshqalar) va kalta (umurtqalar va boshqalar) buladi. Naysimon suyaklarning urta qismi (diafiz) va ikki uchi (epifiz) bor. Diafiz zich moddadan, epifiz va yassi hamda kalta suyaklar tanasi gʻovak moddadan iborat. Diafiz boʻshligʻida va epifiz gʻovak moddasi oraligʻida ilik buladi. Suyak sirti biriktiruvchi toʻqimadan tashkil topgan suyak usti pardasi — periost, ichki ilik boʻshligʻi tomondan xuddi shunga oʻxshash endost bilan qoplangan. Diafiz 4—15 mkm kalinlikdagi plastinkalardan iborat boʻlib, ular orqali qon tomirlari va nervlar oʻtadi.

Suyak — kalsiy va fosfor deposi hisoblanadi. Paratgormon va kalsiotonin gormonlari kon plazmasida kalsiy miqdorini va osteoklastlarning soʻrilish faolligini boshkarib turadi. Suyak toʻqimasi juda faol regeneratsiya xususiyatiga ega boʻlib, organizmda toʻxtovsiz yangilanib turadi. Shu sababdan suyakning mexanik xossalari ham organizmga tushadigan yukka mos ravishda oʻzgarib boradi. Odam skeleti suyak tarkibi umr davomida yangilanib turadi (yana q. Suyak sinishi, Suyak chiqishi, Skelet).

  • adabiyotlar

Adabiyotlar




Other Languages
Afrikaans: Been
Alemannisch: Knochen
አማርኛ: አጥንት
Ænglisc: Bān
العربية: عظم
ܐܪܡܝܐ: ܓܪܡܐ
asturianu: Güesu
Aymar aru: Ch'aka
azərbaycanca: Sümük
Boarisch: Boana
беларуская: Косць
беларуская (тарашкевіца)‎: Косьць
български: Кост
বাংলা: হাড়
brezhoneg: Askorn
bosanski: Kost
català: Os
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Gáuk-gáuk
کوردی: ئێسک
corsu: Ossu
čeština: Kost
Чӑвашла: Шăмă
Cymraeg: Asgwrn
Deutsch: Knochen
Zazaki: Este
Ελληνικά: Οστό
English: Bone
Esperanto: Osto
español: Hueso
eesti: Luu
euskara: Hezur
فارسی: استخوان
suomi: Luu
français: Os
Gaeilge: Cnámh
Gàidhlig: Cnàmh
galego: Óso
Avañe'ẽ: Kangue
Bahasa Hulontalo: Tulalo
客家語/Hak-kâ-ngî: Kut-kak
עברית: עצם
हिन्दी: अस्थि
hrvatski: Kost
Kreyòl ayisyen: Zo
magyar: Csont
Հայերեն: Ոսկոր
interlingua: Osso
Bahasa Indonesia: Tulang
Ido: Osto
íslenska: Bein
italiano: Osso
日本語:
Basa Jawa: Balung
ქართული: ძვალი
Kabɩyɛ: Mɔɔyɛ
қазақша: Сүйек
ಕನ್ನಡ: ಮೂಳೆ
한국어:
kurdî: Hestî
лакку: ТтаркI
Limburgs: Knaok
lumbaart: Òs
lingála: Mokúwa
lietuvių: Kaulas
latviešu: Kauls
олык марий: Лу
македонски: Коска
മലയാളം: അസ്ഥി
монгол: Яс
मराठी: अस्थि
Bahasa Melayu: Tulang
မြန်မာဘာသာ: အရိုး
مازِرونی: استکا
Nāhuatl: Omitl
नेपाल भाषा: क्वँय्
Nederlands: Bot (anatomie)
norsk nynorsk: Knokkel
occitan: Òs
ଓଡ଼ିଆ: ହାଡ଼
ਪੰਜਾਬੀ: ਹੱਡੀ
Pangasinan: Pokel
polski: Kość
پنجابی: ہڈی
português: Osso
Runa Simi: Tullu
română: Os (anatomie)
armãneashti: Osu
русский: Кость
संस्कृतम्: अस्थि
Scots: Bane
srpskohrvatski / српскохрватски: Kosti
Simple English: Bone
slovenčina: Kosť
slovenščina: Kost
Soomaaliga: Laf
српски / srpski: Кост
Basa Sunda: Tulang
svenska: Ben (skelett)
Kiswahili: Mfupa
தமிழ்: எலும்பு
తెలుగు: ఎముక
тоҷикӣ: Устухон
Setswana: Lerapo
Türkçe: Kemik doku
українська: Кістка
اردو: ہڈی
Tiếng Việt: Xương
walon: Oxhea
Winaray: Bukog
მარგალური: ყვილი
Yorùbá: Egungun
Vahcuengh: Ndok
中文: 骨骼
Bân-lâm-gú: Kut
粵語: