Sumi viloyati

Sumi viloyati

Sumi viloyati — Ukraina tarkibidagi viloyat. Ukraina shimoli-sharqida joylashgan. 1939 yil 10 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 23,8 ming km kv. Aholisi 270,214 ming kishi (2011), asosan, ukrainlar (89 %), shuningdek, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 65%. 18 tuman, 15 shahar, 20 shaharcha bor. Markazi – Sumi shahri. Boshqa muhim shaharlari: Konotop, Shostka, Romni, Trotsyanets, Axtirka, Belopolye, Putivl, Drujba, Krolevets. Iqlimi mo'tadil kontinental. Yirik daryolari – Desna, Sula, Psel, Vorskla. Viloyatda 300 ga yaqin sanoat korxonasi bor. Sanoat mahsuloti ichida oziq-ovqat sanoati 36,1%ni, mashinasozlik va metallsozlik 23,2%ni, yengil sanoat 10,7%ni tashkil qiladi. Oziqovqat sanoatida shakarqand, goʻsht va goʻshtkonserva, unyorma, spirt va likyorarak, sut, tarmoklari rivojlangan. Mashinasozlik va metallsozlik, elektron mikroskop, nasos, ogʻir kompressor, choʻyan quyish, elektr mexanika, lokomotiv vagon taʼmirlash hamda poligrafiya mashinalari zavodlari va boshqa ishlab turibdi. Yirik kimyo korxonalari: "Svema" ishlab chiqarish. birlashmasi (rangli va oqqora kinofotoplyonka hamda magnitofon lentalari chiqariladi), "Ximprom" ishlab chiqarish. birlashmasi, kimyo reaktivlari va oshlovchi ekstrakt zavodi. Toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnpoyabzal va moʻyna, oʻrmon, yogʻochsozlik, mebel, chinnifayans korxonalari bor. Viloyatdea 3 ta IES bo'lib ular – Sumi, Axtrka, Shostke shaharlarida joylashgan.

Qishloq xoʻjaligi gʻalla, lavlagi, kartoshka sabzavot yetishtirish va gushtsut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi.

Transport yoʻli uzunligi 770 km. Viloyat hududidan " Urengoy–Pomari–Ujgorod " neft quvuri o"tgan. Avtomobil yoʻllari uz. 11 ming km dan ziyod, kattik qoplamali (beton va boshqalar) yoʻllar 2,8 ming km. 2 ped. instituti, Sumi davlat unversiteti, 3 muzey, drama teatri bor.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. "Sumi viloyati" S-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Other Languages
Afrikaans: Soemi-oblast
العربية: سومي أوبلاست
asturianu: Óblast de Sumy
azərbaycanca: Sumı vilayəti
башҡортса: Сумы өлкәһе
беларуская: Сумская вобласць
беларуская (тарашкевіца)‎: Сумская вобласьць
български: Сумска област
bosanski: Sumska oblast
qırımtatarca: Sumı vilâyeti
čeština: Sumská oblast
Deutsch: Oblast Sumy
English: Sumy Oblast
Esperanto: Sumia provinco
español: Óblast de Sumy
suomi: Sumyn alue
français: Oblast de Soumy
Nordfriisk: Sumy (Prowins)
Gaeilge: Cúige Shumy
hrvatski: Sumska oblast
հայերեն: Սումիի մարզ
Bahasa Indonesia: Oblast Sumy
italiano: Oblast' di Sumy
日本語: スームィ州
ქართული: სუმის ოლქი
한국어: 수미주
لۊری شومالی: سومی
lietuvių: Sumų sritis
latviešu: Sumu apgabals
македонски: Сумска област
монгол: Сумы муж
Nederlands: Oblast Soemy
norsk nynorsk: Sumy oblast
português: Oblast de Sumy
română: Regiunea Sumî
русиньскый: Сумска область
саха тыла: Сумы уобалас
srpskohrvatski / српскохрватски: Sumska oblast
Simple English: Sumy Oblast
slovenčina: Sumská oblasť
српски / srpski: Сумска област
svenska: Sumy oblast
Türkçe: Sumi Oblastı
татарча/tatarça: Сумы өлкәсе
українська: Сумська область
Tiếng Việt: Sumy (tỉnh)
Winaray: Sumy Oblast
მარგალური: სუმაშ ოლქი
中文: 蘇梅州
Bân-lâm-gú: Sumy séng