Sport

Futbol - keng tarqalgan sport turi.

Sport (fr. desporter - "oʻynamoq", "maza qilmoq"[1]) qatnashuvchilarning jismoniy va/yoki aqliy qobiliyatlarini solishtirishga va/yoki zavqlanishga moʻljallangan, tayinli qoidalarga ega faoliyat turidir.

Sport (ing . sport — oʻyin) — jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, jismoniy tarbiya vositasi va usuli, jismoniy mashqlarniit turli majmualari boʻyicha musobaqalar tashkil etish, tayyorlash va oʻtkazish tizimi. S.ning maqsadi kishilarning sogʻligʻini mustahkamlash va umumiy jismoniy rivojlantirish bilan birga S. musobaqalarida yuqori natija va gʻalabalarga erishishdir. Dastlabki S. musobaqalari Yunonistonda mil. av. 1580 yilda boʻlib oʻtgan. 19-asrning 2-yarmida, ayniqsa, 1894 y. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi (XOQ) tashkil qilinganidan keyin S. juda tez rivojlana boshladi. 1896 yilda 1zamonaviy Olimpiada oʻyinlari oʻtkazildi.

S.ning asosiy 3 ta oʻzaro bogʻliqtashkiliy shakllari mavjud: ommaviy havaskorlik Si; oʻquv fani sifatidagi S; yuqori natijalar Si. Ommaviy havaskorlik Si — insonning jismoniy takomillashuvi sharti; u kishilarning yoshi, salomatligining holati, jismoniy rivojlanish darajasiga koʻra chegaralanadi. Oʻquv fani sifatidagi S. — barcha turdagi taʼlim muassasalari va qurolli kuchlarda harbiyjismoniy tayyorgarlik dasturlariga kiradi. Yuqori natijalar S. i eng yaxshi S. kursatkichlari (rekordlar)ga erishish uchun sharoit yaratadi, insonning jismoniy tayyorgarligini namoyish etadi, jismoniy tayyorgarliklarning samarali vosita va usullarini ommaviy amaliyotga tatbiq etishga yordam beradi.

Taraqqiyot jarayonida S. jismoniy tarbiya doirasidan chiqib, mustaqil umummadaniy, siyosiy, estetik, iqtisodiy ahamiyat kasb etdi. S. dustona xalqaro aloqalarni kengaytirishga, xalqlarning uzaro birbirini tushunishi va doʻstligi rivojlanishiga xizmat qilmoqda. 19-asr oʻrtalaridan bir necha Gʻarb mamlakatlarida professional S. rivojlana boshladi. U tomoshabopligi, biznesga aylanib, katta daromad manbai boʻlib borayotganligi bilan ajralib turadi.

S. turlarining 2 asosiy guruhi mavjud: milliy S. turlari va xalqaro S. turlari. Milliy S . turlari har bir xalqning oʻziga xos turmush tarzi, mehnat faoliyati va dam olish sharoiti asosidarivojlangan. Xalqaro S.turlari muayyan sharoitlarda musobaqalar oʻtkazishning umumlashtirilgan tizimlaridan iborat boʻlib, bunda musobaqa ishtirokchilarining oʻzaro munosabatlarini, natijalarni hisobga olish va baholashni xalqaro miqyosda bir xil tartibga keltirish, yagona qoidalardan foydalanishga asoslangan maxsus cheklashlar nazarda tutiladi. S. bilan shugʻullanishda jismoniy tarbiya va S.ni boshqarish davlat organlari, xalqaro S. tashkilotlari tomonidan man etilgan vositalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi. Yuqori S. koʻrsatkichlariga erishish maqsadida stimulyatorlardan, doping moddalaridan, Xalqaro olimpiada qoʻmitasi man etgan boshqa vositalardan foydalangan S.chi musobaqalardan chetlashtiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasida S. umumdavlat ishi hisoblanib, jismoniy madaniyat bilan birga Agʻolining barcha qatlamlarini va yosh guruhlarini qamrab olgan. Mamlakatda 50 dan ziyod S. turi ommalashgan, ulardan 30 turi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida" (2002 y. 31 okt.), "Oʻquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish toʻgʻrisida" (2003 y. 3 iyun), "Ommaviy sport targʻibotini yanada kuchaytirish choratadbirlari toʻgʻrisida" (2003 y. 4 noyab.) qarorlari OʻzR da S.ni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Bu qarorlar asosida yangi bolalar S. inshootlarini barpo etish dasturi, sport anjomlari va jihozlari, kiyimkechaklar va charm poyabzal mahsulotlarini respublikada ishlab chiqarish., maktablarda, ayniqsa, qishloq maktablarida jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirish, aholi oʻrtasida S. madaniyatini yuksaltirish, ommaviy S. targʻibotini rivojlantirish tadbirlari ishlab chiqilib, ularni hayotga tatbiq etishga kirishildi. Jumladan, Oʻzbekiston televideniyesining 4kanali S. kanaliga aylantirildi. Jismoniy tarbiya va S. sohasini kadrlar bilan taʼminlash maqsadida oliy taʼlim muassasalarida bolalar S. i uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, S. jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim tizimini takomillashtirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan. Sportchilarni ijtimoiy qimoyalash masalalari qonun bilan mustahkamlanadi. Chunonchi, "Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (2000 y. 26 may)da davlat boshkaruv organlari, jismoniy tarbiya va S. jamoat birlashmalari, sport klublari va markazlari, boshqa ixtisoslashtirilgan sport tashkilotlari va muassasalari sportchilarga zarur ijtimoiymaishiy sharoitlarni yaratishlari hamda ularning sihatsalomatligi muxrfaza qilinishini taʼminlashlari shart qilib qoʻyildi. Sportchilarning ayrim toifalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozli pensiya olish huquqidan foydalanadilar. S. musobaqalarida qatnashuvchi shaxslar sugʻurta polislariga ega boʻlishlari shart. S. sohasida juda katta yutukdarga erishgan fukarolar, jismoniy tarbiya va S.ni rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan S. ustozlari, sportchilarni taqdirlash maqsadida "Oʻzbekiston iftixori", "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi", "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi" faxriy unvonlari taʼsis etiddi. Mamlakatda S. matbuoti shakllandi: "Sport" gaz., "Oʻzbekiston futboli", "Tennis +", "Books plus futbol" (Toshkent), "Futbol ekspress" (Andijon), "Asr futboli" (Namangan), "Inter futbol" (Kosonsoy) kabi gaz.lar nashr etilmoqda.

Soat Musayev, Komil Yarashev.

  • manbalar

Manbalar



Other Languages
Afrikaans: Sport
Alemannisch: Sport
አማርኛ: ስፖርት
aragonés: Esporte
Ænglisc: Plega
العربية: رياضة
asturianu: Deporte
azərbaycanca: İdman
تۆرکجه: ایدمان
башҡортса: Спорт
Boarisch: Spoat
žemaitėška: Spuorts
беларуская: Спорт
беларуская (тарашкевіца)‎: Спорт
български: Спорт
भोजपुरी: खेलकूद
Bislama: Spot
bamanankan: Farikoloɲɛnajɛ
বাংলা: ক্রীড়া
བོད་ཡིག: ལུས་རྩལ།
brezhoneg: Sport
bosanski: Sport
буряад: Тамир
català: Esport
Chavacano de Zamboanga: Deporte
нохчийн: Спорт
کوردی: وەرزش
corsu: Sport
qırımtatarca: Sport
čeština: Sport
kaszëbsczi: Szpòrt
Чӑвашла: Спорт
Cymraeg: Chwaraeon
dansk: Sport
Deutsch: Sport
Zazaki: Spor
Ελληνικά: Αθλητισμός
English: Sport
Esperanto: Sporto
español: Deporte
eesti: Sport
euskara: Kirol
estremeñu: Deportis
فارسی: ورزش
suomi: Urheilu
Võro: Sport
føroyskt: Ítróttur
français: Sport
furlan: Sport
Frysk: Sport
Gaeilge: Spórt
贛語: 運動
Gàidhlig: Spòrs
galego: Deporte
Avañe'ẽ: Jetepyso
Bahasa Hulontalo: Olahraga
ગુજરાતી: રમત-ગમત
Gaelg: Spoyrt
客家語/Hak-kâ-ngî: Yun-thûng hong-muk
עברית: ספורט
हिन्दी: खेल
Fiji Hindi: Sport
hrvatski: Šport
Kreyòl ayisyen: Espò (divètisman)
magyar: Sport
հայերեն: Սպորտ
interlingua: Sport
Bahasa Indonesia: Olahraga
Interlingue: Sport
ГӀалгӀай: Спорт
Ido: Sporto
íslenska: Íþrótt
italiano: Sport
日本語: スポーツ
Patois: Spuots
Basa Jawa: Ulah raga
ქართული: სპორტი
Qaraqalpaqsha: Sport
Taqbaylit: Addal
қазақша: Спорт
kalaallisut: Timersorneq
한국어: 스포츠
kurdî: Werziş
коми: Чожмӧг
Кыргызча: Спорт
Ladino: Espor
Lëtzebuergesch: Sport
лезги: Спорт
Lingua Franca Nova: Sporte
Limburgs: Sjport
Ligure: Sport
ລາວ: ກີລາ
لۊری شومالی: ڤٱرزشت
lietuvių: Sportas
latgaļu: Sports
latviešu: Sports
олык марий: Спорт
македонски: Спорт
монгол: Спорт
मराठी: खेळ
Bahasa Melayu: Sukan
Malti: Sport
Mirandés: Çporto
эрзянь: Спорт
مازِرونی: ورزش
Napulitano: Sport
Plattdüütsch: Sport
Nedersaksies: Sport
नेपाली: खेल
नेपाल भाषा: कासा
Nederlands: Sport
norsk nynorsk: Idrett
norsk: Sport
Novial: Sporte
Nouormand: Sport
Sesotho sa Leboa: Dipapadi
occitan: Espòrt
Livvinkarjala: Sportu
ਪੰਜਾਬੀ: ਖੇਡ
Kapampangan: Pasiknangan
Papiamentu: Deporte
Deitsch: Schparret
Norfuk / Pitkern: Sportii
polski: Sport
پنجابی: سپورٹس
پښتو: تکړښت
português: Desporto
rumantsch: Sport
română: Sport
русский: Спорт
русиньскый: Шпорт
Kinyarwanda: Umukino
саха тыла: Спорт
sardu: Isport
sicilianu: Sport
Scots: Sport
srpskohrvatski / српскохрватски: Sport
සිංහල: ක්‍රීඩා
Simple English: Sport
slovenčina: Šport
slovenščina: Šport
Soomaaliga: Ciyaaraha
shqip: Sporti
српски / srpski: Спорт
Sesotho: Dipapadi
Seeltersk: Sport
svenska: Sport
Kiswahili: Michezo
ślůnski: Szport
తెలుగు: ఆటలు
тоҷикӣ: Варзиш
ไทย: กีฬา
ትግርኛ: ስፖርት
Türkmençe: Sport
Tagalog: Palakasan
Türkçe: Spor
Xitsonga: Tamintlangu
татарча/tatarça: Спорт
українська: Спорт
اردو: کھیل کود
vèneto: Spor
vepsän kel’: Sport
Tiếng Việt: Thể thao
walon: Spôrt
吴语: 体育运动
isiXhosa: Ezemidlalo
მარგალური: სპორტი
ייִדיש: ספארט
Vahcuengh: Dijyuz
Zeêuws: Sport
中文: 体育运动
Bân-lâm-gú: Su-pò͘-chuh
粵語: 運動