Slavyan tillari

Slavyan tillariHind-Yevropa tillari oilasi tarkibidagi qarindosh tillar guruhi. Asosan, Markaziy va Sharqiy Yevropada, Shim. Osiyoda va jahonning boshqa koʻplab mamlakatlarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 300 mln. kishiga yaqin. Slavyan tillarining birbiriga yuqori darajadagi yaqinligi soʻz oʻzaklari va affiks larda, soʻz strukturasida, grammatik kategoriyalar qoʻllanishida, ran qurilishi va maʼnolar tizimida, izchil tovush oʻzgarishlari tizimida va boshqalarda namoyon boʻladi. Bu yaqinlik Slavyan tillarining kelib chiqish manbai yagonaligi, shuningdek, ularning adabiy tillar va lahjalar darajasidagi uzok, yillik alokalari bilan izoxlanadi. Shu bilan birga, 11 —15-asrlardan beri mustaqil tillar sifatida rivojlanib kelayotgani syababli ular orasida moddiy, funksional va tipologik harakterdagi bir qancha tafovutlar ham mavjud.

St. oʻzaro yaqinlik darajasiga koʻra, 3 guruhga ajratiladi: sharqiy slavyan (rus, ukrain, belorus tillari), jan. slavyan (bolgar, makedon, serb-xorvat, sloven tillari) va garbiy slavyan (chex, slovak, polyak, yuqori va quyi lujitsa tillari) guruxlari. Mazkur guruxlardan har birining ichki boʻlinishlari ham oʻziga xosliklarga ega. Slavyan tillarining har biri adabiy til bilan birga oʻz hududiy lahjalarini qamrab oladi; bu unsurlarning oʻzaro nisbati Slavyan tillarida turlicha namoyon boʻladi.

Zamonaviy St. yagona til (eng kad., keyinroq qad. va eski slavyan tili)ning uzoq tarixiy taraqqiyoti va boʻlinishi natijasida paydo boʻlgan. 10— 11-asrlarda kabila tillari asosida ayrim slavyan xalqlari tillari vujudga kelgan. Jan. va gʻarbiy Slavyan tillarida boʻlinish yuz bergan. 14-asrda sharkiy Slavyan tillarining ajralishi natijasida rus, belorus va ukrain tillari yuzaga keladi. Turli tarixiy davrlarda Slavyan tillarining miqdori va oʻzaro nisbati turlicha boʻlgan. Mac, 14-asrgacha sharqiy St. mustaqil tillar emas, balki laxjalar darajasida oʻzaro farqlangan. Serblar va xorvatlar til jihatdan 19-asrning 1-yarmidagina birlashganlar va ularning umumiy tili serbxorvat yoki xorvatserb deb atala boshlagan. Makedon tili esa 20-asrdagina shakllangan.

Slavyan xalqlari (tillari) 2 alifbodan foydalanadilar. Barcha sharqiy slavyan tillari, bolgar, serbxorvat va makedon tillari kirill alifbosi asosidagi, barcha garbiy slavyan tillari, xorvat va sloven tillari esa lotin alifbosi asosidagi yozuvlarga ega. Slavyanlar nutqidagi ayrim tovushlar uchun lotin alifbosida tegishli harflar boʻlmagan holatlar turli satr usti belgilarini qoʻllash yoki harflarni qoʻshish orqali bartaraf etilgan. Slavyan tillaridagi dastlabki yozma yodgorliklar, ularning shakllanish va rivojlanish vaqtlariga koʻra, 11-asrdan 19—20-asrlargacha boʻlgan davrlarga taalluqlidir.

  • adabiyot

Adabiyot

  • Bernshteyn SB., Ocherk sravnitelnoy grammatiki slavyanskix yazikov. Vvedeniye. Fonetika, M., 1961; Naxtigal R., Slavyanskiye yaziki, perevod so slovenskogo, M., 1963; Boshkovch R., Osnovi sravnitelnoy grammatiki slavyanskix yazikov. Fonetika i slovoobrazovaniye, perevod s serbskoxorvatskogo, M., 1984.

Abduvahob Madvaliyev.





Other Languages
Afrikaans: Slawiese tale
Alemannisch: Slawische Sprachen
aragonés: Luengas eslavas
العربية: لغات سلافية
azərbaycanca: Slavyan dilləri
башҡортса: Славян телдәр
žemaitėška: Slavu kalbas
беларуская: Славянскія мовы
беларуская (тарашкевіца)‎: Славянскія мовы
български: Славянски езици
brezhoneg: Yezhoù slavek
qırımtatarca: Slavân tilleri
словѣньскъ / ⰔⰎⰑⰂⰡⰐⰠⰔⰍⰟ: Словѣньсци ѩꙁꙑци
dolnoserbski: Słowjańske rěcy
Esperanto: Slava lingvaro
español: Lenguas eslavas
føroyskt: Slavisk mál
français: Langues slaves
Nordfriisk: Slaawisk spriaken
客家語/Hak-kâ-ngî: Slav Ngî-chhu̍k
hornjoserbsce: Słowjanske rěče
interlingua: Linguas slave
Bahasa Indonesia: Rumpun bahasa Slavia
italiano: Lingue slave
日本語: スラヴ語派
한국어: 슬라브어파
kernowek: Yethow Slavek
Кыргызча: Славян тилдери
Lëtzebuergesch: Slawesch Sproochen
Lingua Franca Nova: Linguas slavica
Limburgs: Slavische taole
lumbaart: Lengov slav
lietuvių: Slavų kalbos
latviešu: Slāvu valodas
македонски: Словенски јазици
Bahasa Melayu: Bahasa Slavik
مازِرونی: اسلاوی زوونون
Nederlands: Slavische talen
norsk nynorsk: Slaviske språk
Nouormand: Langue Slave
Piemontèis: Lenghe slave
português: Línguas eslavas
Runa Simi: Islaw rimaykuna
română: Limbi slave
русиньскый: Славяньскы языкы
srpskohrvatski / српскохрватски: Slavenski jezici
Simple English: Slavic languages
slovenčina: Slovanské jazyky
slovenščina: Slovanski jeziki
српски / srpski: Словенски језици
Türkçe: Slav dilleri
українська: Слов'янські мови
vepsän kel’: Slavižed keled
Tiếng Việt: Ngữ tộc Slav
West-Vlams: Slaviesche toaln
Volapük: Püks slavik
Bân-lâm-gú: Slav giân-gú