Siyosat

Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) — davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi. Bu atama ostida koʻpincha hukumat faoliyati tushuniladi. siyosat turli ijtimoiy-siyosiy institutlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqa va guruhlar oʻrtasidagi munosabatlar bilan bogʻliq. Uning mohiyatini davlat hokimiyati shakllari, uni amalga oshirish va boshqarish tashkil etadi. Siyosat keng maʼnoda jamiyatning siyosiy tizimi, siyosiy hayoti, davlat hokimiyati, uning ichki va tashqi faoliyati, siyosiy tashkilotlar va harakatlarning hokimiyatga munosabati, uni boshqarishda siyosiy manfaatlarni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlarini oʻzida ifoda etadi. Shunga koʻra adolatli va adolatsiz, xolis va noxolis, insonparvar yoki inson manfaatlariga zid siyosat, demokratik va avtoritar siyosat koʻrinishlarini boshqaruvda kuzatish mumkin.

Qadimda siyosatga jamiyat va shahardavlat (polis)ni boshqarish toʻgʻrisidagi fan (Platon va Aristotel) sifatida karalgan boʻlsa, hozirgi vaqtda siyosat deganda davlatni boshkarishning vazifa va maksadlari hamda bu maksadlarni amalga oshirish uchun mavjud yoki zarur boʻladigan ijtimoiy-siyosiy intlar, jamoat boshqarishdagi ishtiroki tushuniladi. Amaliy siyosat odamlarning sayovchi, deputat va vazir va sh.k. sifatida davlat hayotida faol ishtirok etishini anglatadi.

Siyosat oʻz taʼsir etish obyektiga koʻra 2 ga: ichki va tashqi siyosatga boʻlinadi. Siyosat ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat hayoti sohalari: iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, ilmiy-texnikaviy, ekologiya, madaniyat, harbiy va boshqa sohalarni qamrab oladi. Shu tarzda iqtisodiy siyosat, ijtimoiy siyosat, milliy siyosat, demografik siyosat, agrar siyosat, texnikaviy siyosat, ekologik siyosat, madaniy siyosat, kadrlar siyosati, harbiy siyosat va boshqa yoʻnalishlarda namoyon boʻladi. Siyosat subʼyektlari orqali ham ifodalanadi. Masalan, davlat siyosati, partiyalar va jamoat birlashmalari va harakatlari siyosati va h.k.

Siyosatni tushunishga turli xil yondoshuvlar bor. Ular teologik, tabiiy, sotsial, ratsional-tanqidiy yoʻnalishlarda siyosatning tabiatini tushunish va tushuntirish bilan bogʻliq qarashlardir. Mustabid Sovet davrida siyosatni ijtimoiy-sinfiy nuqtai nazardan tushunish, uning ustuvor yoʻnalishini belgilashsa muayyan ijtimoiy qatlam (proletariat) manfaatidan kelib chiqqan holda baholash odat boʻlgan. Bunday yondoshuv siyosatning mohiyatini noxolisona tushunishga olib keldi va inson siyosatning passiv obʼyektiga aylantirildi. Natijada inson siyosat bilan emas, balki siyosat inson bilan shugʻullana boshladi. Oxir oqibatda siyosat sinfiy manfaatlar asosida haddan tashqari mafkuralashib ketdi. Siyosat demokratik, umuminsoniy tamoyillardan ajratilib, milliy-maʼnaviy xususiyatlarni hisobga olmaydigan holga keltirildi, asl mohiyatiga zid boʻlgan maʼno kasb etdi. Siyosat "boshqarish sanʼati"ga emas, aksincha, zoʻrlik, taʼqib etish vositasiga aylandi. Davlat boshqaruvida manfaatlar uygʻunligi buzildi. Siyosiy hayotda "davlat — jamiyat — inson" munosabati qaror topib, davlat manfaati jamiyat va inson manfaatidan ustun boʻlib qoldi.

Mustaqillik tufayli Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosati yangicha maʼno va mazmun kasb eta boshladi. Bu siyosat, avvalo, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asoslanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis siyosiy institutlar faoliyati orqali amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda demokratiyaning umuminsoniy prinsiplariga rioya qilinishi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Bu hol bugungi Oʻzbekiston olib borayotgan siyosatning asosiy mohiyatini, uning insonparvar siyosat ekanligini belgilaydi.[1]

Adabiyot

  • Karimov I. A., Oʻzbekiston — kelajagi buyuk davlat, T., 1993;
  • Leviti n L., Oʻzbekiston tarixiy burilish pallasida, T., 2001.
Other Languages
Afrikaans: Politiek
Alemannisch: Politik
አማርኛ: ፖለቲካ
aragonés: Politica
العربية: سياسة
مصرى: سياسه
asturianu: Política
azərbaycanca: Siyasət
تۆرکجه: سیاست
башҡортса: Сәйәсәт
Boarisch: Politik
žemaitėška: Puolitėka
беларуская: Палітыка
беларуская (тарашкевіца)‎: Палітыка
български: Политика
भोजपुरी: राजनीति
bamanankan: Politiki
বাংলা: রাজনীতি
བོད་ཡིག: ཆབ་སྲིད་
বিষ্ণুপ্রিয়া মণিপুরী: রাজনীতি
brezhoneg: Politikerezh
bosanski: Politika
català: Política
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Céng-dê
Cebuano: Politika
Chamoru: Politika
کوردی: سیاسەت
corsu: Pulitica
čeština: Politika
dansk: Politik
Deutsch: Politik
Zazaki: Politika
Ελληνικά: Πολιτική
English: Politics
Esperanto: Politiko
español: Política
eesti: Poliitika
euskara: Politika
estremeñu: Política
فارسی: سیاست
suomi: Politiikka
Võro: Poliitiga
føroyskt: Politikkur
français: Politique
Nordfriisk: Politiik
furlan: Politiche
Frysk: Polityk
Gaeilge: Polaitíocht
Gàidhlig: Poilitigs
galego: Política
Avañe'ẽ: Jokuaikuaa
Hausa: Siyasa
客家語/Hak-kâ-ngî: Chṳn-chhṳ
Hawaiʻi: Kālaiʻāina
עברית: פוליטיקה
हिन्दी: राजनीति
Fiji Hindi: Rajniti
hrvatski: Politika
Kreyòl ayisyen: Politik (non)
magyar: Politika
interlingua: Politica
Bahasa Indonesia: Politik
Interlingue: Politica
Ilokano: Politika
ГӀалгӀай: Политика
íslenska: Stjórnmál
italiano: Politica
日本語: 政治
Patois: Palitix
la .lojban.: plajva
Basa Jawa: Pulitik
ქართული: პოლიტიკა
Taqbaylit: Tasertit
қазақша: Саясат
kalaallisut: Politikki
ភាសាខ្មែរ: នយោបាយ
ಕನ್ನಡ: ರಾಜನೀತಿ
한국어: 정치
къарачай-малкъар: Политика
कॉशुर / کٲشُر: سِیاسَت
Кыргызча: Саясат
Latina: Civilitas
Ladino: Politika
Lëtzebuergesch: Politik
Lingua Franca Nova: Politica
Limburgs: Polletiek
Ligure: Politica
lumbaart: Pulitica
lingála: Politíki
lietuvių: Politika
latviešu: Politika
मैथिली: राजनीति
Malagasy: Politika
македонски: Политика
മലയാളം: രാഷ്ട്രീയം
монгол: Улс төр
मराठी: राजकारण
Bahasa Melayu: Politik
Mirandés: Política
မြန်မာဘာသာ: နိုင်ငံရေး
مازِرونی: سیاست
Plattdüütsch: Politik
Nedersaksies: Politiek
नेपाली: राजनीति
नेपाल भाषा: राजनीति
Nederlands: Politiek
norsk nynorsk: Politikk
norsk: Politikk
Nouormand: Politique
occitan: Politica
Livvinkarjala: Politiekku
ਪੰਜਾਬੀ: ਸਿਆਸਤ
Papiamentu: Polítika
Picard: Politike
polski: Polityka
Piemontèis: Polìtica
پنجابی: سیاست
پښتو: واگ
português: Política
Runa Simi: Llaqta pusay
rumantsch: Politica
română: Politică
armãneashti: Politicâ
русский: Политика
русиньскый: Політіка
संस्कृतम्: राजनीतिः
саха тыла: Бэлиитикэ
ᱥᱟᱱᱛᱟᱲᱤ: ᱨᱟᱡᱽᱟᱹᱨᱤ
sardu: Polìtiga
sicilianu: Pulìtica
Scots: Politics
srpskohrvatski / српскохрватски: Politika
Simple English: Politics
slovenčina: Politika
slovenščina: Politika
Soomaaliga: Siyaasad
shqip: Politika
српски / srpski: Политика
Seeltersk: Politik
Basa Sunda: Pulitik
svenska: Politik
Kiswahili: Siasa
தமிழ்: அரசியல்
తెలుగు: రాజకీయాలు
тоҷикӣ: Сиёсат
Tagalog: Politika
Tok Pisin: Politikis
Türkçe: Siyaset
Xitsonga: Politiki
татарча/tatarça: Сәясәт
тыва дыл: Политика
українська: Політика
اردو: سیاست
vèneto: Pułìtega
Tiếng Việt: Chính trị
Volapük: Bolit
walon: Politike
Winaray: Politika
Wolof: Politig
吴语: 政治
მარგალური: პოლიტიკა
ייִדיש: פאליטיק
Yorùbá: Ìṣèlú
Vahcuengh: Cwngci
Zeêuws: Politiek
中文: 政治
Bân-lâm-gú: Chèng-tī
粵語: 政治