Satira

Satira (lot. satira — qurama, har xil narsa) — komiklik turi, tasvir obʼyektini ayovsiz kulgi vositasi orqali anglash. Voqelikni badiiy aks ettirishning oʻziga xos usuli boʻlib, unda jamiyatdagi bemaʼni, asossiz, notoʻgʻri hodisalar, illatlar fosh qilinadi. Voqealarning real koʻrinishini oʻzgartirib, oshirib, boʻrttirib, mubolagʻa qilish, keskinlashtirish va shartlilikning boshqa koʻpgina turlari yordamida yaratilgan obraz orqali S. obʼyektiga "ishlov" beriladi. S. muallifi komiklikning boshqa turlaridan (yumor, hikoya va boshqalar) ham foydalanishi mumkin, biroq S. uchun salbiy tuye berib, keskin ifodalangan estetik obʼyekt xarakterli hisoblanadi.

S. Qadimgi Rimda lirikaning fosh qiluvchi janri sifatida tan olingan. Keyinchalik oʻzining janriy xususiyatlarini yoʻqota borib, koʻpgina janrlar (masal, epigramma, burleska, pamflet, felyeton, komediya va satirik roman)ning oʻziga xos xususiyatini belgilovchi adabiy jinsga oʻxshab qoladi. S. ijtimoiy kurashning eng muhim vositasi boʻlib, unga tarixiy sharoit, milliy va ijtimoiy taraqqiyot faol taʼsir koʻrsatadi. S.ning maʼnaviy taʼsir kuchining oʻtkirligi unda inkor qiluvchi kulgu orqali yaratilgan idealning umumxalq va universal boʻlishi bilan belgilanadi. S.ning estetik vazifasi tubanlik, nodonlik va boshqa ijtimoiy illatlarga qarama-qarshi tarzda kishilarda yuksak insoniy tuygʻularni uygʻotish va qayta tiklashdan iborat. S. da muallifning individualligi kulgu ostiga olingan obʼyekt haqida murosasiz fikr aytish, unga aniq gʻoyaviy munosabat bildirish orqali namoyon boʻladi.

Satirik anʼanalar Sharq xalqlari ijodida qadimdan mavjud. Jahon madaniyatiga hissa boʻlib qoʻshilgan va Sharq adabiyoti shuhratini keng yoygan asarlar dastlab folklorda "Ming bir kecha" zaminida, sanskritcha "Panchatantra", forscha xalq qissalari, turkumi, Nasriddin haqidagi turk va oʻzbek latifalari asosida yaratilgan. Kitobiy (yozma adabiyotdagi) S. lar ham Sharqda koʻpdan mashhur. Uning gʻoyalari xitoy novellalari, fors adabiyoti ruboiylari va hind qissalari motivlari bilan sugʻorilgan. Rus adabiyotida N.V.Gogol, M.Ye. Saltikov-Shedrin va boshqalar S. ni yuksak bosqichga koʻtardilar. Oʻzbek adabiyotida S. ning ilk namunalari dastlab xalq ijodida (terma va aytishuvlar, Nasriddin Afandi, Aldar koʻsa obrazlarida) yaratilgan, keyinchalik yozma adabiyotda taraqqiy etgan. Navoiy, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Hoziq, Muqimiy, Zavqiylar S. janrida ijod qildilar. S.ning keyingi taraqqiyoti Hamza, Qodiriy, Gʻozi Yunus, Soʻfizoda, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Said Ahmad, N.Aminov, S. Siyoyev va boshqa nomi bilan bogʻliq. S. tasviriy sanʼatda ham qadimdan maʼlum. Qadimgi Rim, Xitoyda satirik terrakota haykallar, vazalarga satirik tasvirlar va boshqa ishlangan. Rassomlik sanʼati (jumladan, grafika)da rivojlangan. F. Goyya, O. Domye, X. Bidstrup va boshqa rassomlar ijodi S. rivojida muhim rol oʻynagan. Oʻzbekistonda S. taraqqiyotiga "Mushtum" jurnali, "Jangovar qalam", "OʻzTAG oynasi" katta hissa qoʻshgan.

Yana qarang

Other Languages
Afrikaans: Satire
العربية: هجاء (أدب)
asturianu: Sátira
azərbaycanca: Satira
تۆرکجه: طنز
башҡортса: Сатира
беларуская: Сатыра
беларуская (тарашкевіца)‎: Сатыра
български: Сатира
brezhoneg: Flemmskrid
bosanski: Satira
català: Sàtira
کوردی: تیز
čeština: Satira
Cymraeg: Dychan
dansk: Satire
Deutsch: Satire
Ελληνικά: Σάτιρα
English: Satire
Esperanto: Satiro
español: Sátira
eesti: Satiir
euskara: Satira
فارسی: طنز
suomi: Satiiri
français: Satire
furlan: Satire
galego: Sátira
עברית: סאטירה
हिन्दी: कटूपहास
hrvatski: Satira
magyar: Szatíra
հայերեն: Երգիծանք
Bahasa Indonesia: Satire
Ido: Satiro
italiano: Satira
日本語: 風刺
ქართული: სატირა
қазақша: Сатира
한국어: 풍자
Кыргызча: Сатира
Latina: Satura
Lëtzebuergesch: Satir
Limburgs: Satire
lietuvių: Satyra
latviešu: Satīra
македонски: Сатира
Bahasa Melayu: Satira
Nederlands: Satire
norsk nynorsk: Satire
norsk: Satire
occitan: Satira
ਪੰਜਾਬੀ: ਵਿਅੰਗ
polski: Satyra
português: Sátira
română: Satiră
русский: Сатира
русиньскый: Сатіра
саха тыла: Сатира
sicilianu: Sàtira
سنڌي: طنز
srpskohrvatski / српскохрватски: Satira
Simple English: Satire
slovenčina: Satira
српски / srpski: Сатира
svenska: Satir
தமிழ்: அங்கதம்
Tagalog: Tuya
Türkçe: Hiciv
українська: Сатира
Tiếng Việt: Châm biếm
中文: 讽刺
Bân-lâm-gú: Khau-sé