Sarimsoq

Sarimsoq

Sarimsoq (Allium sativum) — piyozdoshlar oilasi piyozlar turkumiga mansub ikki va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turi, sabzavot ekini. Vatani — Oʻrta Osiyo. Yovvoyi xrlda Hindiston, Oʻrta dengiz atroflarida, Qozogʻiston, Sibir, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda uchraydi. Oʻzbekistonda yovvoyi S. (A. longicuspis Pgl.) togʻli mintaqalarda oʻsadi. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda yetishtiriladi. Madaniy S.ning 2 turi mavjud boʻlib, biri gulpoya chiqarmaydi, ikkinchisi gullab, urugʻ hosil qiladi. S.ning Oʻzbekistonda tarqalgan gulpoya chiqaruvchi navlari serhosil, qishga chidamli. Bargi lentasimon, ildizi patak. Gullari mayda, ikki jinsli, qoʻngʻiroqsimon, oq yoki binafsharang . Piyozi murakkab, pardasimon umumiy qobiq ichida 7— 30 dona mayda piyozchalari boʻladi. Tarkibida qand, S, V vitaminlari, efir moyi, fitonsidlar bor. Oziqovqatga, tibbiyotda, veterinariyada, sabzavotlarni konservalashda ishlatiladi.

S. boshqa sabzavotlarga nisbatan tez oʻsadi. —7, —8° sovuqqa chidamli, 10— 12° issikda yaxshi oʻsib rivojlanadi, 20—25° da pishib, yetiladi. S. ikki marta — bahorda va, asosan, kuzda ekiladi. Kuzda ekilganidan kelgusi yili bahorda hosil olinadi. Madaniy S urugʻ bermaydi, balki piyozidan tashqari gulpoyasi toʻpgulida 10 dan 45 tagacha poya sarimsoqchalari hosil qiladi. S. vegetativ yoʻl bilan, kuzda va bahorda piyozini boʻlaklarga ajratib ekib koʻpaytiriladi. 100 m² yerga shunday piyozchalardan 10–15 kg sarf qilinadi. Sugʻoriladigan unumdor yerlarga qator oralarini 45 sm, oʻsimlik oraligʻini 4—8 sm qilib, 4—6 sm chuqurlikka koʻmiladi. Ekib boʻlingach, tuproq, somonli goʻng , chirindi bilan mulchalanadi. Oʻsuv davrida 5—6 marta sugʻoriladi, oziklantiriladi, parvarishi piyozga oʻxshash. Bahorda oʻsib chiqqan gulpoya (karnay) lari yulib tashlanadi. Oʻzbekistonda ertapishar (Mayskiy) navi may oyining oxirlarida, kechpishar (Binafsharang , Jan. binafsharang , Andijon) navlari iyul boshlarida yetiladi. Hosildorligi 50—150 s/ga.

Kasalliklari: vilt, asosiy zararkunandasi — poya nematodasi.[1]

2-ortaggio,Taccuino Sanitatis, Casanatense 4182..jpg
Tacuinum sanitatis-garlic.jpg
Black garlic.jpg
Ajos aliñados-2009.jpg
Sarimsoqni yig'ish.ru:Tacuinum sanitatis, XV asr (Frantsiya Milliy kutubxonasi) kitobining tasvirlari'Qora sarimsoq' Yaponiyada va Koreyada mashhur bo'lgan taomdir.Zaytun yog'idagi sarimsoq - ispan oshxonasining taomi.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Other Languages
Afrikaans: Knoffel
aragonés: Allium sativum
العربية: ثوم
asturianu: Allium sativum
Aymar aru: Ajusa
azərbaycanca: Sarımsaq
تۆرکجه: ساریمساق
башҡортса: Һарымһаҡ
Boarisch: Knofe
žemaitėška: Česnags
Bikol Central: Bawang
беларуская: Часнок
беларуская (тарашкевіца)‎: Часнок
български: Чесън
Bislama: Galik
বাংলা: রসুন
བོད་ཡིག: སྒོག་ལོག
brezhoneg: Kignen
bosanski: Bijeli luk
català: All
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Sáung-tàu
کوردی: سیر
corsu: Aglia
Чӑвашла: Ыхра
Cymraeg: Garlleg
dansk: Hvidløg
Deutsch: Knoblauch
dolnoserbski: Pšawy kobołk
ދިވެހިބަސް: ލޮނުމެދު
Ελληνικά: Σκόρδο
English: Garlic
Esperanto: Ajlo
español: Allium sativum
eesti: Küüslauk
euskara: Baratxuri
فارسی: سیر
français: Ail cultivé
furlan: Ai
Gaeilge: Gairleog
galego: Allo
Avañe'ẽ: Áho
गोंयची कोंकणी / Gõychi Konknni: Losun
ગુજરાતી: લસણ
Gaelg: Garleid
Hausa: Tafarnuwa
עברית: שום
हिन्दी: लहसुन
hrvatski: Češnjak
hornjoserbsce: Prawy kobołk
Kreyòl ayisyen: Lay
magyar: Fokhagyma
Հայերեն: Սխտոր
Bahasa Indonesia: Bawang putih
ГӀалгӀай: Саьмарсаькх
Ido: Alio
íslenska: Hvítlaukur
italiano: Allium sativum
日本語: ニンニク
Basa Jawa: Bawang
ქართული: ნიორი
қазақша: Сарымсақ
ភាសាខ្មែរ: ខ្ទឹមស
한국어: 마늘
Кыргызча: Сарымсак
Lëtzebuergesch: Knuewelek
лакку: Лаччи
Limburgs: Witlouk
Ligure: Aggio
latviešu: Ķiploks
मैथिली: लह्सुन
македонски: Лук
монгол: Саримс
मराठी: लसूण
Bahasa Melayu: Bawang putih
မြန်မာဘာသာ: ကြက်သွန်ဖြူ
नेपाली: लसुन
Nederlands: Knoflook
norsk nynorsk: Kvitlauk
norsk: Hvitløk
occitan: Alh cultivat
ଓଡ଼ିଆ: ରସୁଣ
Ирон: Нуры
ਪੰਜਾਬੀ: ਲਸਣ
Kapampangan: Bawang
پنجابی: لسن
پښتو: هوږه
português: Alho
Runa Simi: Ahus
română: Usturoi
русский: Чеснок
संस्कृतम्: लशुनम्
sardu: Azu
sicilianu: Agghia
Scots: Garlic
سنڌي: ٿوم
srpskohrvatski / српскохрватски: Češnjak
Simple English: Garlic
slovenčina: Cesnak kuchynský
slovenščina: Česen
Soomaaliga: Toon
shqip: Hudhra
српски / srpski: Бели лук
Basa Sunda: Bawang bodas
svenska: Vitlök
Kiswahili: Kitunguu saumu
తెలుగు: వెల్లుల్లి
тоҷикӣ: Сирпиёз
Türkmençe: Sarymsak
Tagalog: Bawang
Türkçe: Sarımsak
тыва дыл: Чеснок
українська: Часник
اردو: لہسن
vepsän kel’: Künz'lauk
Tiếng Việt: Tỏi
walon: A (plante)
Winaray: Lasuna
ייִדיש: קנאבל
Vahcuengh: Suenq
中文:
文言:
Bân-lâm-gú: Soàn-thâu
粵語: 蒜頭