San-Fransisko zilzilasi

San-fransisko zilzilasi - AQShning eng chekka gʻarbida, SanFransisko sh. yonida 1906 y. 8 aprelda mahalliy vaqt bilan soat 5 dan 12 min. oʻtganda sodir boʻlgan. SF.z. Yer yuzida eng halokatli yer silkinishlaridan biri hisoblanadi. Zilzila kuchi 10— 11 ballga yetgan; magnitudasi 8,25. Qirgʻoq boʻyi tizmasidagi SanAndrias yorigʻi boʻylab togʻ jinslarining bir necha km masofada toʻsatdan uzilib siljishi natijasida roʻy bergan. Seysmik toʻlqinlar har tomonga yoʻnalib, Kaliforniya va Nevada shtatlari xududlarida 1 mln. km² maydonni larzaga keltirgan. Meridian boʻylab 430 km ga choʻzilgan yer sinigʻi yonida seysmik toʻlqinlar 6—11 balli izoseyst zonalarni hosil qilgan. SanFransisko va SantaRoza sh.lari eng koʻp vayron boʻlgan. Yoʻl, kanalizatsiya, suv taʼminoti inshootlari qattiq shikastlangan. SanFransisko sh. kuchli yongin ichida qolgan. SanAndrias uzilmasi boʻylab shaharlarda imoratlar birbiriga nisbatan 6,5 m gacha siljigan va baʼzi joylarda 1 m gacha koʻtarilgan. Jami 28,2 mingga yaqin uyjoy vayron boʻlib, 700 kishi qurbon boʻlgan.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Other Languages