Rovno viloyati

Rovno viloyati — Ukraina tarkibidagi viloyat. Ukrainaning shimgʻarbida. 1939 yil 4 dekabrda tashkil topgan. Maydoni 20,1 ming km². Aholisi 1192,5 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Rovno viloyatida 15 tuman, 9 shahar va 16 shaharcha bor. Yirik shaharlari: Rovno, Dubno, Zdolbunov, Kostopol, Sarni. Markazi – Rovno shahri.

Rovno viloyati yer yuzasi bir oz pastbaland tekislik. Viloyat shimoliy qismini Polesye payettekisligi, janubiy qismini Volin qirlarining sharqiy qismi egallagan (eng baland joyi 342 m).

Iklimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi –3,8°, iyulniki 18,5°. Yillik yogʻin 560–620 mm. Daryolari Pripyat va uning irmoqlari. Qora tuproq, sur tusli podzollashgan, chimli podzol, botqoq, gilliqumloq tuproklar tarqalgan. Viloyat hududining 34%i oʻrmon. Boʻri, tulki, qobon, los, boʻrsiq, suvsar, tiyin, olaxurjun, zubr yashaydi. Dare va koʻllarda baliq koʻp. Ondatra, yenotsimon it iqlimlashtirilgan.

Viloyat xoʻjaligida oziq-ovqat sanoati yetakchi oʻrinda. 6 shakarqand, 2 spirt, 8 sabzavot quritishkonserva korxonalari, goʻsht kombinati ishlab turibdi. Sanoat mahsulotlarining hajmi boʻyicha yengil sanoat ikkinchi oʻrinda turadi. Rovno, Dubnoda tikuvchilik, toʻqimachilik, trikotaj, poyabzal korxonalari joylashgan. Mashinasozlik va metallsozlik korxonalarida traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi. Rovnoda elektrotexnika jihozlari, yuqori voltli elektron apparatura, Dubnoda har xil stanoklar ishlab chiqariladigan korxonalar bor. Oʻrmon, yogʻochsozlik va qogʻoz sanoati korxonalari Sarni, Dubno, Ostrog , Vladimirets, Berezno, Rovno atroflarida joylashgan. Qurilish materiallari sanoati, ayniqsa, sement, shifer va yigʻma temirbeton ishlab chiqarish rivojlangan.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklari: deqqonchilik va chorvachilik. Gʻalla, texnika ekinlari, sabzavotpoliz va kartoshka, yemxashak ekinlari ekiladi. Chorvachiligi sutgoʻshtga ixtisoslashgan. Krramolchilik, choʻchqachilik yetakchilik qiladi. Parrandachilik va quyonchilik rivojlangan, qoʻy va echki ham boqiladi.

Transport yoʻli uzunligi 579 km, avtomobil yoʻllari 7,8 ming km. R. havo yoʻllari orqali Moskva, Riga, Kiyev, Simferopol va Ukrainaning boshqa shaharlari bilan bogʻlangan, 2 oliy oʻquv yurti, Kiyev madaniyat institutining madaniymaʼrifiy fakulteti, 2 muzey, musiqali drama teatri, 4 sanatoriy bor.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Other Languages
Afrikaans: Riwne-oblast
asturianu: Óblast de Rivne
azərbaycanca: Rivne vilayəti
башҡортса: Ровно өлкәһе
беларуская (тарашкевіца)‎: Ровенская вобласьць
qırımtatarca: Rivne vilâyeti
čeština: Rovenská oblast
Deutsch: Oblast Riwne
English: Rivne Oblast
Esperanto: Rivna provinco
français: Oblast de Rivne
Nordfriisk: Riwne (Prowins)
hornjoserbsce: Oblasć Riwne
հայերեն: Ռովնոյի մարզ
Bahasa Indonesia: Oblast Rivne
日本語: リウネ州
ქართული: როვნოს ოლქი
қазақша: Ровно облысы
한국어: 리우네주
لۊری شومالی: ریونه
lietuvių: Rivnės sritis
latviešu: Rivnes apgabals
македонски: Ровненска област
монгол: Ровно муж
Bahasa Melayu: Oblast Rivne
Nederlands: Oblast Rivne
norsk nynorsk: Rivne oblast
português: Oblast de Rivne
română: Regiunea Rivne
саха тыла: Ровно уобалас
srpskohrvatski / српскохрватски: Rivnenska oblast
Simple English: Rivne Oblast
slovenčina: Rivnenská oblasť
српски / srpski: Ривањска област
svenska: Rivne oblast
Türkçe: Rivne Oblastı
татарча/tatarça: Ровно өлкәсе
Tiếng Việt: Rivne (tỉnh)
Winaray: Rivne Oblast
中文: 羅夫諾州
Bân-lâm-gú: Rivne séng