Rerix Nikolay Konstantinovich

Rerix Nikolay Konstantinovich [1874.27.9 (9.10), Peterburg — 1947.13.12, Nagar, Hindistonning Panjob shtati] — rus rassomi, arxeolog , jamoat arbobi. Peterburg BAda oʻqigan (1893—97), Parijda malakasini oshirgan (1900—01). Rassomlarni ragʻbatlantirish jamiyati kotibi (1901 yildan) va uning qoshidagi racm maktabi direktori (1906—18). Peterburg BA akad. (1909 yildan). "Sanʼat dunyosi" birlashmasi aʼzosi (1910—19 yillar uyushma raisi). 1918 yildan xorijda (AQSH va Hindistonda) yashagan. R. ijodi mavzuini uning arxeologiya hamda slavyan va Skandinaviya mamlakatlariga, 20-yillardan buddizmga boʻlgan qiziqish belgiladi ("Dozor", 1905; "Tibet. Monastir", 1942; ikkalasi ham Rus muzeyida); dastlab tarixiy mavzularda asarlar yaratgan R. ijodida keyinchalik manzara, tabiat koʻrinishlari yetakchi oʻrinni egallay boshladi: "Chopar" (1897), "Dengiz ortidan kelgan mehmonlar" (1901), "Shahar qurmoqdalar" (1902) va boshqa

R., shuningdek, teatr dekoratsiyasi (I.V.Stravinskiy, "Muqaddas bahor" baleti, 1913; A.P.Borodin, "Knyaz Igor" operasi, 1914 va boshqalar) va monumental sanʼatda ham ijod qilgan. Markaziy va Sharqiy Osiyoda yirik ekspeditsiyalar uyushtirgan (1924—28 va 1934— 35) hamda qimmatbaho arxeologik va etnografik materiallar toʻplagan.

20-yillardan maʼrifatparvarlik faoliyati olib borgan R. jahon ax/1ining diqqatini jahon madaniy yodgorliklarini saklashga qaratdi; u ilgari surgan ("R. pakti" deb atalgan) yoʻnalish asosida 1954 yilda koʻp mamlakatlar tomonidan maʼqullangan "Harbiy toʻqnashuvlar chogʻida madaniy yodgorliklarni himoya qilish" Xalqaro Gaaga konvensiyasi imzolangan.

R.ning oʻgʻli rassom Svyatoslav Nikolayevich (1904—1991) 1919 yildan Londondagi Qirollik akademiyasida, soʻng AQShning Kolumbiya va Garvard untlarida meʼmorlikdan taʼlim olgan; 1926. yilda ilk bor Hindistonga borgan, 1936 yildan esa oʻsha yerda muqim yashagan. Otasi R.ning ijodiy anʼanalarini davom ettirgan, portret (otasi R. portreti, 1937 va boshqalar), ramziy va janrli asarlar, ayniqsa, manzaralar ("Himolay, quyoshning botishi", 1971 va boshqalar) yaratgan. Oʻzbekistonda R. asarlari koʻrgazmalari tashkil qilingan (1999).

Moskvada xalqaro R.lar markazi tashkil qilingan (1991).[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Other Languages
azərbaycanca: Nikolay Rerix
български: Николай Рьорих
Ελληνικά: Νίκολας Ραίριχ
Esperanto: Nikolao Roerich
français: Nicolas Roerich
latviešu: Nikolajs Rērihs
Malagasy: Nicolas Roerich
مازِرونی: نیکلاس رریخ
Nederlands: Nikolaj Rjorich
norsk nynorsk: Nicholas Roerich
Livvinkarjala: Nikolai Rerih
српски / srpski: Николај Рерих
татарча/tatarça: Николай Рерих