Referendum

Referendum (lot. referendium) bu fuqarolarningg davlat, viloyat yoki mahalliy koʻlamda eng muhim masalalar boʻyicha ovoz berish yoʻli orqali oʻz fikrlarini bevosita bildirishlaridir.

Referendum (lot. referendum — bildirilishi kerak boʻlgan) — umumxalq ovoz berish yoʻli bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish shakli. Bevosita demokratiyaning muhim vositasi. R.ning saylovlardan asosiy farqi shundaki, R. oʻtkazilayotganda biron bir lavozimga nomzod yoki nomzodlar roʻyxati uchun ovoz berilmaydi, balki unda muayyan masala — qonun, qonun loyihasi, konstitutsiya, konstitutsiyaga tuzatishlar, mamlakatxalqaro maqomiga taalluqli yoki ichki siyosatiga oid biron bir savol qoʻyiladi. Saylov natijalari majoritar tizim boʻyicha ham, proporsional tizim boʻyicha ham aniqlanishi mumkin boʻlsa, R. natijalari faqat majoritarizm (mutlaq koʻpchilik ovozini hisoblash) tamoyillari asosidagina aniqlanishi mumkin. R. ning oʻziga xos shakli plebissit hisoblanadi. Ayrim mamlakatlar (Mas, Fransiya)da plebissit R.ga nisbatan birmuncha kengroq tushuncha hisoblanadi. Baʼzi mamlakatlar (Mas, AQSH)da esa plebissit bilan R.ni farqlamaydilar. Hozirgi zamon davlatlarining konstitutsiyaviy huquqi R. va uni oʻtkazishning turli xil koʻrinishlarini nazarda tutadi. R.lar butun davlat hududida oʻtkaziladigan umumilliy R. va alohida federatsiya subʼyektlari yoki maʼmuriyhududiy birliklarda oʻtkaziladigan mahalliy R.ga boʻlinadi. Konstitutsiyaga yoki qonunlarga taallukdi R. oʻtkazilishi mumkin. Birinchi holda yangi konstitutsiya loyihasi yoki konstitutsiyaga qilinadigan oʻzgartirish va tuzatishlar boʻyicha R. oʻtkazilsa, ikkinchi holatda qonun loyihasi yoki kuchga kirgan qonun boʻyicha R. oʻtkaziladi. Huquqiy ahamiyati jiqatdan maslahat R.lari (xalq soʻrovi deb ham ataladi) va hal qiluvchi R.lar boʻladi. Maslahat R.lari biron bir masala yuzasidan saylovchilarning irodasini aniqlab olish boʻyicha oʻtkazilib, ana shu asosida davlatning boshqa organlari qaror chiqaradi (bunday R.lar Shveysariya, Ispaniyada oʻtkaziladi). Hal qiluvchi R.larda biron-bir masala uzilkesil qaror chiqarish uchun saylovchilar ovoziga qoʻyiladi. Shuningdek, majburiy va fakultativ R.lar boʻladi. R.lar oʻtkazish zarurati konstitutsiya yoki boshqa konstitutsiyaviyhuquqiy hujjatda koʻrsatilgan boʻlsa (Mas, konstitutsiya oʻzgartiriladigan holda) majburiy R. oʻtkaziladi. Fakultativ R.lar tegishli davlat organi yoki saylov korpusi irodasiga bogʻliqholda oʻtkaziladi.

"Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrsida"gi qonun (dastlab 1991 y. 18 noyabrda qabul qilingan, 2001 y. 30 avg .da yangi tahrirda qabul qilingan)ga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining R.i Oʻzbekiston Respublikasining krnunlarini va boshqa qarorlarini qabul qilish maqsadlarda jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir. R.da qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega boʻladi va faqat R. yoʻli bilan bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. R. Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida oʻtkaziladi. R.ni oʻtkazish tashabbusi bilan: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta chiqishi mumkin. R.da ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan (18 yoshga toʻlgan) Oʻzbekiston fuqarolari umumiy sonining kamida 5 foizini tashkil etgan fuqarolar imzosi toʻplangan (bunda imzo chekkan fuqarolar miqdori har bir maʼmuriyhududiy tuzilma boʻyicha bir tekis va mutanosib ravishda taqsimlangan) boʻlsa; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari aʼzolarining uchdan ikki qismining ovozi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining asoslantirilgan talabi bilan R. oʻtkazilishi mumkin. Kuyidagi masalalar R. predmeti boʻlishi mumkin emas: Oʻzbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini oʻzgartirish; Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti va soliklar; amnistiya va afv etish; jamoat tartibini, aholi sogʻligʻi va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar oʻtkazish; Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish; mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish. R. yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi tarixida 1marta 1991 y. 29 dek.da R. boʻlgan. Bu R.da "Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida" UzR Oliy Kengashining 1991 y. 31 avg .dagi Konstitutsiyaviy qonuni toʻgʻri qabul qilinganligini Oʻzbekiston xalqi bir ovozdan maʼqulladi. 2002 y. 27 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasida 2 palatalik parlamentni shakllantirish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini 5 yildan 7 yilga oʻzgartirishga bagʻishlangan R. boʻlib oʻtdi. Bu R.lar Oʻzbekistonda demokratiya mustahkamlanib borayotganini koʻrsatadi.

Akmal Saidov, Davron Ahmedov.[1]

Referendum — bevosita demokratiyaning muhim instituti boʻlib, umumdavlat hamda har bir fuqaro uchun muhim boʻlgan qarorlarni qabul qilinishida jamiyatning qatnashishini taʼminlaydi. Referendumning oʻtkazilish jarayonining qoida va shartlari har bir davlatning konstitutsiyasi va qonunchiligi tomonidan belgilanadi.

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Other Languages
العربية: استفتاء عام
asturianu: Referendu
azərbaycanca: Referendum
беларуская: Рэферэндум
беларуская (тарашкевіца)‎: Рэфэрэндум
български: Референдум
bosanski: Referendum
català: Referèndum
کوردی: ڕێفراندۆم
čeština: Referendum
Cymraeg: Refferendwm
Deutsch: Referendum
Zazaki: Referandum
Ελληνικά: Δημοψήφισμα
English: Referendum
Esperanto: Referendumo
español: Referéndum
eesti: Referendum
euskara: Erreferendum
فارسی: همه‌پرسی
français: Référendum
Gaeilge: Reifreann
galego: Referendo
עברית: משאל עם
hrvatski: Referendum
հայերեն: Հանրաքվե
Bahasa Indonesia: Referendum
italiano: Referendum
日本語: 国民投票
Basa Jawa: Referendum
ქართული: რეფერენდუმი
қазақша: Плебисцит
ಕನ್ನಡ: ಜನಮತಗಣನೆ
한국어: 국민투표
къарачай-малкъар: Референдум
Кыргызча: Референдум
Lëtzebuergesch: Referendum
Limburgs: Referendum
lumbaart: Referendum
lietuvių: Referendumas
latviešu: Referendums
македонски: Референдум
മലയാളം: ഹിതപരിശോധന
Bahasa Melayu: Pungutan suara
မြန်မာဘာသာ: ဆန္ဒခံယူခြင်း
Nederlands: Volksraadpleging
norsk nynorsk: Folkerøysting
Papiamentu: Referéndum
polski: Referendum
پنجابی: ریفرنڈم
português: Referendo
română: Referendum
русский: Референдум
русиньскый: Референдум
sicilianu: Referendum
Scots: Referendum
srpskohrvatski / српскохрватски: Referendum
Simple English: Plebiscite
slovenčina: Referendum
slovenščina: Referendum
српски / srpski: Референдум
Kiswahili: Kura ya maoni
ślůnski: Absztimůng
Tagalog: Reperendum
Türkçe: Referandum
українська: Референдум
اردو: ریفرنڈم
vèneto: Referendum
Tiếng Việt: Trưng cầu dân ý
ייִדיש: רעפערענדום
中文: 公民投票
Bân-lâm-gú: Kong-bîn tâu-phiò
粵語: 公投