Otto Fritz Meyerhof

Otto Fritz Meyerhof (1884.12.4, Gannover - 1951.6.10, Filadelfiya) — nemis biokimyogari. AQSH Milliy FA aʼzosi (1949). Tibbiyot d-ri (1909). Filadelfiyadagi Pensilvaniya universiteti prof. (1940 yildan). Asosiy ilmiy ishlari muskullarning qisqarishi biokimyosiga oid. Uglevodlarning fermentlar taʼsirida oʻzgarishi va u bilan bogʻlangan holda adenozintrifosfat qamda kreatinfosfatning oʻzgarishini tadqiq qildi. Ishlayotgan va tinch turgan muskullarda uglevodlarning anaerob parchalanishi bilan aerob sintezi oʻrtasidagi bogʻlanish (Paster-Meyergof sikli)ni taʼriflab berdi, uglevodlarning ki-myoviy oʻzgarishida ajralib chiqadigan energiya muskul qisqarishi jarayonida sarf boʻlishini aniqladi. Nobel mukofoti laureati (1922).[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Other Languages
العربية: أوتو مايرهوف
беларуская: Ота Меергоф
български: Ото Майерхоф
Bahasa Indonesia: Otto Meyerhof
Plattdüütsch: Otto Fritz Meyerhof
Simple English: Otto Fritz Meyerhof
slovenščina: Otto Fritz Meyerhof
svenska: Otto Meyerhof
Kiswahili: Otto Meyerhof
українська: Отто Меєргоф
Tiếng Việt: Otto Fritz Meyerhof