Oltin
English: Gold

Oltin

Oltin yoki tilla - unsurlar davriy jadvalining 79-unsuri. Kimyoviy belgisi Au (lot. aurum - „charaqlash“ soʻzidan). Zich, egiluvchan metall. Atom massasi - 196,966569(4). Zichligi - 19.30 g·sm−3, erish harorati - 1337.33 K (1064.18 °C), qaynash harorati - (3129 K) (2856 °C).

Oltin (Aurum), Ai — Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Asl metallarsyan biri. Tartib raqami 79, atom massasi 196,9665; rangi sariq, ogʻir metall. Tabiatda Oltin 1 ta barqaror izotop l97Au holida uchraydi. Oltinning sunʼiy radioaktiv izotoplaridan |95Ai va 198Au ning ahamiyati bor. Yer poʻstining massasi jihatdan 4,310—7% ni tashkil qiladi.

Oltin insonga maʼlum boʻlgan dastlabki metallardan. Arxeologik topilmalardan Oltin buyumlarning mil.dan 5—4 ming yil ilgari yasalgani maʼlum boʻldi. Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda miloddan avvalgi 3—2 ming yilliklarda Oltin qazib olingan va undan turli buyum va bezaklar ishlangan, keyinchalik tanga pul zarb qilingan.

Oltin tabiatda koʻpincha erkin holda (tugʻ-ma Oltin) uchraydi. Tabiatda uchraydigan birikmalari juda oz, ulardan muhimi kalaverit minerali (AiTe2)dir. Sof Oltin mayda zarra holda kvarsga, har xil sulfidli rudalarga, koʻpincha qumga aralashgan boʻladi. RF da (Ural, Sibir), Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, AQSH (Kaliforniya), Braziliya, Avstraliya, Kanadada, shuningdek, Afrika mamlakatlarida Oltin konlari bor. Dengiz va okean suvlarining 1 m³ da 0,008 g gacha, tirik organizmlarning hujayrasi va qonida 0,01—0,05 mg/kg gacha Oltin boʻladi. Oʻzbekistonda Oltin makka-joʻxori doni va popugida (2—4 g/t) va Qizilqumda shuvoq oʻsimligida borligi aniqlangan. Oʻzbekistonning Olmaliq, Zarafshon (Marjonbuloq), Kizil-kum hududlarida oltin va polikristall konlari mavjud.

Oltin yumshoq, plastik, choʻziluvchan metall (kalinligi 0,0002 mm gacha boʻlgan zarqogʻoz tayyorlash, 1 g ni 3,5 km li sim qilib choʻzish mumkin), elektr va issiqni yaxshi oʻtkazadi. Zichligi 19,32 g/sm³ (20° da). Suyuqlanish temperaturasi 1064,4°, qaynash temperaturasi 2880°. Moos shkalasi boʻyicha qattikligi 2,5. Oltin yum-shoq bulganligi uchun uning kumush yoki mis qoʻshib tayyorlangan qotishmalari ishlatiladi. Oltin — kimyoviy jihatdan juda passiv element. Havoda oʻzgarmaydi. Sulfat kislota, nitrat kislota va boshqalarda erimaydi: faqat zar suviaa, xlorli suvda va ishqoriy metallarning sianidlari eritmalarida eriydi. Xlor bilan birikadi. Oltin oʻz birikmalaridan oson kaytariladi va kompleks birikmalar hosil qila oladi. Simobda erib, Oltin amalgamasiga aylanadi. Birikmalarda 1 va 3 valentli boʻladi. 3 valentli Oltin birikmalari barqaror hisoblanadi.

Oltin rudalardan bir necha usulda, mas, oltinli qumni suv bilan yuvib, zarralar holida ajratib olinadi. Oltin amalgamatsiya usulida ham boyitiladi. Uning kaliy sianid KCN eritmasida (kislorod ishtirokida) va xlorli suvda erishidan Oltin ajratib olishda foydalaniladi (bagration usuli). Buning uchun Oltinli qumga kaliy sianid (yoki natriy sianid NaCN) eritmasi qoʻshiladi. Oltin bilan kaliy sianiddan hosil boʻlgan kompleks tuz suvda erib ketadi, qum ajralib qoladi. Kompleks tuzning eritmasiga, odatda, rux taʼ-sir ettiriladi. Rux Oltinni choʻkmaga tushiradi. Olmalik, kon-metallurgiya korxonasida mis kuporosini elektroliz qilish jarayonida hosil boʻlgan toshqoldan Oltin ajratib olinadi. "Zarafshon-Nyumont" Oʻzbekiston—AQSH qoʻshma korxonasi Zarafshon oltin ishlab chiqarish kom-pleksi chiqindisidan sian usulida Oltin ajratib olishni yoʻlga qoʻygan. Bu usulda ishlatiladigan erituvchilar niho-yatda zaharli boʻlganligi sababli Oʻzbekiston olimlari samarali va inson salomatligi uchun bezarar erituvchilar olish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borishmokda. Oltinning eng koʻp ishlatiladigan birikmasi xloraurat kislota N[AiS14]4N2O dir. Bu modda Oltinni zar suvida eritish natijasida hosil boʻladi. Oltinning AuCl, AuCl3 tarkibli xloridlari, AuO2, Au2O3 tarkibli ok-sidlari va boshqa birikmalari maʼlum. Oltin valyuta sifatida, zargarlikda, kimyo sanoatida, elektrotexnikada, asbob-sozlikda, tibbiyotda, fotografiyada qoʻllanadi.

/4 yil:Dalimov OltinOltin, Shayakubov Oltin Sh., Trotskiy OltinOltin i dr., Geologiya i poleznie iskopayemie Respubliki Oʻzbekiston, Oltin, 1998; Parpiyev OltinOltin, Muftaxov OltinGʻ., Raximov OltinOltin, Anorganik kimyo [3 qism], Oltin, 2000-2003.

Nusrat Parpiyev.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Other Languages
Acèh: Meuih
Afrikaans: Goud
Alemannisch: Gold
አማርኛ: ወርቅ
aragonés: Oro
Ænglisc: Gold
العربية: ذهب
ܐܪܡܝܐ: ܕܗܒܐ
مصرى: دهب
অসমীয়া: সোণ
asturianu: Oru
Aymar aru: Quri
azərbaycanca: Qızıl
تۆرکجه: قیزیل
башҡортса: Алтын
Boarisch: Goid
žemaitėška: Auksos
Bikol Central: Bulawan
беларуская: Золата
беларуская (тарашкевіца)‎: Золата
български: Злато
भोजपुरी: सोना
Bahasa Banjar: Amas
বাংলা: সোনা
བོད་ཡིག: གསེར།
brezhoneg: Aour
bosanski: Zlato
буряад: Алтан
català: Or
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Gĭng
Cebuano: Bulawan
Tsetsêhestâhese: Véhone-ma'kaata
کوردی: زێڕ
corsu: Oru
čeština: Zlato
kaszëbsczi: Złoto
словѣньскъ / ⰔⰎⰑⰂⰡⰐⰠⰔⰍⰟ: Ꙁлато
Чӑвашла: Ылтăн
Cymraeg: Aur
dansk: Guld
Deutsch: Gold
Zazaki: Zern
Ελληνικά: Χρυσός
emiliàn e rumagnòl: Ôr
English: Gold
Esperanto: Oro
español: Oro
eesti: Kuld
euskara: Urre
estremeñu: Oru
فارسی: طلا
suomi: Kulta
Võro: Kuld
føroyskt: Gull
français: Or
Nordfriisk: Gul
furlan: Aur
Frysk: Goud
Gaeilge: Ór
贛語:
Gàidhlig: Òr
galego: Ouro
Avañe'ẽ: Kuarepotiju
ગુજરાતી: સોનું
Gaelg: Airh
客家語/Hak-kâ-ngî: Kîm
עברית: זהב
हिन्दी: सोना
Fiji Hindi: Sona
hrvatski: Zlato
hornjoserbsce: Złoto
Kreyòl ayisyen:
magyar: Arany
հայերեն: Ոսկի
Արեւմտահայերէն: Ոսկի
interlingua: Auro
Bahasa Indonesia: Emas
Iñupiak: Manik kaviqsuaq
Ilokano: Balitok
ГӀалгӀай: Дошув
Ido: Oro
íslenska: Gull
italiano: Oro
日本語:
Patois: Guol
la .lojban.: solji
Jawa: Emas
ქართული: ოქრო
Kongo: Wolo
Gĩkũyũ: Gold
қазақша: Алтын
kalaallisut: Kuulti
ភាសាខ្មែរ: មាស
ಕನ್ನಡ: ಚಿನ್ನ
한국어:
Перем Коми: Зарни
कॉशुर / کٲشُر: سۄن
Ripoarisch: Jold
kurdî: Zêr
коми: Зарни
Кыргызча: Алтын
Latina: Aurum
Lëtzebuergesch: Gold
лакку: Муси
лезги: Къизил
Limburgs: Goud
Ligure: Öo
lumbaart: Or
lingála: Wólo
ລາວ: ທອງຄຳ
lietuvių: Auksas
latviešu: Zelts
मैथिली: सोना
мокшень: Зирня
Malagasy: Volamena
олык марий: Шӧртньӧ
македонски: Злато
മലയാളം: സ്വർണം
монгол: Алт
मराठी: सोने
кырык мары: Шӧртньӹ
Bahasa Melayu: Emas
Mirandés: Ouro
မြန်မာဘာသာ: ရွှေ
эрзянь: Сырне
Plattdüütsch: Gold
नेपाली: सुन
नेपाल भाषा: लुं
Nederlands: Goud
norsk nynorsk: Gull
norsk: Gull
Novial: Ore
Nouormand: Or
Diné bizaad: Óola
occitan: Aur
Livvinkarjala: Kuldu
ଓଡ଼ିଆ: ସୁନା
ਪੰਜਾਬੀ: ਸੋਨਾ
Kapampangan: Gintu
Papiamentu: Oro
पालि: औरियम
polski: Złoto
Piemontèis: Òr (element)
پنجابی: سونا
پښتو: سور زر
português: Ouro
Runa Simi: Quri
rumantsch: Aur
română: Aur
armãneashti: Malamâ
русский: Золото
русиньскый: Золото
संस्कृतम्: सुवर्णम्
саха тыла: Көмүс
ᱥᱟᱱᱛᱟᱲᱤ: ᱥᱚᱱᱟ
sicilianu: Oru
Scots: Gowd
سنڌي: سون
davvisámegiella: Golli
srpskohrvatski / српскохрватски: Zlato
Simple English: Gold
slovenčina: Zlato
slovenščina: Zlato
Soomaaliga: Dahab
shqip: Ari
српски / srpski: Злато
Sranantongo: Gowtu
Seeltersk: Gould
Basa Sunda: Emas
svenska: Guld
Kiswahili: Dhahabu
தமிழ்: தங்கம்
ತುಳು: ಬಂಗಾರ್
తెలుగు: బంగారం
тоҷикӣ: Тилло
ไทย: ทองคำ
Tagalog: Ginto
Türkçe: Altın
татарча/tatarça: Алтын
ئۇيغۇرچە / Uyghurche: ئالتۇن
українська: Золото
اردو: سونا
vèneto: Oro
vepsän kel’: Kuld
Tiếng Việt: Vàng
Volapük: Goldin
walon: Ôr
Winaray: Bulawan
吴语:
хальмг: Алтн
isiXhosa: Igolide
მარგალური: ორქო
ייִדיש: גאלד
Yorùbá: Wúrà
Vahcuengh: Gim
中文:
文言: 金 (元素)
Bân-lâm-gú: Kim
粵語:
isiZulu: Igolide