Olmaliq
English: Olmaliq

Shahar
Olmaliq
MamlakatOʻzbekiston
MintaqaToshkent Viloyati
Koordinatalari42°38′19″N 58°55′2″E / 42°38′19″N 58°55′2″E / 42.63861; 58.91722
Iqlim tipiKeskin Kontinental
Rasmiy tiliOʻzbekcha
Aholisi114 192 nafar (2004)
Milliy tarkibioʻzbeklar, qozoqlar, turkmanlar
Konfessiyaviy tarkibiMusulmonlar, Xristianlar v.h
Vaqt mintaqasiUTC+5
Avtomobil kodi95
Olmaliq (Oʻzbekiston)
Olmaliq

Olmaliq — Toshkent viloyatidagi shahar (1951 yildan). Olmaliqsoy boʻyida, Qurama togʻlarining shim. yon bagʻrida, 600–650 m balandlikda. Toshkent shahridan 60 km janubi-sharkda, Ohangaron daryosining chap sohilida. Shaharning shimoli-sharqida Qurama tizmasi, shimoliy va janubi-sharqda Chatqol tizmalari bor. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Ohangaron (18 km). Maydoni 10,8 km². Aholisi 114,6 ming kishi (2000; 1974 yilda 92,3 ming; 1959 yilda 40 ming kishi). Olmaliqda mis konining topilishi shaharning tez oʻsishiga sabab boʻldi. 1954 yil Olmaliqda qoʻrgʻoshin-rux fabrikasi ishga tushirildi. Qalmoqqir konidan mis rudasi ochiq usulda olina boshladi. Olmaliqdagi sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida Olmaliq yonida issiqlik elektr stansiyasi qurildi. 1963 yil mis eritish zavodi foydalanishgatopshirildi. Kon-metallurgiya kombinati toʻla ishga tushirilib mahsulot bera boshladi. Olmaliqdagi rangli metall rudalar oltingugurtga boy. Shu sababli metallurgiya kombinatida rudadan oltingugurt ajratiladi va "Ammofos" korxonasiga yuboriladi.

Olmaliqda Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlgan uy-roʻzgʻor kimyosi zavodi qurildi. Olmaliqda respublika qishloq xoʻjaligining 80% ni fosforit oʻgʻitlar bilan taʼminlayotgan "Ammofos" zavodi, "Poyondoz" gilam, "Pallada Vostok", "Djefinterneyshnl" Oʻzbekiston — Pokiston qoʻshma korxonalari, mebel jihozlari kombinati, "Olmalik,-gʻisht", "Oqtosh" korxonalari, "Krvul-di" oltinli rudani qazib olish koni va boshqa korxonalar bor. Yengil va oziq-ovqat sanoat rivojlanmokda. Olmaliqga Toshkent— Angren temir yoʻldan shoxobcha chikarilgan. Toshkent — Olmaliq avtomobil yoʻli oʻtgan. Navoiy konmetallurgiya institutining kon metallurgiya fakulteti, 23 umumiy taʼlim maktabi, 12 kutubxona, 3 madaniyat uyi, oʻlkashunoslik muzeyi, musiqa va sanʼat maktablari, 3 stadion, 36 sport zali, 86 voleybol va basketbol maydonlari, 11 gandbol, 18 tennis zallari va 5 suzish havzasi bor. Shaharda markazlashgan hududiy tibbiy birlashma, bolalar kasalxonasi, "Kimyogar" kasalxonasi, yuqumli kasalliklar, silga qarshi kurashish dispanseri, tugʻruqxona, 10 poliklinika va boshqa tibbiy muassasalar ishlab turibdi.[1]

Hokimlari

  • Zakirov, Abdurashid Abdusattorovich
  • Po'latov, Shuhrat Artykovich (2011-2015) [1]
  • Mirkasim Mahmadam Mirazadovich - 2017 yil 18-avgust.
  • Karimov, O'ktamong Dexkanovich 01.08.2018 dan [2]


Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Other Languages
Cebuano: Olmaliq
کوردی: ئالمالیق
Deutsch: Olmaliq
English: Olmaliq
Esperanto: Olmalik
español: Olmaliq
français: Almalyk
hornjoserbsce: Olmaliq
italiano: Olmaliq
Qaraqalpaqsha: Almalıq
Gĩkũyũ: Olmaliq
한국어: 올말리크
lietuvių: Almalykas
polski: Olmaliq
português: Olmaliq
русский: Алмалык
Scots: Olmaliq
svenska: Almalyk
тоҷикӣ: Олмалиқ
Türkçe: Almalık
татарча/tatarça: Алмалык (шәһәр)
українська: Алмалик
اردو: آلمالیق
Winaray: Olmaliq