Ob-havo

Ob-havo — biror joy yoki hudud at-mosferasidagi meteorologik elementlarning uzuluksiz oʻzgarishlari maj-mui, atmosferaning muayyan tabiiy jarayonlarga bogʻliqholati. Bu jarayonlar atmosferada Quyosh energiyasi oqimi va Yer yuzasining oʻzaro taʼsiridagi fizik jarayonlar natijasida sodir boʻladi. Odatda, O.-h. deganda Yer yuzasidagi O.-h. tushuniladi. Biroq aviatsiya, xalq xoʻjaligi faoliyati rivojlanishi bilan erkin atmosfera O,-h.si tushunchasi ham tobora kengayib bormokda. Inson faoliyatining barcha jabhalari O.-h. bilan uzviy bogʻliq. O.-h. toʻxtovsiz oʻzgarib turadi. Maʼlum joyning aniq bir vaqtdagi O.-h.si meteorologik elementlar (temperatura, havo namli-gi, bulut, yogʻin miqdori, shamol tezligi va yoʻnalishi, qor boʻroni, moma-qaldiroq, tuman va h.k.) bilan tavsiflanadi. O.-h.da Yerning oʻz oʻqi at-rofidagi harakatiga bogʻliq boʻlgan davriy oʻzgarish, shuningdek, asosan, havo oqimlarining almashinishiga bogʻliq boʻlgan nodavriy keskin oʻzgarishlar sodir boʻlib turadi. Atmosfe-radagi havoning gorizontal harakati vertikal harakatidan bir necha marta katta boʻlishiga qaramay, O.-h.ning oʻzgarishida gorizontal harakat bilan bir vaqtda vertikal harakat ham katta rol oʻynaydi: bulutlarning hosil boʻlishi va yogʻin-sochin miqdori, doʻl hosil boʻlishi, asosan, havoning vertikal harakatiga bogʻliq. Xalq xoʻjaligining qariyb hamma tarmoqlarini O.-h.ning kelgusidagi holati qiziqtiradi (qarang Ob-havoni oldindan aytish).

Oʻrta Osiyo hududida yilning sovuq davrida moʻʼtadil kengliklardagi havo frontlarining Gʻarbiy tarmogʻidagi siklonik faoliyati rivojlanadi, bu esa Ob-havoning iliqtipini vujudga keltiradi. Arktikadan chiqadigan (sovuq tipidagi Ob-havo) sovuq havo massalarining bostirib kirishi tez-tez takrorlanib turadi. Arktikadan keladigan sovuq havo massalari koʻpincha haroratning ancha pasayib ketishiga sabab boʻladi, jan. r-nlarda qor qoplami boʻlmasada, sovuq —30, —35° ga yetadi. Bu esa tuproqning muzlashiga va ekinlarni sovuqurib nobud boʻlishiga olib keladi, bahor oxirlarida sovuq havo oqimining bostirib kelishi natijasida harorat keskin pasayib, yerning ustki qatlami muzlaydi, bu esa unib chiqqan ekin nihollari va gullayotgan mevali daraxtlar uchun juda xavflidir. Yogʻinlarning eng koʻp qismi bahor (mart-apr.)da yogʻadi.

Yilning issiq davrida Oʻrta Osiyo hududi havo qattiq isib va qurib ketadigan, kontinental tropik havo shakllanuvchi markaz hisoblanadi. Chek-ka jan. r-nlarda kunduzgi maksimal temperatura 45—50° gacha yetadi, havoning nisbiy namligi 5% boʻldi. O.-h.ning ochiq, quruq va issiq kelishi qumli tuproqlarning qurib ketishiga va shamolda koʻp miqdordagi qizigan changlar havoga koʻtirilib, haroratning yanada or-tishiga sabab boʻladi. Kopetdogʻ togʻ oldi r-nlarida va Gʻarbiy Tyanshanda tez-tez janub tomondan ekinlarni nobud qiluvchi quruq issiq shamol garmsel esadi; Amudaryoning yuqori qismida sovuq havo massasining Turon pastte-kisligi chegarasiga bostirib kirishidan oldin, janubi-gʻarbiy tomondan mahalliy afgʻon shamoli esadi. Havoning nisbiy namligi past boʻlganda yuqori haroratning bevosita taʼsiri natijasida ekinlar soʻliydi va qovjiraydi. Sugʻoriladigan maydonlarda temperatura yuqori boʻlgan (38—40° dan oshmagan) davrda ekinlarning rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Atmosfera hodisalarini zamonaviy as-bob-uskunalar (Yer sunʼiy yoʻldoshlari, hisoblash mashinalari, raketalar, ra-diozondlar, samolyotlar va q.k.) yorda-mida oʻrganish, uning kelajak rivo-jini aniklaydigan usullarning tako-millashishiga olib kelmokda (yana q. Iqlim, Meteorologiya, Ob-havo xizmati, Ob-havo xaritalari).

Hamidulla Abdumayev, Tohir Muxtorov.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Other Languages
Alemannisch: Wetter
aragonés: Orache
Ænglisc: Weder
العربية: طقس
башҡортса: Һауа торошо
Boarisch: Weda
žemaitėška: Uorā
беларуская: Надвор’е
беларуская (тарашкевіца)‎: Надвор’е
भोजपुरी: मौसम
বাংলা: আবহাওয়া
bosanski: Vrijeme (klima)
کوردی: کەش
čeština: Počasí
kaszëbsczi: Wiodro
Чӑвашла: Çанталăк
Cymraeg: Tywydd
dansk: Vejr
Deutsch: Wetter
Ελληνικά: Καιρός
English: Weather
Esperanto: Vetero
eesti: Ilm
euskara: Eguraldi
فارسی: آب‌وهوا
suomi: Sää
Võro: Ilm
føroyskt: Veður
Nordfriisk: Weder
Gàidhlig: Aimsir
गोंयची कोंकणी / Gõychi Konknni: हवामान
ગુજરાતી: હવામાન
עברית: מזג אוויר
हिन्दी: मौसम
hrvatski: Vrijeme (klima)
magyar: Időjárás
հայերեն: Եղանակ
Bahasa Indonesia: Cuaca
Iñupiak: Siḷa
ГӀалгӀай: Хаоттам
íslenska: Veður
日本語: 気象
Patois: Weda
Basa Jawa: Cuaca
ქართული: ამინდი
Qaraqalpaqsha: Hawa rayı
қазақша: Ауа райы
kalaallisut: Silasiorneq
ಕನ್ನಡ: ಹವಾಮಾನ
한국어: 기상
къарачай-малкъар: Кюнню халы
Кыргызча: Аба ырайы
Latina: Status caeli
Lëtzebuergesch: Wieder
Lingua Franca Nova: Clima
Limburgs: Waer
lietuvių: Orai
latviešu: Laikapstākļi
मैथिली: मौसम
മലയാളം: കാലാവസ്ഥ
монгол: Цаг агаар
मराठी: हवामान
Bahasa Melayu: Cuaca
नेपाली: मौसम
norsk nynorsk: Vêr
Sesotho sa Leboa: Boso
occitan: Temps (clima)
ਪੰਜਾਬੀ: ਮੌਸਮ
Papiamentu: Wèr
polski: Pogoda
پنجابی: موسم
română: Vreme
русский: Погода
русиньскый: Хвіля
саха тыла: Күн-дьыл туруга
Scots: Wather
سنڌي: موسم
srpskohrvatski / српскохрватски: Vrijeme (klima)
සිංහල: කාලගුණය
Simple English: Weather
slovenčina: Počasie
slovenščina: Vreme
shqip: Moti
Seeltersk: Weeder
svenska: Väder
Kiswahili: Hali ya hewa
தமிழ்: வானிலை
తెలుగు: పవనస్థితి
Türkçe: Hava durumu
Xitsonga: Maxelo
татарча/tatarça: Һава торышы
українська: Погода
اردو: موسم
vepsän kel’:
Tiếng Việt: Thời tiết
吴语: 天氣
მარგალური: ტაროსი
ייִדיש: וועטער
中文: 天气
Bân-lâm-gú: Thiⁿ-khì
粵語: 天氣