Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

Oʻzbekiston miiy ensiklopediyasi
National Encyclopedia of Uzbekistan logo.png
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasining logosi
Janr: ensiklopediya
Original til: oʻzbek
Nashriyot: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti
Nashr etilgan: 2000-2005

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (OʻzME) — Oʻzbekiston Respublikasida chiqarilgan 14 jildli universal milliy ensiklopediya. Ensiklopediya kirill yozuvida yozilgan. OʻzME Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr etilgan. OʻzMEdagi aksar maqolalar Sovet davrida chiqariglan 14 jildli Oʻzbek sovet ensiklopediyasidan olingan.

Ensiklopediyaning barcha 12 jildi 2000-2006-yillarda nashr qilingan. O‘zMEda O‘zbekiston Respublikasi haqidagi materiallar bilan birgalikda umumbashariy maʼlumotlar ham berilgan. O‘zMEning 1-11-jildlarida umumiy hajmi 1600 nashriyot-hisob tabog‘ini tashkil etgan qaryib 50 ming maqola berilgan. O‘zME har bir jildida 800-1200 atrofida rangli va oq-qora suratlar, xaritalar o‘rin olgan. Ensiklopediyani tayyorlashda besh mingga yaqin muallif va taqrizchilar qatnashgan. OʻzMEning 12-jildi maqolalari faqat O‘zbekistonga tegishlidir.