Nukus
English: Nukus

Shahar
Nukus
MamlakatOʻzbekiston
ViloyatQoraqalpogʻiston
Koordinatalari42°28′0″N 59°36′0″E / 42°28′0″N 59°36′0″E / 42.46667; 59.60000
Aholisi312 100[1] nafar
Vaqt mintaqasiUTC+5
Nukus (Oʻzbekiston)
Nukus

Nukus (qoraqalpoqcha No'kis) — Qoraqalpogʻistondagi shahar (1932 yildan). Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti, Respublika hududining markaziy qismida, Amudaryoning oʻng sohilida, 109 m balandlikda. Janubiy va sharqda Kizilqum choʻli bilan oʻralgan, shim,da Amudaryo deltasi bilan tutashgan. Oʻrtacha temperatura iyunda 27°, yanvarda —6,9°, maksimal temperatura 46°, minimal temperatura —32°. Temir yoʻl stansiyasi. Nukusdan Toshkentgacha 1265 km. Kizketgan kanali shaharni kesib oʻtadi. Maydoni 200 km². Aholisi 271 ming kishi (2010; 1974 yilda 88 ming; 1959 yilda 39 ming; 1939 yilda 10 ming); aso-san, qoraqalpoqlar; qozoq, oʻzbek, rus, koreys, tatar va boshqa ham yashaydi.

Hozirgi Nukus shahri oʻrnida 19-asrning 60-yillarida Nukus ovuli mavjud boʻlgan. 1870-yillardan Nukusda savdo-sotiq, hunarmandchilik, baliq ovlash birmuncha rivojlandi, Amudaryoning suv rejimini nazorat qiluvchi gidrologik post qurildi. Rus mustamlakachilari Nukusda 1500 kishilik garnizonni joylashtirdi. 1877 yil rus-tuzem maktabi ochildi. 20-asrning boshlarida Nukus ovuli Amudaryoningoʻng so-hilidagi eng yirik aholi punktlaridan biriga aylandi. 1930 yil 12 noyabrda Qoraqalpogʻiston Muxtor Respublikasining markazini Toʻrtkoʻl shahridan Nukus ovu-liga koʻchirish haqida qaror qabul qilindi. 1932 yildan Nukusda yangi maʼmuriy binolar qurilishi boshlandi. 1939 yil Respublika maʼmuriyati Nukus shahriga koʻchib oʻtdi.

Shaharning yirik avtomagistrallar tu-gunida joylashgan-ligi unda koʻp tarmoqli sanoatining tez rivojlanishiga sabab boʻldi. Nukus— Toshhovuz, Nukus — Gʻuzor avtomagistrallari xalqaro ahamiyatga ega. 345 km li Navoiy — Nukus temir yoʻli, Nukus bilan Xoʻjay-lini bogʻlaydigan koʻprik. 243 km uzunlikdagi Tuyamoʻyin — Nukus, 112 km uzunlikdagi Nukus, Taxtakoʻpir suv uzatish tarmoutari qurildi. Respublika sanoati umumiy mahsulotining 20% ni Nukus shahar sanoat korxonalari beradi. Shaharda 50 dan ziyod sanoat korxonasi bor. Metallsozlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat, yengil, yogʻochsozlik va poligrafiya sanoati tarmoklari mavjud. Nukusda yurilish materiallari sanoati yaxshi rivojlangan, yirik panelli uysozlik va silikat-beton zavodlari, qurilish materiallari kombinatlari, gʻisht, kabel zavodlari, marmar ishlab chiqarish boʻyicha Qoraqalpoq—Italiya qoʻshma korxonasi bor. Non, goʻsht, sabzavot-konserva, tegirmon va aralash yem kombinatlari, sut-yogʻ, vino-araq va pivo-limonad zavodlari, bozorlar ishlab turibdi. Nukusda shirinmiya dorivor oʻsimligi ildizini yigʻadigan va presslaydigan tibbiy korxona mavjud. Bu korxonaning mah-suloti AQSh, Kanada, Yaponiya, shuningdek, Yevropa mamlakatlariga eksport qilinadi. Yengil sanoat korxonalariga Oʻzbekistonda yagona oʻtov-kigiz kombinati, tikuv va trikotaj fabrikalari, maishiy xizmat koʻrsatish kombinati kiradi. Shaharda oʻzbek, qoraqalpoq. va rus tillarida gazeta-kitoblar bosadigan matbaa kombinati, mebel fabrikasi bor. Nukusdan turli yunalishlarda avtobuslar qatnaydi. Nukus havo yoʻllari orqali Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston, Yevropa mamlakatlari shaharlari, Moskva, Mineralniye Vodi, Kiyev, Volgograd, Boku, Ostona, Kiziloʻrda, Toshkent va Oʻzbekistonning barcha viloyat markazlari bilan bogʻlangan.

UZNukuspano.JPG

Nukus — Qoraqalpogʻistonning ilm-fan va madaniyat markazi. Nukusda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi, Oʻzbekiston BA larining Koraqalpogʻiston filiallari, Oʻzbekiston teri-venerologiya, onkologiya, shuningdek, chorvachilik ilmiy tadqiqot institutlarining filiallari, pedagogika instituti, Qoraqalpogʻiston universiteti, oʻqituvchilar malakasini oshirish instituti va boshqa oliy oʻquv yurtlari ishlab turibdi. 43 umumiy taʼlim maktabi, bir qancha akademik litsey, 2 sport, 2 musiqa maktablari, 18 oʻrta maxsus bilim yurti, klub, kutubxona, sport majmui, madaniyat saroyi mavjud. Nukus telestudiyasi oʻz dasturlaridan tashqari, Moskva, Toshkent, Ashxobod telekoʻrsatuvlarini ham olib koʻrsatadi. Shaharda 5 kasalxona, poliklinika, dorixonalar va konsultatsiya punktlari, tez yordam stansiyasi bor. Ber-daq nomidagi davlat musiqali drama teatri, filarmoniya, sanʼat muzeyi va boshqa muzeylar, 5 ming tomoshabinga moʻljallangan amfiteatr, markaziy stadion, 57 sport zali, botanika bogʻi mavjud.

Nukus Oʻzbekistonning yosh va kurkam shaharlaridan biri. Shahar 1936 yilgi bosh plan asosida kurila boshlagan edi. 1965 yil yangi bosh plani boʻyicha (meʼmor A. M. Erkaboyev va muxandis T. Z. Ziyoyev) Nukus koʻkalamzorlashtirilgan toʻgʻri toʻrtburchakli dahalarga boʻlingan.

Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga qoʻshayotgan munosib hissasi va shaharning 70 yilligi munosabati bilan Nukus "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlandi (2003 yil 11 sentabr).[2]

Manbalar




Other Languages
Afrikaans: Nukus
العربية: نكوص (مدينة)
مصرى: نكوص
azərbaycanca: Nukus
تۆرکجه: نؤکیس
башҡортса: Нуҡус
беларуская: Нукус
български: Нукус
bosanski: Nukus
català: Nukus
нохчийн: Нукус
Cebuano: Nukus
čeština: Nukus
Чӑвашла: Нукус
dansk: Nukus
Deutsch: Nukus
English: Nukus
Esperanto: Nukus
español: Nukus
euskara: Nukus
فارسی: نوکوس
suomi: Nukus
français: Noukous
עברית: נוקוס
hornjoserbsce: Nukus
magyar: Noʻkis
հայերեն: Նուկուս
Bahasa Indonesia: Nukus
italiano: Nukus
日本語: ヌクス
Qaraqalpaqsha: Nókis
Gĩkũyũ: Nukus
қазақша: Нүкіс
한국어: 누쿠스
Кыргызча: Нукус
lietuvių: Nukusas
олык марий: Нукус
Nederlands: Nukus
norsk: Nukus
ਪੰਜਾਬੀ: ਨੁਕੁਸ
polski: Nukus
português: Nukus
română: Nukus
русский: Нукус
Scots: Nukus
српски / srpski: Нукус
svenska: Nukus
тоҷикӣ: Нукус
ไทย: นูกุส
Türkmençe: Nökis
Tagalog: Nukus
Türkçe: Nukus
татарча/tatarça: Нөкес
тыва дыл: Нукус
українська: Нукус
اردو: نوکوس
vepsän kel’: Nukus
Tiếng Việt: Nukus
Winaray: Nukus
中文: 努库斯
粵語: 努庫斯