Nikolay II

Nikolay II (Nikolay Aleksandrovich Romanov) (1868.6. 5, Sarskoye Selo, xoz. Pushkin shahri — 1918. 17.6, Yekaterinburg) — Rossiyaning soʻnggi imperatori (1894—1917), imperator Aleksandr III ning kata oʻgʻli. N. II davrida mamlakat sanoat-iqtisodiy jihatdan tez surʼatlarda rivojlangan. Rossiya Yaponiya bilan boʻlgan urush (1904—05)da magʻlubiyatga uchragan, bu esa Rossiyada 1905—07 yillar inqilobiga sabab boʻlgan. Inqilob davrida (1905 yil 17 okt.) Manifest kabul qilingan. Unga koʻra, mamlakatda siyosiy partiyalar tuzilishiga va Davlat dumasi taʼsis etilishiga ruxsat etilgan; Stolipin agrar islohoti amalga oshirila boshlangan. 1907 yil Rossiya Antanta aʼzosi boʻlgan va uning tomonida turib Birinchi jahon urushiaa katnashgan. 1915 yil avg .dan oliy bosh qoʻmon-don. Turkiston va Rossiyaning boshqa mintaqalaridan front va front ortidagi mudofaa inshootlarini qurish uchun kishilarni safarbar qilish toʻgʻrisidagi (1916 yil 25 iyun) farmoni Turkistonda ommaviy qoʻzgʻolonlar koʻtarilishiga olib kelgan. 1917 yil fevral inqilobi jarayonida taxtdan voz kechgan [2(25) mart]. Oilasi bilan birga Yekaterinburgda Lenin koʻrsatmasi bilan bolsheviklarning Ural oblast Sove-ti qarori asosida otib tashlangan.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Other Languages
asturianu: Nicolás II
azərbaycanca: II Nikolay
беларуская (тарашкевіца)‎: Мікалай II
български: Николай II (Русия)
brezhoneg: Nikolaz II Rusia
Чӑвашла: Николай II
eesti: Nikolai II
suomi: Nikolai II
français: Nicolas II
Հայերեն: Նիկոլայ II
Bahasa Indonesia: Nikolai II dari Rusia
íslenska: Nikulás 2.
日本語: ニコライ2世
қазақша: II Николай
Кыргызча: Николай II
lietuvių: Nikolajus II
македонски: Николај II (Русија)
монгол: II Николай
Bahasa Melayu: Nicholas II dari Rusia
norsk nynorsk: Nikolaj II av Russland
occitan: Nicolau II
پنجابی: نکولس II
русский: Николай II
srpskohrvatski / српскохрватски: Nikola II., ruski car
Simple English: Nicholas II of Russia
slovenščina: Nikolaj II. Ruski
shqip: Nikolla II
Türkçe: II. Nikolay
татарча/tatarça: Николай II
Tiếng Việt: Nikolai II của Nga
Bân-lâm-gú: Nikolaj 2-sè