Nafas qisishi

Nafas qisishi, hansirash - nafas olish tezligi, chuqurligi va maromining buzilishi, odatda, havo yetishmasligi bilan kechadi. Fiziologik va patologik xillari tafovut qilinadi.

Fiziologik Nafas qisishi jismoniy ish qilayotganda organizmning kislorod ehtiyoji oshishi natijasida paydo boʻladi. [[Nafasning chuqurlashuvi vatezlashuvi tufayli organizmga oʻpka or-qali kiradigan kislorod miqdori N.qla 2—3 barobar koʻpayadi. Ayni vaqtda organ izmdan nafas bilan ortiqcha karbonat angidrid gazi ham chiqiriladi. Havodagi kislorod miqdori odatdagidan ancha kam boʻladigan balandlikka koʻtarilganda, tashqi muhit temperaturasi oshganda va shahri k. hollarda Nafas qisishi roʻy beradi. Odam oʻz ixtiyoriga koʻra, yaʼni ongli ravishda nafasning tezligi va chuqurligini oʻzgartirishi mumkin.

Patologik N.q- ayrim kasallik holatlarida yuz beradi. Markaziy Nafas qisishi nafasning idora qilinishi buzilganda (qarang [[Nafas) yoki bosh miyadagi nafas markazi zaharlanganda, organizm, Mas, uxlatadigan dorilar yoki narkotik moddalardan zaharlanganda sodir boʻladi. Oʻpkaga aloqador Nafas qisishi koʻkrak qafasi shikastlanganda, oʻpka kuchli zaharlanganda (oʻpka yalligʻlanishi, sil, bronxiol astma, oʻpka emfizemasi va boshqalar) kuzatiladi. Nafas qisishining bu turi nafas chuqurligi va tezligining buzilishi, aksari nafas chiqarishning qiyinlashishi, teri va shilliq qavatlarining koʻkarib ketishi (qarang Sianoz), boʻyin venalarining boʻrtib chiqishi, yuz koʻkarishi bilan oʻtishi mumkin. Oʻpkadan boʻladigan Nafas qisishi hatto ozgina jismoniy harakat qilganda ham kuchayadi. Yurakka aloqador Nafas qisishi yurak kamchiligida roʻy beradi, bunda teri koʻkarib ketishi, oyoq-qoʻllar sovuq qotishi mumkin. Jismoniy ish qilganda bunday Nafas qisishi keskin kamayadi. Odatda, boʻgʻilib qolishgacha olib keladigan Nafas qisishi bronxial astma va yurak astmasida kuzatiladi. Nafas qisishi avj olganda bemorning koʻkragini qisib turgan kiyimini yechish, nafas olishini yengillatish uchun oʻrniga oʻtkazib qoʻyish, u yotgan xona derazasini ochib, zudlik bilan tez yordam chaqirish kerak. Oʻpkaga bogʻliq holda Nafas qisishi bilan kechadigan kasalliklarning oldini olishda organizmni muntazam chiniqtirish, jismoniy mashqlar va nafas gimnastikasi bilan shugʻullanish, nafas yoʻllarining yuqumli va allergik kasalliklarini oʻz vaqtida davolatish, toʻgʻri ovqatlanish, semirishga yoʻl qoʻymaslik lozim.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Other Languages
العربية: ضيق النفس
беларуская: Дыхавіца
беларуская (тарашкевіца)‎: Дыхавіца
català: Dispnea
čeština: Dyspnoe
Cymraeg: Diffyg anadl
dansk: Åndenød
Deutsch: Dyspnoe
ދިވެހިބަސް: ނޭވާ ކުރުވުން
Ελληνικά: Δύσπνοια
Esperanto: Dispneo
español: Disnea
euskara: Arnasestu
فارسی: تنگی نفس
français: Dyspnée
galego: Dispnea
Avañe'ẽ: Ahógo
հայերեն: Հևոց
Bahasa Indonesia: Dispnea
italiano: Dispnea
日本語: 呼吸困難
қазақша: Ентікпе
한국어: 호흡곤란
Кыргызча: Демигүү
Bahasa Melayu: Sesak nafas
Nederlands: Benauwdheid
norsk nynorsk: Andenød
norsk: Dyspné
polski: Duszność
پښتو: سالنډي
português: Dispneia
Runa Simi: Sasa samay
română: Dispnee
русский: Одышка
سنڌي: اڀ ساھي
srpskohrvatski / српскохрватски: Dispneja
Simple English: Dyspnea
slovenčina: Dyspnoe
slovenščina: Dispneja
shqip: Dispnea
српски / srpski: Диспнеја
svenska: Dyspné
తెలుగు: ఆయాసం
Türkçe: Dispne
українська: Задишка
walon: Tanfla
中文: 呼吸困难