Musiqa

Skripka kaliti

Musíqa (yunoncha μουσική — ilhom parilari san’ati) — tovush san’atidir; musiqiy asarga nisbatan ham musiqa atamasi qo‘llanishi mumkin.

Musiqa (yun. mousiche —muzalar sanʼ-ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi mu-ayyan musiqiybadiiy obrazlardan iborat. M. insonning turli kayfiyatlari (mas, koʻtarinkilik, shodlik, zavklanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, M. shaxsning irodaviy sifatlari (katʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. M.ning ushbu ifodaviytasviriy imkoniyatlari yunon olimlari — Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari — Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari — Imom Gʻazoliy, Kalobodiy Buxoriy va boshqa tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy tadqiq qilingan. M.ning odam ongi va hissiyotiga taʼsir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlarga hamohang boʻlgan protsessual — muayyan jarayonli tabiati bilan bogʻliqsir. M. asarlari mazmunida badiiy gʻoyalar umumlashgan holda berilib, musiqali obrazlarning oʻzaro munosabatlari (taqqoslanish, toʻqnashuv, rivojlanish kabi) jarayonida shakllanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlariga koʻra M. mazmuni ham turli — epik, dramatik, lirik belgilarga ega boʻlishi mumkin. Bulardan insonning ichki dunyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil boʻlgan lirika M.ning "botiniy" tabiatiga ancha yaqindir. M.ning mazmuni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat boʻlib, bunda maʼlum xalq, jamiyat va tari-xiy davrga xos ruhiy tarovat, surʼat, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. M. shakllari har bir davrning maʼnaviymaʼrifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson faoliyatining koʻpgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning oʻzaro etik va estetik taʼsir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. M.ning , ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuygʻularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini ragʻbatlantirish vositasi sifatida roli juda muhimdir.

Nutq, tovushli signal berish va boshqa tovushli—maʼnoli jarayonlar singari, M. ham muayyan maʼlumotlarni sadolar vositasida ifodalash imkoni-yatiga ega. Jumladan, tovushlarning baland-pastligi, ingichka-yoʻgʻonligi, uzunqisqaligi, kuchliligi va boshqa vositalar yordamida odamning ichki holatini ifodalash imkoniyati jihatidan M. nutqqa (nutq intonatsiyalariga) oʻxshaydi. Ammo, sanʼat turi sifatida M. fakat ungagina xos boʻlgan xususiyatlar (mas, badiiy-estetik maqsadlarni koʻzlashi, mazmun va shakl badiiy qiymat sifatida kasb etilishi, ayniqsa, M. tovushlarining muayyan musika tizimlarida tashkil etilishi) bilan nutkdan farq qiladi. Har bir alohida olingan M. tovushi birlamchi ifodaviy imkoniyatga ega boʻlsada M. tovushlarining baland-pastlik munosabatlari lad tuzilmalarida, muvaqqat nisbatlari esa — musiqiy ritm va metrda oʻz aksini topadi. Dunyoning aksariyat xalqlari M. madaniyati, jumladan, oʻzbek musiqa folklori, anʼanaviy musiqa va bastakorlik ijodiyotida lad asosini turli koʻrinishdagi diatonika tashkil etadi. Kompozitorlik M.da (ayniqsa, 20- a.da rivoj toptan yoʻnalishlarda) diatonika bilan birga xromatika ham keng oʻrin olgan.

M.da asosiy badiiy vosita — kuy (melodiya)dir. M.ning ogzaki anʼanadagi (monodiya) uslublarida kuy badiiy obrazning yagona va tugal musiqiy ifodasi hisoblanadi. Koʻp ovozli kompozitorlik yoʻnalishlarda garmoniya, polifoniya unsurlari ham muhim oʻrin egallaydi. M. asaridagi kuy (mavzu)lar rivoji uning kompozitsiyasn (shakl)ni tashkil etadi. Musiqa shakli asar maz-munining moddiy tajassumi va vujudga kelish vositasi boʻlib xizmat qiladi. M. asarlari shakliga muntazam takrorlanuvchi tarkib va unsurlar xos boʻlib, bular badiiy mazmundagi oʻzgaruvchanlik, harakatchanlik kabi xususiyatlarga maʼlum darajada ziddir. Oʻzaro aloqa va birlik doirasidagi bunday dialektik ziddiyatlar M. asarini yaratish va ijro etish jarayonida hamisha xilma-xil ravishda oʻz yechimini topadi. Turli xalqlar M. madaniyati va anʼanalarida M.ning barkaror va beqaror unsurlarining oʻzaro munosabatlari ham oʻzgachadir. Mac, anʼanaviylik mezoniga asoslangan ogʻzaki yoʻnalishdagi M. uslublarida muayyan badiiy mazmun, estetik qoidalar bilan birga M. asarlari shakliga badixagoʻylik xususiyatlari, nomusiqaviy (asarning ijro etish vaqti, joyi, sharoiti kabi) holatlar oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Individual badiiy obrazlarni ifodalashga qaratilgan yozma anʼanadagi kompozitorlik sanʼati asarlari esa koʻproq aynan musiqiy rivojlanish qoidalariga, yaʼni tugallangan, yaxlit va barqaror shakllarga asoslanadi. Shuning uchun, kompozitorlik musikada mazkur shakllarni ifodalashga hamda obʼyektiv holatda saqlashda asosiy omil boʻlgan nota yozuvi mu-him oʻrin tutadi.

M. inson madaniyatida va jamoaviy hayotda oʻziga xos oʻringa egadir. U dam olish va koʻngil ochish paytlari, turli marosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar, ommaviy va harbiy yurishlar, sport mashklari va mehnat jarayonida muayyan vazifalar bajaradi. Shuning uchun M. asarlari oʻz mazmuniga muvofiq holda bir nechta uslub, tur va janr guruhlariga ajratiladi. Alla, zikr, marsiya, sarbozcha, vals, marsh, messa kabi janrlar hayotdagi maishiy va boshqa sharoitlar bilan bogʻliq boʻladi. Ashula, dastgoh, cholgʻu kuy, maqom yoʻllari, konsert, miniatyura, romans va boshqalarda estetik taʼsir oʻtkazish vazifalari asosiy oʻrin tutadi. Janrlar, oʻz navbatida, diniy mussha, yoshlar musikasi, maishiy musiqa, ommaviy mussha, harbiy musika, kamer musiqa, simfonik mussha, xor musikasi kabi M.turlariga birlashadi. Tari-xiy, milliy, mahalliy, shaxsiy (individual) M. uslublari ham musiqiy tafakkur tarzi, ohang , ritm, shakl kabi musiqiy unsurlarni oʻziga qamrab olib, muayyan bir davr yoki milliy madaniyatga mansub boʻlgan turli janrdagi asarlar umumiyatini aks ettiradi (qarang Avangardizm, Barokko, Klassitsizm, Ogʻzaki anʼanadagi musika, Romantizm, Sentimentalizm).

Bastakor va kompozitorpar badiiy obrazlarni kengroq qamrashga intilishib, M. va boshqa sanʼat turlari qorishmasi (sintezi)dan foydalani-shadi. Aniq tushunchaga ega boʻlgan soʻz, sahna harakati, kino tasviri va boshqa unsurlar bilan qorishiq M. asarining ifodaviy imkoniyatlari kengayadi (qarang Vokal musikasi, Kino musikasi, Rake musikasi, Teatr musikasi). M., shuningdek, boshqa sanʼat turi va janrlarida ham muxim rol oʻynaydi. Mac, opera janrida, oʻzbek musiqali dramasi va komediyasida xonandalik, xor sanʼati hamda orkestr musiqaschnk drama bilan boglaydi. Balet va boshqa raqs shakllari ham uzining badiiy obrazlarini M. yordamida ifodalaydi.

Insonning M. faoliyati asosan 3 bosqichda amalga oshiriladi: ijod, ijro va tinglash (uquv). Har bir bosqichda asarning mazmun va shakli uzgacha kurinishga ega boʻladi. Ijod bosqichida badiiy gʻoya va shakl muallif ongida mushtarak holda tugʻiladi. Ijro jarayonida shakl va mazmun ijrochi tomonidan uning dunyokarashi, estetik tasav-vurlari, shaxsiy tajriba va maxrratiga mos ravishda uzgartiriladi. M. ixlosmandlari ham ijro etilayotgan asarni uzlarining xususiy didi, hayotiy va badiiy tajribasiga asoslanib qabul qilishadi. Shunday qilib, M. faoliyati hamma bosqichlarda ijodiy tabiatga ega buladi.

Turli (kompozitorlik va ogʻzaki anʼanadagi) uslublarda mussha ijrochiligi ahamiyati turlichadir. Professional yunalishdagi madaniyat tizimida M. koʻpincha badiiy asarlarni ijro etadigan sanʼatkorlar faoliyati orqali namoyon boʻladi. Shuning uchun M. ijrochi (sozanda, xonanda)larining aksariyati kompozitor va bastakorlarning haqiqiy hamkorlaridir. Ular ustoz-shogird munosabatlari jarayonida uzlashtirgan yoki nota yozuvi yordamida oʻrgangan asarlarni jonli ravishda tinglovchilar oldida talqin etadilar. Musiqiy folklor tizimida M. namunalari omma ongining badiiy mahsuloti sifatida yuzaga kelib, havaskor qoʻshiqchi, sozanda yoki jamoaviy tarzda ijro etiladi. M. ijrochiligi mussha cholgʻulari hamda inson ovozk vositasida amalga oshiriladi. Bular yakka tarzda, ansambl, xor, orkestr kabi birikma shakllarida namoyon buladi.

M. ijodiyoti, ijrochiligi va tinglanishi M. faoliyati ning boshka turlari — mas, musiqa tarbiyasi, musiqa taʼlimi, i. t. (Musiqashunoslik), musiqiy tanqid va boshkalar bilan birga jamiyat M. madaniyat i tizimini tashkil etadi.

Musiqa tarixi. M.ning paydo boʻlishi masalasida turli ilmiy farazlar vujudga kelgan: hissiyotga toʻlgan nutq oxangi (G. Spenser), qushlarning sayrashi va hayvonlarning uz juftlarini chaqirishi (Ch. Darvin), ibtidoiy odamlarning mehnat usullari (K. Byuxer) va ularning chaqiriq tovushlari (K. Shtumpf), jodu-sehrlash marosimlari (J. Kombarye) M.ning ilk manbalari hisoblanadi. Sharq muta-fakkirlari ham M.ning vujudga kelish muammosi haqida ilmiy mulohazalar qoldirishgan. M. tarixini Forobiy inson nutqining shakllanish jarayoni va hissiyotlari bilan bevosita bogʻliq holda, Ibn Xaldun (14-asr) esa — ijtimoiy tizimlarning shakllanish krnuniyatlariga asoslangan xrlda tushuntirishgan.

Zamonaviy musiqashunoslik fani arxeologiya va etn. maʼlumotlaridan kelib chiqib, M. sanʼatini ibtidoiy jamiyatda insonning amaliy faoliyati jarayonida boshqa sanʼat turlari (rake, sheʼriyat va q.k.) bilan krrishma (sinkretik) holda paydo bulishini asoslab beradi. Bunda M. ijtimoiy muloqot vositasi, mehnat va marosim jarayonlarini tashkil etish vositasi bulib xizmat qiladi va, ayni vaqtda, jamiyatga zarur axlokiymaʼnaviy xususiyatlarni tarbiyalash maqsadlarini kuzlaydi. Ibtidoiy davrning oxirgi bosqichida dastlabki qorishma sanʼat majmuasidan bir qancha sanʼat turlari, jumladan, M. ham ajralib chiqadi. Ushbu davrga mansub afsonalarda M. tabiatga, yovvoyi hayvonlarni oʻrgatishda taʼsir kursatish, insonni turli kasalliklardan davolovchi kuch sifatida taʼriflanadi (qarang Alikambar, Ibtidoiy sanʼat, Mavsum koʻshiklari, Marosim qoʻshiqlari).

Quldorlik va ilk feodal tuzumiga asoslangan qad. dunyo davlatlari — Misr, Shumer, Bobil, Oʻrta Osiyo (taxminan miloddan avvalgi 1ming yillik davri), Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Rim madani-yatlarida kasbiy musiqachilar maktablari shakllangan. Ular maxsus (bastakorlik, musiqa ilmi kabi fandagi) bilim va qoidalarga asoslanib ijod qilgan. Natijada aytim, cholgʻu, raqs, doston va boshqa janrlar paydo bulgan.

Turli xil M. asboblari (chang, ud, tanbur, lira, kifara, puflama va urma asboblar) takomillashtirilib, ular barqaror tovushqator va shakllarga ega boʻlgan. M.ning ushbu davrda asosan ogʻzaki anʼanada rivojlanishiga qaramay, ayni vaqtda, uning ilk yozuv (iyeroglif, harfiy va boshqalar) tizimi ixtiro etilgan, M. estetikasi va nazariyasi taʼlimotlari shakllangan: Xitoyda — Konfutsiy, Yunonistonda — Pifagor, Geraklit, Demokrit, Aristotel, Platon, Aristoksen va boshqa, Oʻrta Osiyoda — Borbad.

Oʻrta asr Gʻarbiy Yevropada professional cherkov (bir ovozli grigorian xorali, keyinchalik koʻp ovozli xor va vokalcholgʻu janrlari — orga-num, kondukt va boshqalar), dunyoviy (Fran-siyada — trubadurlar, truverlar; Germaniyada — minnezingerlar sanʼati) hamda xalq Mxi rivoj topadi. 12-asrda Fransiyada Bibi Maryam ibodatxonasida birinchi kompozitorlik maktabi (Notr-Dam maktabi), 14-asrda Fransiya va Italiyada "Are nova" uslubi yuzaga kelgan. Gvido d Aretsso ixtiro etgan toʻrt chiziqli nota yozuvi tovush balandligi va nagʻmalar uzunligini aniq qayd etishga imkon yaratgan.

Ushbu davrda Oʻrta va Yaqin Sharq (Arab xalifaligi)da erkin rechitativ va parda tuzilmalariga asoslangan musulmon kasbiy M. (azon, tartil, tajvid) janrlari shakllangan. Ular boshka M. turlaridan mustaqil ravishda rivojlanib, keyinchalik Oʻn ikki makom tizimining shakllanishiga ham maʼlum darajada taʼsir koʻrsatgan. 8— 13-asrlar musulmon Shark, xalqlari ogʻzaki anʼanadagi kasbiy M. si daston (M. nazariyasida) yoki parda (sheʼriyat va M. amaliyotida) tizimlari asosida shakllangan. Oʻrta Osiyo, Eron va arab xalqlari M.sida muttasil davom etgan oʻzaro taʼsir va aloqa jarayonlari natijasida ushbu xalqlar uchun umumiy boʻlgan vokal (savt, gʻino, amal, mulammo, qavl va boshqalar) va cholgʻu (ravoshin, peshrav kabi) turlari vujudga kelgan. Mashhur bastakor, xonanda va sozandalar Ibrohim Mavsiliy, Ishoq Mavsiliy, Ziryob, Mansur Zalzal, Ibn Surayj, Ibn Axvas as-Soʻgʻdiy, Safiuddin al-Urmaviy va boshqa ijod qilgan. Musiqa ilmida ham muhim yutuqlarga erishilgan. Yunon M. nazariyasi hamda mahalliy xalqlar M. anʼanalariga asoslangan musiqiy estetika va ilmiynazariy taʼlimotlar dastlab mat. fanlari doirasida (al-Kindiy, Forobiy, Ibn Sino), keyinchalik mustaqil fan sifatida (Urmaviy) shakllangan. Ishoq Mavsiliy va Kindiy Sharqda ilk bor musiqa (harfiy) yozuvini ixtiro etishgan. Urmaviy esa ushbu yozuvni parda tizimiga moslashtirgan.

Uygʻonish davri Yevropa madaniyatida taraqqiy etgan insonparvarlik gʻoyalari va dunyoviy mazmunga asoslangan M. sanʼatida badiiy-estetik maqsadlar asosiy vazifa darajasiga koʻtarildi, cholgʻu (lyutnya, viola) va vokal (madrigal) ijrochiligi rivoj topgan. Professional M.da polifoniya uslubi, jumladan, a kapella xor ijrochiligi (motet, messa va boshqa janrlar) oʻz choʻqqisiga koʻtarildi. Yangi kompozitorlik (Angliyada — D. Dansteybl, Niderland maktabi, Rimda — Palestrina, Vene-siyada — A. va J. Gabriyeli) maktablari shakllandi.

17—18-asrning 1-yarmida yangi janrlar — opera (Italiyada — K. Monte-verdi, A. Skarlatti; Fransiyada — J.B.Lyulli, J. B. Ramo; Angliyada —G. Pyorsell), oratoriya (G. F. Gendel), kantata (G. Shyuts, I. S. Bax), konsert (A. Korelli, A. Vivaldi, I. S. Bax, Gendel), kamer ansambl, sonata (A. Korelli, D. Skarlatti), syuita va boshqa janrlar rivoj topgan. Organ (J. Freskobaldi, Bax, Gendel), klavesin (U. Byord, G. Pyorsell, F. Kuperen, J. Ramo) uchun asarlar yaratilgan. Ushbu davrda zamonaviy kamonli cholgʻu asboblar (skripka, alt, violonchel)ning buyuk ustalari A. va N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari, fortepiano ixtirochisi B. Kristofori ijod etishgan, opera teatrlari, filarmoniyalar, musiqa nashriyotlari, musiqa taʼlimi (konser-vatoriyalar) rivoj topgan. 18-asr oʻrtalari — 19-asrning boshida Yevropa M.si Maʼrifatchilik davri hamda Buyuk Fransiya inqilobi gʻoyalari taʼsiri ostida rivojlangan (fransuz kompozitorlari K. Glyuk, L. Kerubini, J. F. Lesyuerlarning opera ijodi, Vena klassik maktabi vakillari ijodi, simfonizm musiqatafakkuri). 19-asrda rus (M. Glinka, "Qudratli tuda" vakillari, P. Chaykovskiy), polyak (F. Shopen, S. Monyushko), chex (B. Smetana, D. Dvorjak), venger (F. Erkel, F. List), norveg (E. Grig), ispan (I. Albenis, E. Granados), fin (Ya. Sibelius) yangi milliy kompozitorlik maktablari shakllangan, yetakchi ijodiy oqim sifatida romantizm karor topgan (K. M. Veber, F. Shubert, R. Shuman, F. Mendelson, G. Berlioz, N. Paganini vab.). 20-asr M. tarixida alohida oʻrin tutadi. M. madaniyatining barcha jabhalarida tub oʻzgarishlar yuz bergan. Ijodida yangi-yangi uslub va yoʻnalishlar (musiqiy avangardizm, modernizm) rivoj topgan. 20-asrda yuz bergan ilmiytexnik va informatsion inqiloblar (radio, televideniye, grammplastinka va magnit yozuvlarini ixtiro etish) natijasida M.ning tinglovchilarga yetkazish va eshitish sohalarida yangi imkoniyatlar paydo boʻldi. Buning natijasida ommabop musiqa madaniyati rivoj topdi. Kompozitorlik ijodida sof musiqiy (simfoniya, konsert, kamer-cholgʻu M. kabi) janrlar oʻrniga vokal M.si, teatr M.si, kino M.si kabi "aralash" turlar yetakchilik qila boshladi. Kompozitorlik ijodi bilan birga anʼanaviy M. ijodi ham yangi, zamonaviy sharoitlarga moslashib rivoj topdi. Jumladan, Shark, mamlakatlari mumtoz M. janrlari (mas, hind ragalari, pokiston qavalli, ozarbayjon mugʻom, oʻzbek va tojik maqomlari va h.k.) uzining milliy doiralaridan chiqib jahon sahnalarida ijro etila boshladi, kompozitorlik ham ommaviy M. yoʻnalishlariga oʻz taʼsirini oʻtkazdi.

Oʻzbekistonda M., asosan, xalq va ogʻzaki anʼanadagi professional M. sifatida qadimdan rivojlanib kelgan. Xalq M.sidalapar, terma, yama, qoʻshiqlarttt turli xillari (marosim, maishiy, mehnat, oʻyin, raqs, lirik, nasihatomuz va boshqalar), ogʻzaki anʼanadagi oʻzbek professional M.sida esa doston, katta ashula, ashula, maqom, cholgʻu yoʻllari kabi janrlar mavjud. Oʻzbek M. merosida 4 asosiy mahalliy uslubni farqlash mumkin (qarang Buxoro-Samarqand musika uslubi, Xorazm musika uslubi, Fargʻona — Toshkent musika uslubi, Surxondaryo-Qashqadaryo muyesha uslubi). 20-asrda oʻzbek va boshqa Oʻrta Osiyo xalqlari M. merosini yozib olish va oʻrganish boʻyicha muhim ishlar bajarildi, yuzlab nota toʻplamlari va i. t.lar nashr etildi. Bastakor, xrfiz va sozandalar oʻzbek M. merosi durdonalari (Shashmakom, Xorazm makomlari, Faryuna-Toshkent makom yoʻllari va boshqalar) ni keng targʻib qilibgina qolmay, yangi cholgʻu kuy va ashulalar yaratdilar, dastlabki musiqali drama va komediya asarlarining muallif yoki hammuallifi boʻlishdi. 1930—40 yillarda Oʻzbekistonda avvallari boʻlmagan yangi (opera, balet, simfonik M., kamer M., konsert kabi) M. janrlari yuzaga keldi. Ular, ayniqsa, 1950—60 yillardan boshlab Oʻzbekiston kompozitorlari ijodida keng rivoj topdi, shuningdek, ommaviy M.ning estrada musiqasi, yoshlar musiqasi kabi yoʻnalishlari ham keng yoyilgan.

M. taʼlimi tizimi OʻzR Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufida bulib, 311 bolalar musiqa maktablari, 3 maxsus akademik litsey, 30 ga yaqin sanʼat, M. hamda madaniyat kollejlari, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent davlat madaniyat in-ti, M. Uygʻur nomidagi sanʼat in-ti va boshqa oliy oʻquv yurtlarida amalga oshiriladi.

Hozirda Oʻzbekistonda M. faoliyati asosan ijrochi jamoalar (turli orkestr, xor va ansambllar), "Oʻzbeknavo", Uzteleradiokompaniyasi tarkibidagi ijrochi guruxlar va yakkaxonlar, hamda mustaqil ravishda ijrochilik bilan shugʻullanayotgan ayrim xonanda va sozandalar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Abdumannon Nazarov, Olimjon Bekov.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Other Languages
Afrikaans: Musiek
Alemannisch: Musik
አማርኛ: ሙዚቃ
aragonés: Musica
Ænglisc: Drēam
العربية: موسيقى
ܐܪܡܝܐ: ܙܡܪܘܬܐ
مصرى: مزيكا
asturianu: Música
Aymar aru: Jaylliphust'a
azərbaycanca: Musiqi
تۆرکجه: موسیقی
башҡортса: Музыка
Boarisch: Musi
žemaitėška: Mozėka
беларуская: Музыка
беларуская (тарашкевіца)‎: Музыка
български: Музика
भोजपुरी: संगीत
bamanankan: Fɔlikan
বাংলা: সঙ্গীত
བོད་ཡིག: རོལ་དབྱངས།
বিষ্ণুপ্রিয়া মণিপুরী: এলা
brezhoneg: Sonerezh
bosanski: Muzika
буряад: Хүгжэм
català: Música
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Ĭng-ngŏk
нохчийн: Эшар
Cebuano: Musika
ᏣᎳᎩ: ᏗᎧᏃᎩᏛ
کوردی: مۆسیقا
corsu: Musica
čeština: Hudba
kaszëbsczi: Mùzyka
Чӑвашла: Мусăк
Cymraeg: Cerddoriaeth
dansk: Musik
Deutsch: Musik
Zazaki: Muzik
ދިވެހިބަސް: ސަންގީތު
Ελληνικά: Μουσική
English: Music
Esperanto: Muziko
español: Música
eesti: Muusika
euskara: Musika
estremeñu: Música
فارسی: موسیقی
suomi: Musiikki
Võro: Muusiga
føroyskt: Tónleikur
français: Musique
arpetan: Musica
Nordfriisk: Musiik
furlan: Musiche
Frysk: Muzyk
Gaeilge: Ceol
贛語: 音樂
Gàidhlig: Ceòl
galego: Música
Avañe'ẽ: Atõi
गोंयची कोंकणी / Gõychi Konknni: संगीत
𐌲𐌿𐍄𐌹𐍃𐌺: 𐍃𐌰𐌲𐌲𐍅𐌴𐌹𐍃
ગુજરાતી: સંગીત
Gaelg: Kiaull
Hausa: Kiɗa
客家語/Hak-kâ-ngî: Yîm-ngo̍k
עברית: מוזיקה
हिन्दी: संगीत
Fiji Hindi: Music
hrvatski: Glazba
Kreyòl ayisyen: Mizik
magyar: Zene
interlingua: Musica
Bahasa Indonesia: Musik
Interlingue: Música
Iñupiak: Atuutit
Ilokano: Musika
Ido: Muziko
íslenska: Tónlist
italiano: Musica
日本語: 音楽
Patois: Myuuzik
la .lojban.: zgike
Basa Jawa: Musik
ქართული: მუსიკა
Taqbaylit: Aẓawan
Kabɩyɛ: Minziiki
қазақша: Музыка
kalaallisut: Nipilersorneq
ភាសាខ្មែរ: តន្ត្រី
ಕನ್ನಡ: ಸಂಗೀತ
한국어: 음악
къарачай-малкъар: Музыка
कॉशुर / کٲشُر: موسیٖقی
Ripoarisch: Musick
kurdî: Muzîk
kernowek: Ylow
Кыргызча: Музыка
Latina: Musica
Ladino: Muzika
Lëtzebuergesch: Musek
лакку: Музыка
Lingua Franca Nova: Musica
Limburgs: Muziek
Ligure: Muxica
lumbaart: Müsega
lingála: Mizíki
ລາວ: ດົນຕີ
lietuvių: Muzika
latviešu: Mūzika
Basa Banyumasan: Musik
Malagasy: Mozika
македонски: Музика
മലയാളം: സംഗീതം
монгол: Хөгжим
मराठी: संगीत
Bahasa Melayu: Muzik
Malti: Mużika
Mirandés: Música
မြန်မာဘာသာ: ဂီတ
مازِرونی: ساز
Napulitano: Múseca
Plattdüütsch: Musik
Nedersaksies: Meziek
नेपाली: सङ्गीत
नेपाल भाषा: संगीत
Nederlands: Muziek
norsk nynorsk: Musikk
norsk: Musikk
Novial: Musike
Nouormand: Mûsique
occitan: Musica
Oromoo: Muuziqaa
ଓଡ଼ିଆ: ସଂଗୀତ
Ирон: Музыкæ
ਪੰਜਾਬੀ: ਸੰਗੀਤ
Pangasinan: Musik
Papiamentu: Musika
Norfuk / Pitkern: Myuusik
polski: Muzyka
Piemontèis: Mùsica
پنجابی: موسیقی
Ποντιακά: Μουσική
پښتو: سندارا
português: Música
Runa Simi: Taki kapchiy
română: Muzică
armãneashti: Muzicâ
русский: Музыка
русиньскый: Музика
संस्कृतम्: सङ्गीतम्
саха тыла: Музыка
sicilianu: Mùsica
Scots: Muisic
srpskohrvatski / српскохрватски: Muzika
Simple English: Music
slovenčina: Hudba
slovenščina: Glasba
Gagana Samoa: Mūsika
chiShona: Mimhanzi
Soomaaliga: Muusig
shqip: Muzika
српски / srpski: Музика
Seeltersk: Musik
Basa Sunda: Musik
svenska: Musik
Kiswahili: Muziki
ślůnski: Muzyka
தமிழ்: இசை
tetun: Muzika
тоҷикӣ: Мусиқӣ
ไทย: ดนตรี
Tagalog: Tugtugin
Türkçe: Müzik
Xitsonga: Vunanga
татарча/tatarça: Музыка
ئۇيغۇرچە / Uyghurche: مۇزىكا
українська: Музика
اردو: موسیقی
vèneto: Mùxega
vepsän kel’: Muzik
Tiếng Việt: Âm nhạc
walon: Muzike
Winaray: Musika
Wolof: Way
吴语: 音乐
isiXhosa: Umculo
მარგალური: მუსიკა
ייִדיש: מוזיק
Yorùbá: Orin
Vahcuengh: Yinhyoz
Zeêuws: Muziek
中文: 音乐
Bân-lâm-gú: Im-ga̍k
粵語: 音樂
isiZulu: Umculo