Muqaddas Rim imperiyasi

"MUQADDAS RIM IMPERIYASI" - oʻrta asrlardagi imperiya (962—1806). German qiroli Otton I tomonidan Shim. va Oʻrta Italiya (Rim bilan birga) boʻysundirilgach (962 yil), tashkil topgan. "M.Muqaddas Rim imperiyasi" tarkibiga: Chexiya, Burgundiya (Arelat), Niderlandiya, Shveysariya yerlari ham kirgan. Bu imperiya german zodagonlarining manfaatini himoya qilgan va bosqinchilik siyosati olib borgan. "M.Muqaddas Rim imperiyasi" 11 —13-asrlarda Rim papalari bilan investitura huquqini olish, Italiyaga xukmronlik qilish uchun kurashganlar. Oʻttiz yillik urush (1618—48)dan keyin imperator hokimiyati nomigagina saqlanib qolgan. Napoleon I ning gʻalabasi tu-fayli "M.Muqaddas Rim imperiyasi" ning bir qismi zabt etilishi va Gʻarbiy Germaniyada bir qancha hududiy oʻzgarishlar qilinishi oxirgi imperator Frans II ni taxtdan voz kechishga majbur qilgan. Shundan soʻng "M.Muqaddas Rim imperiyasi" rasman tugatilgan.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Other Languages
беларуская (тарашкевіца)‎: Сьвятая Рымская імпэрыя
Nordfriisk: Hilag Röömsk Rik
客家語/Hak-kâ-ngî: Sṳ̀n-sṳn Lò-mâ Ti-koet
interlingua: Sacre Imperio Roman
Bahasa Indonesia: Kekaisaran Romawi Suci
Lingua Franca Nova: Impero Roman Santa
Bahasa Melayu: Empayar Suci Rom
Nedersaksies: Heilige Roomse Riek
Piemontèis: Imperi Roman Sacrà
srpskohrvatski / српскохрватски: Sveto Rimsko Carstvo
Simple English: Holy Roman Empire
slovenščina: Sveto rimsko cesarstvo
татарча/tatarça: İzge Rim imperiäse
West-Vlams: Illig Rôoms Ryk