Monopoliya

Monopoliya atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (yaʼni, grekcha „monoc“ — yagona, bitta va „poleo“ — sotaman) tarkib topsada, uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.

Monopoliya (yun. mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan fa-oliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. M. ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, so-hibkor shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi. M. koʻrinishlari qadimdan mavjud. Noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv havzalari, oʻrmonlar va boshqa tabiiy manbalar ozchilik qoʻlida toʻplanib, egalariga monopol mavqe bergan, ular maʼlum mahsulotni bozorgatanho yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron boʻlganlar. M. oʻz tabiatiga koʻra ishlab chiqarish da turgʻunlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda koʻrish, raqobatning yoʻqligi yoki zaifligidan foydalanib bozorga oʻz izmini oʻtkazish mumkin. M. bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto bozor iqtisodiyoti hukmron davlatlar mono-poliyaga qarshi choratadbirlarni koʻradilar. M.ning asosiy shakllari — kartel, sindikat, trest, konsernlar hisoblanadi (q. Monopoliyaga karshi sonunchilik).[1]

Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning toʻplanishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning toʻplanishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda toʻplanishini namoyon etadi.

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Other Languages
Afrikaans: Monopolie
العربية: احتكار
مصرى: احتكار
asturianu: Monopoliu
azərbaycanca: İnhisar
беларуская: Манаполія
беларуская (тарашкевіца)‎: Манаполія
български: Монопол
Bahasa Banjar: Kuluh
bosanski: Monopol
català: Monopoli
čeština: Monopol
Cymraeg: Monopoli
dansk: Monopol
Deutsch: Monopol
Ελληνικά: Μονοπώλιο
English: Monopoly
Esperanto: Monopolo
español: Monopolio
eesti: Monopol
euskara: Monopolio
فارسی: انحصار
suomi: Monopoli
føroyskt: Einahandil
français: Monopole
Gaeilge: Monaplacht
galego: Monopolio
עברית: מונופול
हिन्दी: एकाधिकार
hrvatski: Monopol
magyar: Monopólium
Հայերեն: Մենաշնորհ
interlingua: Monopolio
Bahasa Indonesia: Pasar monopoli
íslenska: Einokun
italiano: Monopolio
日本語: 独占
한국어: 독점
Latina: Monopolium
Lëtzebuergesch: Monopol
Lingua Franca Nova: Monopolio
lietuvių: Monopolija
latviešu: Monopols
македонски: Монопол
मराठी: एकाधिकार
Bahasa Melayu: Monopoli
Nederlands: Monopolie
norsk nynorsk: Monopol
norsk: Monopol
occitan: Monopòli
polski: Monopol
پښتو: انحصار
português: Monopólio
română: Monopol
русский: Монополия
Scots: Monopoly
srpskohrvatski / српскохрватски: Monopol
Simple English: Monopoly
slovenčina: Monopol ponuky
slovenščina: Monopol
shqip: Monopoli
српски / srpski: Монопол
svenska: Monopol
Kiswahili: Uhodhisoko
தமிழ்: ஏகபோகம்
Tagalog: Monopolyo
Türkçe: Tekel
українська: Монополія
ייִדיש: מאנאפאל
中文: 垄断
文言: 壟斷
Bân-lâm-gú: To̍k-chiàm
粵語: 壟斷