Mollyuskalar

Mollyuskalar (Mollusca) — umurtqasiz hayvonlar tipi. Gavdasi, odatda, bosh, tana va oyoq boʻlimlaridan iborat (ikki pallalilardan tashkari). Tanasi mantiya deb ataladigan teri burmasi bilan oʻralgan. Mantiya bilan tanasi oraligʻida mantiya boʻshligʻi boʻladi. Bu boʻshlikda jabralar va boshqa organlar joylashgan. Ayirish, orka chiqaruv va jinsiy teshiklar ham mantiya boʻshligʻiga ochiladi. Mantiya tananing orqa tomonida chigʻanoq hosil qiladi. Chigʻanoq tanani himoya qilib turadi. Harakat organi tananing qorin tomonidan hosil boʻladigan yassi yoki ponasimon yagona oyoqdan iborat. Ikkilamchi tana boʻshligʻi gʻovak biriktiruvchi toʻqima bilan toʻlgan; selom va uning qoldigʻi yurakoldi xaltasi (perikardiy)ni va jinsiy bezlar atrofidagi boʻshliqni hosil qiladi. Qon aylanish sistemasi tutashmagan; qon tomirlardan. hamda tana boʻshligʻi qoldikdari— lakunlar va sinuslar orqali oqib oʻtadi. Yuragi qorincha va boʻlmacha deb ataladigan 2 yoki 4 ta ka-meradan iborat. Nafas organlari ktenidiy deb ataladigan jabralardan, quruklikda va koʻpchilik chuchuk suvda yashaydigan M.da oʻpkadan iborat. Ayirish organi halqali chuvalchanglarnpnt metanefridiylariga oʻxshash tuzilgan bir juft naysimon buyraklardan tashkil topgan. Buyragi yurakoldi xaltasidan boshlanib, chiqarish sifoni deb ataladigan mantiya boʻshligʻiga ochiladi. Nerv sistemasi koʻpchilik M.da tananing turli qismida joylashgan 3 yoki 5 juft nerv tugunlaridan iborat. Tuban tuzilgan M. nerv sistemasi xalqum atrofi nerv halqasi hamda tana boʻylab joylashgan nerv stvollaridan tuzilgan. Ayrim M.ning bosh nerv tu-guni kuchli rivojlanib, bosh miyani hosil qiladi (boshoyokdilar). Faol hayot kechiruvchi turlarida sezgi organlari (koʻzlar, paypaslagichlar) rivojlangan. M. ayrim jinsli yoki germafrodit (q. Germafroditizm). Dengiz Mollyuskalar tuxumidan troxofora yoki veliger (yelkancha) lichinkasi chiqadi. Boshoyoklilar, quruklik va chuchuk suv qorinoyokdilari metamorfozsiz (oʻzgarishsiz) rivojlanadi.

M. yonbosh nervlilar va chigʻanoklilar kenja tipiga boʻlinadi. 1-kenja tip 2 yoki 3 ta sinfga, 2tip 5 ta sinfga boʻlinadi. 130 mingga yaqin turi maʼlum. Yer yuzida juda keng tarqalgan; bir qancha turlari quruklikda va chuchuk suvlarda; koʻpchilik turlari dengizlarda hayot kechiradi. Koʻpchilik M. suv tubi (bentos)da yashaydi. M. suv xayvonlari uchun oziqsifatida katta ahamiyatga ega. Bir qancha turlari (ustritsalar, kalmarlar, midiyalar, dengiz taroqchalari, tok shilligʻi) isteʼmol qilinadi. Marvariddorlardan marvarid olinadi. Marvariddorlar, midiyalar maxsus koʻpaytiriladi (q. Akvakultura). Quruklikdatarqalgan ayrim M. (tok shilliq qurti, yalangʻoch shilliq) ekinlarni yeb, katta ziyon keltiradi. Chuchuk suv shilligʻi jigar qurtining oraliq xoʻjayini hisoblanadi.

Ld.:Mavlonov O., Xurramov Sh., Norboyev 3., Umurtqasizlar zoologiyasi, T., 2002.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Other Languages
Afrikaans: Weekdiere
Alemannisch: Weichtiere
አማርኛ: ዛጎል ለበስ
aragonés: Mollusca
العربية: رخويات
asturianu: Mollusca
azərbaycanca: Molyusklar
تۆرکجه: مولیوسکلار
башҡортса: Моллюскылар
беларуская: Малюскі
беларуская (тарашкевіца)‎: Малюскі
български: Мекотели
বাংলা: মলাস্কা
brezhoneg: Blotvil
bosanski: Mehkušci
català: Mol·luscs
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Niōng-tā̤ dông-ŭk
Cebuano: Kinhason
čeština: Měkkýši
Cymraeg: Molwsg
dansk: Bløddyr
Deutsch: Weichtiere
Ελληνικά: Μαλάκια
English: Mollusca
Esperanto: Moluskoj
español: Mollusca
eesti: Limused
euskara: Molusku
فارسی: نرم‌تنان
føroyskt: Lindýr
français: Mollusca
Nordfriisk: Wokdiarten
Gaeilge: Moileasc
galego: Moluscos
Avañe'ẽ: Syrymbe
עברית: רכיכות
हिन्दी: मोलस्का
hrvatski: Mekušci
hornjoserbsce: Mjechkuše
magyar: Puhatestűek
interlingua: Mollusca
Bahasa Indonesia: Moluska
Ido: Molusko
íslenska: Lindýr
italiano: Mollusca
日本語: 軟体動物
Basa Jawa: Moluska
ქართული: მოლუსკები
한국어: 연체동물
Кыргызча: Моллюскалар
Latina: Mollusca
Lëtzebuergesch: Weechdéieren
Lingua Franca Nova: Molusco
Limburgs: Weikdere
lietuvių: Moliuskai
latviešu: Gliemji
македонски: Мекотели
മലയാളം: മൊളസ്ക
Bahasa Melayu: Moluska
Napulitano: Mollusca
Plattdüütsch: Weekdeerter
Nederlands: Weekdieren
norsk nynorsk: Blautdyr
norsk: Bløtdyr
occitan: Mollusca
ଓଡ଼ିଆ: ସନ୍ଧିପଦ
ਪੰਜਾਬੀ: ਮੋਲਸਕਾ
polski: Mięczaki
پنجابی: مولسکا
português: Moluscos
Runa Simi: Llamp'uka
română: Moluscă
tarandíne: Mollusca
русский: Моллюски
Kinyarwanda: Ikinyamushongo
Scots: Mollusca
srpskohrvatski / српскохрватски: Mekušci
Simple English: Mollusc
slovenčina: Mäkkýše
slovenščina: Mehkužci
српски / srpski: Мекушци
svenska: Blötdjur
Kiswahili: Moluska
తెలుగు: మొలస్కా
tetun: Molusku
Tagalog: Mollusca
Türkçe: Yumuşakçalar
українська: Молюски
vèneto: Mołusco
West-Vlams: Molluuskn
Winaray: Mollusca
ייִדיש: מאלוסקן
中文: 软体动物
Bân-lâm-gú: Nńg-thé tōng-bu̍t
粵語: 軟體動物