Millatchilik

Millatchilik deb millatni jamiyat birligining eng yuqori shakli va davlat shakllanishida birlamchi deb qarovchi siyosiy yoki gʻoyaviy yoʻnalishga aytiladi. Siyosiy harakat sifatida davlat bilan munosabatlarda maʼlum bir milliy jamoaning manfaatlarini himoya qilishga intiladi.

Millatchilik oʻz millatiga sadoqatni, uning siyosiy mustaqilligini va oʻz xalqi faravonligiga xizmat qilishni, millatning madaniy va manaviy yuksalishini, millatning yashash sharoitlarini, yashash hududini, iqtisodiy zaxiralarini va manaviy qadriyatlarini amalda saqlab qolish maqsadida milliy oʻzlikni anglash asosida birlashishni targʻib etadi. U vatanparvarlikka yaqin milliy tuygʻuga suyanadi. Bu gʻoya qarama-qarshi sinfiy manfaatlarga qaramasdan, jamiyatning turli qatlamlarini birlashtirishga intiladi.

Bugungi kundagi radikal harakatlar oʻziga millatchi tus berishi tufayli „millatchilik“ yoki „natsionalizm“ tushunchalari etnik, madaniy va diniy toqatsizlik bilan koʻp bogʻlanadi.  Bunaqa toqatsizlik millatchilikda moʻtadil oqimlar tarafdorlari tomonidan qoralanadi.

Koʻpincha OAVda „millatchilik“ soʻzi ostida etnik millatchilik va unnig bir millatni boshqa millatdan ustun qoʻyishga urgʻu beradigan shovinizm va ksenofobiya kabi keskin shakllari nazarda tutiladi. Millatlar aro nizoni yuzaga keltirish va etnik diskriminatsiya kabi etnik millatchilikning koʻplab koʻrinishlari xalqaro qonunbuzarliklarga kiradi.

Taʼlimoti

Millatchilik — bu avvalam bor gʻoya[1] va u quyidagi elementlarni oʻzida mujassam etadi:

  • Millatlarning mavjudligi. Millatchilik insoniyat tabiat qonunlari asosida bir biridan maʼlum bir xususiyatlari bilan farq qiladigan fundamental birliklarga — avtonom va toʻlaqonli millatlarga ajratilganligini eʼtirof etadi.
  • Millatlarning oʻz taqdirini oʻzi hal qilish suveren huquqi. Milliy loyihalar faqat oʻz davlatida amalga oshirila oladi. Millat oʻzining aʼzolaridan iborat davlat tashkil qilishga haqli. Har bir hududiy-maʼmuriy birlik uchun siyosiy chegaralar madaniy-etnik chegaralarga toʻgʻri kelishi kerak. Shunday qilib millat aniq chegaralangan hududda oliy (suveren) hokimiyatga ega.
  • Davlat qurish jarayonidagi millatning birlamchiligi. Millat butun siyosiy hokiniyatning manbaidir. Hukumatning yagona legitim turi milliy oʻzini oʻzi boshqarishdir. Millatning har bir aʼzosi siyosiy jarayonda bevosita ishtirok etish huquqiga ega.
  • Milliy oʻzlik. Millatchilik bitta maʼmuriy-hududiy birlik doirasida til va madaniyat umumiyligi boʻlishi lozimligini taʼkidlaydi. Odomlar erkinlik va salohiyatlarini realizatsiya qilish uchun oʻzini millatga bogʻlashadi. Boshqa tarafdan, millat oʻzini hech qaysi guruhga mansubligini his etmaydiganlarga ham aʼzolik va oʻzlik (identifikatsiya) beradi.[2]
  • Birdamlik. Birlikka maʼlum bir madaniyatni majburan singdirish bilan emas, balki insonlarning muhabbat va aka-ukachilik asosida birlashuvi evaziga erishiladi. Aʼzolar birdamlik iplari his etishi va bir xil emas, balki bir birlarini toʻldirib harakat qilishlari muhim sanaladi.
  • Millat oliy qadriyat sifatida. Alohida shaxsning milliy davlatga sodiqligi shaxsiy va boshqa guruhbozlik manfaatlaridan ustun. Fuqarolarning vazifasi — oʻz davlatining legitimligini (qonuniyligini) ushlab turish. Milliy davlatni mustahkamlash hurriyat va osoyishtalikni taminlanishining bosh shartidir.
  • Ommaviy taʼlim. Odamlar millatning hayotida toʻlaqonli ishtirok etish va uning millati, tarixi, tili bilan bogʻlanish uchun har tomonlama taʼlim olishlari kerak.

Millatchilik millatlarning farqlarini, koloritini, oʻziga xosligini taʼkidlaydi. Bu xususiyatlar madaniy-etnikdir. Milliy oʻzlikni anglash madaniyatga chetdan kelgan qoʻshimlarni anglashga va oʻz millati foydasiga keyinchalik boshqa madaniyatlardan yaxshi taraflarini olish istiqbollarini tahlil qilishga xizmat qiladi.[3]

Bundan tashqari millatchilik millatni shaxsiyatning ekvivalenti, iqtimoiy organizm sifatida koʻradi. Insonlarning, ularning ijtimoiy darajasi va kelib chiqishidan qatʼi nazar, qonun oldida tengligi millatlarning, ularning kuchi va kattaligidan qatʼi nazar, xalqaro qonunchilik nuqtai nazaridan tengligiga toʻgʻri keladi. Millat shuningdek hozirgi avlodni oldingilari va boʻlajak avlodlar bilan bogʻlab turadi, bu esa odamlarni oʻzini qurbon qilishga, hatto millatni qutqarish uchun jonini berishga chorlaydi.[4]

Other Languages
Afrikaans: Nasionalisme
Alemannisch: Nationalismus
aragonés: Nacionalismo
العربية: قومية
অসমীয়া: জাতীয়তাবাদ
asturianu: Nacionalismu
azərbaycanca: Millətçilik
башҡортса: Милләтселек
žemaitėška: Naciuonalėzmos
беларуская: Нацыяналізм
беларуская (тарашкевіца)‎: Нацыяналізм
български: Национализъм
brezhoneg: Broadelouriezh
bosanski: Nacionalizam
català: Nacionalisme
нохчийн: Национализм
čeština: Nacionalismus
Deutsch: Nationalismus
Ελληνικά: Εθνικισμός
English: Nationalism
Esperanto: Naciismo
español: Nacionalismo
eesti: Rahvuslus
euskara: Nazionalismo
estremeñu: Nacionalismu
føroyskt: Nationalisma
français: Nationalisme
galego: Nacionalismo
עברית: לאומיות
हिन्दी: राष्ट्रवाद
Fiji Hindi: Rastryawaad
hrvatski: Nacionalizam
Bahasa Indonesia: Nasionalisme
Ilokano: Nasionalismo
italiano: Nazionalismo
Patois: Nashinalizim
Basa Jawa: Nasionalisme
қазақша: Ұлтшылдық
한국어: 내셔널리즘
къарачай-малкъар: Миллетчилик
Ladino: Nasionalizmo
Limburgs: Nationalisme
lumbaart: Naziunalism
lietuvių: Nacionalizmas
latviešu: Nacionālisms
македонски: Национализам
മലയാളം: ദേശീയത
Bahasa Melayu: Nasionalisme
Mirandés: Nacionalismo
မြန်မာဘာသာ: အမျိုးသားရေးဝါဒ
مازِرونی: ناسیونالیسم
नेपाल भाषा: राष्ट्रवाद
Nederlands: Nationalisme
norsk nynorsk: Nasjonalisme
occitan: Nacionalisme
ਪੰਜਾਬੀ: ਕੌਮਪ੍ਰਸਤੀ
polski: Nacjonalizm
Piemontèis: Nassionalism
پنجابی: نیشنلزم
português: Nacionalismo
rumantsch: Naziunalissem
română: Naționalism
русский: Национализм
русиньскый: Націоналізм
саха тыла: Национализм
sicilianu: Nazziunalismu
davvisámegiella: Nationalisma
srpskohrvatski / српскохрватски: Nacionalizam
Simple English: Nationalism
slovenčina: Nacionalizmus
slovenščina: Nacionalizem
српски / srpski: Национализам
svenska: Nationalism
Kiswahili: Utaifa
Türkçe: Milliyetçilik
татарча/tatarça: Милләтчелек
тыва дыл: Национализм
ئۇيغۇرچە / Uyghurche: مىللەتچىلىك
українська: Націоналізм
Tiếng Việt: Chủ nghĩa dân tộc
Winaray: Nasyonalismó
მარგალური: ნაციონალიზმი
中文: 民族主義
Bân-lâm-gú: Bîn-cho̍k-chú-gī
粵語: 民族主義