Meva

Meva (fructus) — yottiq urugʻli oʻsimliklarning urugʻli organi; odatda, urugʻlanish natijasida hosil boʻladi. Ammo, partenogenez yoʻli bilan koʻpayadigan oʻsimliklar M.si (partenokarp M.) urugʻlanishsiz yuzaga keladi va urugʻsiz boʻladi. M.larning shakli, kattaligi va rangi har xil. M. bitta tu-gunchadan hosil boʻlsa (oʻrik, gilos, olcha, mosh, jagʻjagʻ va boshqalar) oddiy yoki asl M., bir guldagi bir necha tugunchadan yuzaga kelsa (malina, maymunjon, ayiqtovon va boshqalar) murakkab M., tuguncha va guldagi boshqa qismlarning ishtirokida shakllanadigan boʻlsa (qulupnay, tut, olma va boshqalar) soxta M. deb ataladi.

M. 3 qismdan — sirtqi qism yoki poʻst (ekzokarp)dan, poʻstsimon yoki yogʻochlangan qism (endokarp) va ular oʻrtasiga joylashgan oraliq qism (mezokarp) — meva etidan iborat. Hoʻl (etli, sersuv) va quruq (yupqa, quruq) M.lar bor. Hoʻl M.lar danakli (oʻrik, shaftoli, olcha va boshqalar) va urugʻli (olma, qovun, bodring va boshqalar) mevalarga boʻlinadi. Ular pishganda ochiladigan va ochilmaydigan boʻladi. Quruq M. tuzilishiga qarab bir nechtaga boʻlinadi: yongʻoq M.lar — poʻsti qattiq yogʻochsimon (yongʻoq, oʻrmon yongʻogʻi va boshqalar); pista M.lar — poʻsti dagʻal (kungaboqar, maxsar va boshqalar); doncha M.lar — poʻsti yupqa, urugʻga yopishgan (arpa, bugʻdoy. sholi, tariq va boshqalar) va qanotchali M.lar — urugʻida qanotchasimon parda boʻladi (qayragʻoch, shumtol, zarang va boshqalarda). Ochiladigan M.lar, odatda, koʻp urugʻli boʻlib, ochilish usuli va xonalarining soniga qarab bir necha xilga ajratiladi. Bargak M. — sallagul, isparak, tasmachoʻp; qoʻzok M. — turp, sholgʻom, indov; qoʻzoqcha M. — oʻsma, jagʻjagʻ, qatron; koʻsak M. — gʻoʻza, koʻknor, lolaqizgʻaldoq oʻsimliklarida uchraydi. Boʻlinadigan M.lar ikki va koʻp xonali tugunchadan hosil boʻlib, pishganda ayrim mevachalarga ajraladi (kashnich, ukrop, kovrak, kampir-chopon, tuyaqorin va boshqalarning M.lari). M. tiplarini sistemaga soluvchi har xil tasniflar taklif qilingan, lekin ularning hammasini ham mukammal deb boʻlmaydi. Arman olimi A. L. Taxtajyan M.ni tutashmagan mevabarglardan hosil boʻlgan apokarp M. va tutashgan meva barglardan tuzilgan senokarp M.ga ajratadi. Senokarp M.ni sinkarp, parakarp valizikarpga ajratdi. Apokarp M. eng soddasi hisoblanadi. M.ning biologik ahamiyati urugʻlarni himoyalash va tarqatishdir. Mevaqat urugʻlarni pishib yetilmasdan qurib qolish, shikastlanish va hayvonlarga yem boʻlishdan saqlaydi. M. shamol, suv, odam va hayvonlar yordamida tarqaladi. M. qimmatbaho oziq moddalar (oqsil, moy, uglevod va vitaminlar)ga boy. Koʻp oʻsimliklarning M.larini odam va hayvonlar isteʼmol qiladi, ulardan dori va boʻyoqlar tayyorlanadi. Begona va zaharli oʻsimliklarning M.si xoʻjalikka zarar yetkazadi.

Qandolatchilik mahsulotlari — shirinliklar, poliz ekinlari va mevali daraxtlar mahsuloti ham M. deyiladi.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Other Languages
Alemannisch: Obst
aragonés: Fruita
العربية: فاكهة
مصرى: فواكه
asturianu: Fruta
Boarisch: Obst
беларуская: Садавіна
беларуская (тарашкевіца)‎: Садавіна
bosanski: Voće
català: Fruita
нохчийн: Cтом
čeština: Ovoce
Deutsch: Obst
dolnoserbski: Sad
Ελληνικά: Φρούτα
Esperanto: Manĝebla frukto
español: Fruta
eesti: Puuvili
Võro: Puuvili
galego: Froita
hrvatski: Voće
hornjoserbsce: Sad
հայերեն: Միրգ
italiano: Frutta
日本語: 果物
Kabɩyɛ: Tɩŋ piye
한국어: 과일
Ripoarisch: Obs
Кыргызча: Жемиштер
Lëtzebuergesch: Uebst
lumbaart: Früta
македонски: Овошје
Plattdüütsch: Aaft
Nederlands: Fruit
português: Fruta
Runa Simi: Wayu
русский: Фрукт
русиньскый: Овоцина
संस्कृतम्: फलम्
ᱥᱟᱱᱛᱟᱲᱤ: ᱡᱚ
sicilianu: Frutta
srpskohrvatski / српскохрватски: Voće
slovenčina: Ovocie
slovenščina: Sadje
српски / srpski: Воће
українська: Фрукт
vèneto: Fruta
West-Vlams: Fruut
吴语: 水果
isiXhosa: Isiqhamo
მარგალური: ხილი
Vahcuengh: Mak
中文: 水果
粵語: 生果