Maydon

Maydon — ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi. Oʻtmishda Ossuriya, Bobil, qad. Misrdagi saroy va ibodatxonalar majmuasi tarkibida dabdabali hovli — Maydonlar boʻlgan. Ularning meʼmoriy anʼanalarini yunonlar (agara) va qad. rimliklar (form) davom ettirgan. 12— 14-asrlarla Yevropa shaharlaridagi savdo-sotiq qilinadigan Maydonlarbosh Maydon hisoblangan. Uyyunish davriyaa Maydonlar shahar hayotida katta ahamiyatga ega boʻlib, Maydonga yigilgan xalqqa zʼlon va farmoyishlar oʻqilgan. vaʼz aytilgan. Barokko, klassitsizm uslubida doirasimon, koʻpburchami, murakkab shakldagi Maydonlar shaharsozlikning tarkibiy qismiga aylantirilgan.

Oʻrta Osiyo shaqarlarila 14—16-asrlarda savdo-sotiq qilinadigan gavjum joylardagi Maydonlar (mas, Registon. Chorsu) shaharsozlikning noyob namunasi sifatida diqqatga sazovordir.

Zamonaviy shaharsozlikla Maydonlarning 2 turi (transport va piyodalar uchun) keng tarqalgan. Transport Maydon transport harakatiga koʻproq ixtisoslashgan, aniq maqsalga moʻljallangan boʻladi; vokzal oldi Maydon stadion, sport majmualari, sanoat korxonalari yonidagi transportlar qoʻyiladigan Maydon va boshqa Piyolalarga moʻljallaigan Maydonlar namoyishlar oʻtadigan bosh Maydon, teatr, bozor. memorial (mashhur shaxslar yoki tarixiy sanalar nomi bilan atalaligan) Maydonlarga boʻlinali. Bunday Maydonlar monumental sanʼat asarlari, yirik va goʻzal bi-nolar, kichik meʼmoriy shakllar, meʼmoriy ansambllarni tashkil etadi. Ularda har xil namoyish, miting , ommaviy sayil va boshqa oʻtkaziladi (qarang Mustaqillik maydoni).[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Other Languages