Markaziy Osiyo
English: Central Asia

Markaziy Osiyo
Markaziy Osiyo
Markaziy Osiyo
Markaziy Osiyo
Markaziy Osiyo XIII asr
Markaziy Osiyo 1914-yil
Markaziy Osiyo 1920-yil
Markaziy Osiyo 2019-yil

Markaziy Osiyo - Osiyo materigining ichki qismidagi tabiiy oblast. Maydoni 6 mln. km². Shim. va gʻarbiy chekkasi Mongoliya, XXR bilan RF oʻrtasidagi davlat chegarasigacha boʻlib, sharqi Katta Shinjon, jan. esa Tibet hududidagi Sangpo (Brahmaputra) daryosi va Hind daryosining yuqori qismi bilan oʻralgan. M.O. dengiz sathidan ancha baland joylashgan. Relyefi kenglik boʻylab choʻzilgan togʻ tizmalari (Mongoliya Oltoyi, Xangay, Xentey, Tyan-shan, Nanshan, Kunlun) va keng hamda ancha chuqur botiklar (Jungoriya, Gʻarbiy Mongoliyadagi Katta Koʻllar soyligi, Tarim, Saydam)dan iborat. Ayrim joylarida mutlaq balandlik dengiz sathidan past (mas, Turfon botigʻi — 154 m). Qum va shagʻalli baland tekisliklar, kichik togʻ koʻp. Iqlimi hamma yerda keskin kontinental, choʻl iqlimi; yogʻin kam, yiliga oʻrtacha 100–200 mm, markaziy qismlarida 10–30 mm, chekkalarida 300– 400 mm, jan.-sharqida, Tibet togʻlarining chetlarida 1000 mm va undan ham koʻproq. Qishda antitsiklon taʼsirida qattiq sovuq boʻladi, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —10°, —25°, eng past temperatura —50°, —52°. Tyanshan, Nanshan, Qoraqurum togʻlarida muzliklar bor. Selenga, Irtish, Xuanxe, Yanszi, Brahmaputra, Hind, Mekong , Tarim, Xaydikgol, Kobdo, Tes, Manas, Urungu, Edzin-gol daryolari togʻlardan boshlanadi. Chuchuk suvli eng katta Xubsugul oqar koʻlining maydoni 2620 km², eng chuqur joyi — 238 m. M.O.da Gobi, Takla-. Makon, Alashan va boshqa choʻllar katta maydonni egallagan. Choʻl va chala choʻllar baland togʻlargacha koʻtarilib boradi. Balandlik mintaqalari Nanshanning sharqiy qismida, sharqiy Tyanshanning shim. yon bagʻirlarida va Mongoliya Oltoyiningjan.-gʻarbiy yon bagʻirlarida uchraydi. Xangay, Xentey togʻlari va Tibet togʻligining jan.-sharqiy chetlarida anchagina oʻrmonlar bor.[1]

Markaziy Osiyo deganda, Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin mustaqillikka erishgan beshta musulmon respublikalar: Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston nazarda tutiladi.

Sovetlar davrida bu hududga O‘rta Osiyo va Qozog‘iston atamasi qo‘llanilgan.Lekin, 1991 yilda mustaqillikka erishilgandan keyin, ham ushbu davlatlar, ham horijiy davlatlar Markaziy Osiyo atamasini qo‘llana boshlashdi. 1992 yilda besh davlat rahbarlari rasmiy uchrashuvida Markaziy Osiyo atamasini qabul qilishdi. Hozirda, bu atama dunyo hamjamiyati tomonidan qabul qilingan. Aksariyat halqaro tashkilot va tadqiqot institutlarida, Markaziy Osiyo bo‘limlari ochilgan.

Lekin, geografik nuqtai nazardan yondoshilsa, Markaziy Osiyoga Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston va Xitoyning Uyg‘ur viloyatlari ham kiradi. Bundan tashqari „Greater Central Asia“ yoki, Kengroq Markaziy Osiyo atamasi bo‘r. Bu hududga, bazi siyosatchilar va tadqiqotchilar, ushbu zikr etilgan davlatlardan tashqari, Eron, Ozarbayjon, Turkiya, hatto Hindistonning bazi qismlarini ham qo‘shishadi.

Markaziy Osiyo darajasida, maʼlum bir maʼnoda hududiy hamkorlik harakatlari ham mavjud.Bu harakatlarning misolida Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkilotini ham ko‘rsatish mumkin. Lekin, hozirgacha bunday harakatlarda maʼlum bir tartiblilik va davomiylik bo‘lmadi.

Yirik shaharlari

ShaharDavlatAholiTasvirMaʼlumotlar
ToshkentOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston2,180,000
(2008)
Vue de l'Aqua-Park - Tachkent.jpgToshkent — Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri — O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Aholisi 2 million 300 ming kishini tashkil etadi.
Ashxobod Turkmenistan695,300
(2001)
Ashxobod — Oʻrta Osiyoda joylashgan Turkmaniston Respublikasining poytaxti.
Qobul Afghanistan3,000,000
(2008)
Kabul Skyline.jpgAfgʻoniston poytaxti.
Peshavar Pakistan2,955,254
(2006)
Mashhad Iran2,427,316
(2006)
200px
UrumchiXitoy2,681,834
(2006)
Urumchi (trans.: vulumuchi) — shimoli-gʻarbiy Xitoydagi eng katta va tez rivojlanayotgan shahar. Aholisi soni 2,1 milliondan ortiq. Urumchi dengizdan eng uzoq boʻlgan katta shahardir. Tyanshan togʻlarining shimolida joylashgan.
Mozori Sharif Afghanistan300,600
(2008)
Mazar-e sharif - Steve Evans.jpg
Ulan BatorMoʻgʻuliston bayrog'i Mongoliya1,067,472
(2008)
UlaanBaatar-2009.jpg
Samarqand Uzbekistan596,300
(2008)
Registan square 2014.JPGSamarqand — Oʻzbekiston shaharlaridan biri, Samarqand viloyatining markaziy shahri.
Bishkek Kyrgyzstan1,250,000
(2007)
Bischkek.jpg
Oʻsh Kyrgyzstan232,800
(2009)
Osh 03-2016 img28 view from Sulayman Mountain.jpgOʻsh Markazi osiyoning qadimiy shaharlaridan biri uning tarihi 3000 yilga borib taqaladi aholisining asosiy qismi oʻzbeklar u qirgʻizistoning ikkinchi poytaxti va oʻsh vil.ning mamuriy markazi.
Ostona Kazakhstan700,000
(2009)
Astana1.jpeg
Dushanbe Tajikistan679,400
(2008)
Dushanbe1.JPG
Buxoro Uzbekistan237,900
(1999)
Kalon-Ensemble Buchara.jpg
Olmota Kazakhstan1,420,747
(2009)
Andijon Uzbekistan379,400
(2011)
Andijan.PNG

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Other Languages
Afrikaans: Sentraal-Asië
aragonés: Asia Central
Ænglisc: Middelasia
العربية: آسيا الوسطى
asturianu: Asia Central
azərbaycanca: Mərkəzi Asiya
تۆرکجه: اورتا آسیا
башҡортса: Үҙәк Азия
žemaitėška: Vėdorė Azėjė
беларуская: Цэнтральная Азія
беларуская (тарашкевіца)‎: Цэнтральная Азія
български: Централна Азия
brezhoneg: Azia ar C'hreiz
bosanski: Srednja Azija
català: Àsia Central
нохчийн: Юккъера Ази
qırımtatarca: Orta Asiya
čeština: Střední Asie
Чӑвашла: Тĕп Ази
Deutsch: Zentralasien
Ελληνικά: Κεντρική Ασία
English: Central Asia
Esperanto: Centra Azio
español: Asia Central
eesti: Kesk-Aasia
français: Asie centrale
Nordfriisk: Madelaasien
galego: Asia Central
Avañe'ẽ: Mbyte Ásia
客家語/Hak-kâ-ngî: Chûng-Â
עברית: מרכז אסיה
हिन्दी: मध्य एशिया
hrvatski: Srednja Azija
hornjoserbsce: Srjedźna Azija
Bahasa Indonesia: Asia Tengah
íslenska: Mið-Asía
italiano: Asia centrale
日本語: 中央アジア
Qaraqalpaqsha: Orayliq Aziya
қазақша: Орталық Азия
ភាសាខ្មែរ: អាស៊ីកណ្ដាល
한국어: 중앙아시아
kernowek: Asi Gres
Кыргызча: Орто Азия
Latina: Media Asia
Lëtzebuergesch: Zentralasien
Lingua Franca Nova: Asia sentral
Limburgs: Centraal-Azië
lumbaart: Asia Centrala
lietuvių: Vidurinė Azija
latviešu: Centrālāzija
मैथिली: मध्य एसिया
Basa Banyumasan: Asia Tengah
Malagasy: Azia Afovoany
Minangkabau: Asia Tangah
македонски: Средна Азија
മലയാളം: മദ്ധ്യേഷ്യ
монгол: Төв Ази
Bahasa Melayu: Asia Tengah
မြန်မာဘာသာ: အလယ်အာရှ
नेपाली: मध्य एसिया
Nederlands: Centraal-Azië
norsk nynorsk: Sentral-Asia
Nouormand: Âsie du Mitan
occitan: Asia Centrala
ଓଡ଼ିଆ: ମଧ୍ୟ ଏସିଆ
português: Ásia Central
română: Asia Centrală
саха тыла: Киин Азия
ᱥᱟᱱᱛᱟᱲᱤ: ᱛᱟᱞᱢᱟ ᱮᱥᱤᱭᱟ
sicilianu: Asia cintrali
srpskohrvatski / српскохрватски: Srednja Azija
Simple English: Central Asia
slovenčina: Stredná Ázia
slovenščina: Srednja Azija
Soomaaliga: Aasiyada Dhexe
српски / srpski: Средња Азија
svenska: Centralasien
Kiswahili: Asia ya Kati
தமிழ்: நடு ஆசியா
తెలుగు: మధ్య ఆసియా
Türkmençe: Merkezi Aziýa
Tagalog: Gitnang Asya
Türkçe: Orta Asya
татарча/tatarça: Үзәк Азия
ئۇيغۇرچە / Uyghurche: ئوتتۇرا ئاسىيا
українська: Центральна Азія
Tiếng Việt: Trung Á
Wolof: Diggu Asi
吴语: 中亞
მარგალური: ცენტრალური აზია
Yorùbá: Àrin Ásíà
中文: 中亚
文言: 中亞
Bân-lâm-gú: Tiong A-chiu
粵語: 中亞