Mantiq

Bu maqola falsafa ostsohasi haqidadir. Matematika ostsohasi uchun Matematik mantiq maqolasiga qarang.

Mantiq dalil keltirish va xulosa chiqarish prinsiplarini oʻrganuvchi falsafiy tadqiqotdir.

Mantiq, logika — toʻgʻri tafakkur yuritishning asosiy qonunlari va shakllari haqidagi fan. M. oʻzining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. M.ga oid dastlabki fikrlar Qad. Sharq mamlakatlarida, xususan, Hindiston, Xitoyda vujudga keddi. Qadimda M. falsafa tarkibida boʻlgan, mustaqil fan sifatida shakllanmagan. Yunon falsafasida M. masalalari dastlab Parmenidning "Tabiat toʻgʻrisida" asarida, Eleylik Zenonning aporiyalarida, Geraklit taʼlimotida u yoki bu darajada koʻrib chiqilgan. Aristo-/iyelgacha boʻlgan mantiqiy taʼlimotlar ichida Demokritnnt mantiqiy taʼlimoti, Sokrashnchnt induktiv metodi va Platon dialektikasi diqqatga sazovor. M. ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Aristotel nomi bilan bogʻlikdir. U birinchi boʻlib M. oʻrganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Uning "Kategoriyalar", "Talqin haqida", "Birinchi analitika", "Ikkinchi analitika", "Sofistik raddiyalar haqida", "Topika" nomli asarlari M. masalalariga bagʻishlangan. Aristotel M.ni "maʼlum bilimlardan nomaʼlum bilimlarni aniqlovchi", "chin fikrni xato fikrdan ajra-tuvchi" fan sifatida taʼriflaydi. Aristoteldan soʻng M., asosan, stoiklar maktabi vakillarining , Epikur, skeptiklar taʼlimotlarida rivojlantirilgan. Stoiklar M.ning maqsadi inson aqlini xatolardan asrash va haqiqatga erishishdir, deb bilishgan. Keyinchalik Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida ham M. ilmi shakllandi. Oʻrta Osiyoda ham falsafa va M. mustaqil fan sifatida taraqqiy etdi. Bunda Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Bedil kabi buyuk mutafakkirlarning xizmati katta boʻldi. Forobiy oʻzining "Mantiqqa kirish", "Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi" asarlarida M. masalalariga ilmiy bilish metodlari deb qaragan. Forobiy fikricha, M. insonlarni bilish jarayonidagi turli xato va adashishlardan saqlaydi. Forobiy tushuncha, hukm va ularning turlari, xulosa chiqarish, sillogizm va uning figuralari, moduslarini tahlil qildi. Sillogizm va isbotlash usuli eng toʻgʻri, haqiqatga olib keluvchi usul deb hisobladi. Ibn Sinoning "Kitob ashshifo", "Kitob annajot", "Donishnoma" asarlarida M.ga doyr fikrlari bayon etilgan. "M. bilingan (bilimlar) yordamida bilinmaganlarni qanday qilib aniqlashni koʻrsatadigan, haqiqat va haqiqatsifat bilim va yolgʻon nima ekanligini hamda ular qanday turlarga ega ekanligini aniqlab beradigan ilmdir", degan edi Ibn Sino. U M. ilmini barcha ilmlarning muqaddimasi, ularni egallashning zarur sharti sifatida talqin etdi. Aristotelning M.ga oid taʼlimoti Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdlarning M. ga oid asarlari orqali Yevropaga kirib keldi. Oʻrta asr Yevropasida M. masalalari, asosan, umumiy va yakka tushunchalarning oʻzaro munosabati do-irasida oʻrganildi. Yangi davrda R. Dekart, F. Bekon, T. Gobbs, V. Leybnits va boshqa M. ilmi turli yoʻnalishlarining yaratilishiga asos soldilar. 18 — 19-asrlar falsafiy fikrida I. Kant va V. F. Gegel yaratgan mantiqiy tizimlar muhim oʻrin tutadi. Gegel fikricha, falsafa M. shaklida mavjud, uning oʻrganish obʼyektini tafakkur tashkil etadi. M.ning asosiy vazifasi haqiqatni aniqlash, unga erishish yoʻllarini oʻrganishdir.

M. tafakkurning namoyon boʻlish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar oʻrtasidagi aloqadorlikni koʻrsatadigan qonunqoidalar yigʻindisini oʻrganadi. M.ning vazifasi — chin fikrni, haqiqatni aniqlash. M. ilmining oʻrganish obʼyekti tafakkur tr- Tafakkur 3 xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud boʻladi. Muhokama yuritish ana shular va ularning oʻzaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy tuzilmalar (mas, muammo, gipoteza, nazariya, gʻoya va boshqalar)da amalga oshadi. Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy sharti qatoriga fikrning chin boʻlishi va formal jihatdan toʻgʻri qurilishi kiradi. Oʻzi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr — chin fikr deb ataladi (qarang Isbot). Fikrni toʻgʻri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. Tafakkur qonunlari (qarang Ayniyat qonuni, Ziddiyat qonuni, Yetarli asos qonuni, Uchinchisi istisno qonuni) mu-hokama yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash elementlari) oʻrtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur koʻp qirrali jarayon boʻlib, uni turli tomondan, xususan, mazmuni va shakli (tuzilmasi) boʻyicha yoki kelib chiqishi va taraqqiyotida olib oʻrganish mumkin. Bularning barchasi M. ilmining vazifasini tashkil etadi, uning turli metodlaridan (qarang Induksiya, Deduksiya) foydalanishga, har xil yoʻnalishga ajralishiga sabab boʻladi.

Hozirgi paytda M.ning formal M., dialektik M., matematik M. kabi yoʻnalishlari bor. Formal M. tafakkur strukturasini fikrning anik, mazmuni va taraqqiyotidan chetlashgan holda, nisbatan mustaqil ravishda oʻrganadi. Uning diqqat markazida muhokamani toʻgʻri qurish bilan bogʻliq qoidalar va mantiqiy amallar yotadi. Dialektik M. tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida hamda taraqqiyotida olib oʻrganadi. Matematik M. tafakkurni matematik metodlar yordamida tadqiq etadi. U hozirgi zamon mat. sining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib, tafakkurni yuqori darajada abstraktlashgan va formallashgan sistemada tahlil qiladi. 20-asrda noanʼanaviy M.ning turli yoʻnalishlari, xususan, koʻp qiymatli mantiqiy sistemalar (Ya. Lukasevich, Geyting , Reyxenbaxning uch qiymatli mantiqiy sistemalari, Postning nqiymatli mantiqiy sistemasi va shahrik.), konstruktiv M. lar (A. N. Kolmogorov, A. A. Markov variantlari) va modal M. kabi nazariyalar vujudga keldi va rivojlandi.

Oʻzbekistonda M. masalalari bilan dastlab M. M. Xayrullayev, E. Yu. Yusupov, V. Qobulov shugʻullangan. Keyinchalik I. Rahimov, M. Sharipov, O. Imomxoʻjayeva, D. Fayzixoʻjayeva va boshqa M.ga oid ilmiy izlanishlar olib borishdi.

Other Languages
Afrikaans: Logika
Alemannisch: Logik
aragonés: Lochica
العربية: منطق
مصرى: منطق
অসমীয়া: তৰ্কশাস্ত্ৰ
asturianu: Lóxica
azərbaycanca: Məntiq
تۆرکجه: منطیق
башҡортса: Логика
Boarisch: Logik
žemaitėška: Luogėka
беларуская: Логіка
беларуская (тарашкевіца)‎: Лёгіка
български: Логика
বাংলা: যুক্তি
bosanski: Logika
буряад: Ушар ухаан
català: Lògica
Chavacano de Zamboanga: Logica
нохчийн: Логика
کوردی: لۆژیک
corsu: Logica
čeština: Logika
Чӑвашла: Логика
Cymraeg: Rhesymeg
dansk: Logik
Deutsch: Logik
Ελληνικά: Λογική
English: Logic
Esperanto: Logiko
español: Lógica
eesti: Loogika
euskara: Logika
estremeñu: Lógica
فارسی: منطق
suomi: Logiikka
Võro: Loogiga
français: Logique
Nordfriisk: Loogik
Frysk: Logika
Gaeilge: Loighic
贛語: 邏輯學
galego: Lóxica
עברית: לוגיקה
Fiji Hindi: Logic
hrvatski: Logika
magyar: Logika
interlingua: Logica
Bahasa Indonesia: Logika
Interlingue: Logica
Igbo: Ǹzù
Ilokano: Lohika
Ido: Logiko
íslenska: Rökfræði
italiano: Logica
日本語: 論理学
Patois: Lajik
la .lojban.: logji
Basa Jawa: Logika
ქართული: ლოგიკა
Gĩkũyũ: Logic
қазақша: Логика
ភាសាខ្មែរ: តក្កវិទ្យា
한국어: 논리학
kurdî: Mentiq
Кыргызча: Логика
Latina: Logica
Lëtzebuergesch: Logik
лакку: Мантикь
Lingua Franca Nova: Lojica
lietuvių: Logika
latviešu: Loģika
македонски: Логика
монгол: Логик
Bahasa Melayu: Logik
Mirandés: Lógica
မြန်မာဘာသာ: ယုတ္တိဗေဒ
Plattdüütsch: Logik
नेपाल भाषा: तर्क
Nederlands: Logica
norsk nynorsk: Logikk
norsk: Logikk
Novial: Logike
occitan: Logica
ਪੰਜਾਬੀ: ਤਰਕ ਸ਼ਾਸਤਰ
Norfuk / Pitkern: Lojik
polski: Logika
Piemontèis: Lògica
پنجابی: تُک
português: Lógica
română: Logică
русский: Логика
русиньскый: Лоґіка
саха тыла: Логика
ᱥᱟᱱᱛᱟᱲᱤ: ᱡᱩᱠᱛᱤ
sardu: Lògica
sicilianu: Lòggica
Scots: Logic
سنڌي: منطق
srpskohrvatski / српскохрватски: Logika
Simple English: Logic
slovenčina: Logika
slovenščina: Logika
shqip: Logjika
српски / srpski: Логика
Basa Sunda: Logika
svenska: Logik
Kiswahili: Mantiki
தமிழ்: ஏரணம்
тоҷикӣ: Мантиқ
Türkmençe: Logika
Tagalog: Lohika
Tok Pisin: Lajik
Türkçe: Mantık
татарча/tatarça: Мантыйк
тыва дыл: Билиглел
українська: Логіка
اردو: منطق
Tiếng Việt: Logic
walon: Lodjike
Winaray: Lohika
吴语: 邏輯
isiXhosa: I-logic
ייִדיש: לאגיק
Yorùbá: Ọgbọ́n
中文: 逻辑
文言: 理則
Bân-lâm-gú: Lô-chek
粵語: 邏輯學