Maktab

Maktab - o'qituvchi rahbarligida yosh avlodga maʼlumot beriladigan va tarbiyaviy ishlar olib boriladigan oʻquv tarbiya muassasasi.Oʻzbekistonda maktab, asosan, davlat mulki bo'lib, unda o'qish bepuldir. Shu bilan birga oliy o'quv yurtlarida o'qish qisman shartnoma asosida ota-onalar mablag'lari hisobiga amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yilda qabul qilingan «Ta`lim to'g'risida»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da belgilab berilganidek, Oʻzbekiston maktablarida ta`lim oʻquvchilarning ona tilida olib boriladi. Barcha maktablarda o'quvchi va talabalar uchun uzliksiz tarzda ta`limning quyi bosqichidan yuqori bosqichiga o'tish ta`minlangan. Boshlang'ich va O'rta maktablarda ta`limning asosiy shakli - dars, o'rta maxsus va kasb-hunar, hamda oliy maktablarda - leksiya.

Maktabni quyidagi turlarga boʻlish mumkin: a) beriladigan bilimning harakteriga kura — umumiy va professional; b) bilimning koʻlamiga koʻra — boshla-ngʻich (yoki quyi), oʻrta, oliy; v) kimning qaramogʻida boʻlishiga qarab — davlat, munitsipal (jamoa) va xususiy; g) oʻquvchilar jinsiga koʻra — aralash (har ikki jinsdagi oʻquvchilar uchun), ayollar hamda erlar maktabi;d) dinga nisbatan — dunyoviy vadiniy (konfessional); ye) bolalar M.da boʻlish vaqtiga qarab — qatnab oʻqiydigan M. va tunab qolinadigan M. (pansion, internat va t.k.). Oʻzbekistonda M., asosan, davlat mulki boʻlib, unda oʻqish bepuldir. Shu bilan birga oliy oʻquv yurtlarida oʻqish qisman shartnoma asosida ota-onalar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. OʻzR ning 1997 yilda qabul qilingan "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qoluni hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" da belgilab berilganidek, Oʻzbekiston maktablarida taʼlim oʻquvchilarning ona tilida olib boriladi. Barcha M.larda oʻquvchi va talabalar uchun uzluksiz tarzda taʼlimning quyi bosqichidan yuqori bosqichiga oʻtish taʼminlangan. Boshlangʻich va oʻrta M.larda taʼlimning asosiy shakli — dars, oʻrta maxsus va kasb-hunar, hamda oliy maktablarda — leksiya.

Ilk M.lar qad. Sharq mamlakatlari (Xitoy, Bobil, Misr va boshqalar)da paydo boʻlgan; bu mamlakatlardagi ibodatxonalarda kohinlar va kotiblar M.lari boʻlgan. Yevropada dastlabki M.lar taxminan miloddan avvalgi 6-asrda Yunonistonda, miloddan avvalgi 4-asrda Qad. Rimda vujudga kelgan.

Oʻrta Osiyoda boshlangʻich taʼlim beradigan M. maktabxona deb nomlangan. Oʻrta Osiyoda M.lar tipidan yana Madrasa, qorixonank koʻrsatish mumkin. Madrasa oʻrta va oliy tipdagi M. hisoblangan; qorixonada Qurʼonni tilovat qilish oʻrganilgan.

Turkistondagi rus aholi mahalliy aholiga nisbatan M.lar bilan yaxshi taʼminlangan. 1876 yildan gimnaziya, real M., muallimlar seminariyasi va boshqa xil M.lar ochilgan. Rus M.larining ayrimlarida mahalliy millat bolalari ham oʻqigan. 19-asr oxirlarida mahalliy millat bolalari uchun rus-tuzem maktablari tashkil etila boshladi. Bu M.lar, asosan, chorizmning mustamlakachilik siyosatiga xizmat qilgan boʻlsada, oʻlkada ilgʻor oʻqish usullarining yoyilishida maʼlum rol oʻynadi. Sovet tuzumi davrida M.lardagi taʼlim jarayonining oʻzi va oʻqitish uslubiyatidagi har xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki, oʻquvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qoldi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, maktablarning moddiy texnika bazasini rivojlantirish, ularni ilmiy metodik jihatdan taʼminlash sohasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Oʻzbekistonda M. ishlari yuksak surʼatlar bilan rivojlanmoqda. Mamlakatda 9672 umumiy oʻrta taʼlim maktabi (6 mln. dan ortiq oʻquvchi), 224 oʻrta maxsus va kasb-hunar oʻquv yurti (223 ming oʻkuvchi), 61 oliy oʻquv yurti (125,5 ming talaba) mavjud (2002). Yana q. Xalq taʼlimi, Boshlangʻich maktab, Umumiy oʻrta taʼlim maktabi, Akademik litsey, Kasb-hunar kolleji, Oliy oʻquv yurtlari; 2) fan, adabiyot, sanʼat, ijtimoiysiyosiy hayot va shahrik.da oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan yoʻnalish, oqim (mas, geolog olim Habib Abdullayev maktabi va h.k.).

Maktab atamasi, shuningdek, rangtasvir, haykaltaroshlikka, oʻziga xosligi aniq ifodalangan shahar yoki maʼlum vilo-yat meʼmorligiga, u yoki bu darajada anik, uslubiy va tarixiy chegaralariga ega boʻlgan butun bir mamlakatning milliy sanʼatiga nisbatan ham qoʻllanadi (mas, Hirot miniatyura maktabi).[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. Rohatoy Safarova, Laylo Shermamatova. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Other Languages
Acèh: Sikula
адыгабзэ: ЕджапӀэ
Afrikaans: Skool
Alemannisch: Schule
العربية: مدرسة
অসমীয়া: বিদ্যালয়
asturianu: Escuela
Aymar aru: Yatiña uta
azərbaycanca: Məktəb
تۆرکجه: مدرسه
башҡортса: Мәктәп
žemaitėška: Muokīkla
Bikol Central: Eskwelahan
беларуская: Школа
български: Училище
Bahasa Banjar: Sakulah
བོད་ཡིག: སློབ་གྲྭ།
brezhoneg: Skol
bosanski: Škola
буряад: Һургуули
català: Escola
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Hŏk-hâu
Tsetsêhestâhese: Moxe'estonemaheo'o
کوردی: فێرگە
čeština: Škola
Чӑвашла: Шкул
dansk: Skole
Deutsch: Schule
Ελληνικά: Σχολείο
English: School
Esperanto: Lernejo
español: Escuela
eesti: Kool
euskara: Eskola
فارسی: مدرسه
suomi: Koulu
Võro: Kuul
français: École
Gaeilge: Scoil
galego: Escola
Avañe'ẽ: Mbo'ehao
עברית: בית ספר
हिन्दी: विद्यालय
hrvatski: Škola
Kreyòl ayisyen: Lekòl
magyar: Iskola
հայերեն: Դպրոց
interlingua: Schola
Bahasa Indonesia: Sekolah
ГӀалгӀай: Дешоле
Ido: Skolo
íslenska: Skóli
italiano: Scuola
ᐃᓄᒃᑎᑐᑦ/inuktitut: ᐃᓕᓐᓂᐊᕈᑎᒃᓴᓕᐅᕐᕕᒃ
日本語: 学校
ქართული: სკოლა
қазақша: Мектеп
ಕನ್ನಡ: ಶಾಲೆ
한국어: 학교
kurdî: Dibistan
Кыргызча: Мектеп
Latina: Schola
Ladino: Eskola
Lëtzebuergesch: Schoul
lumbaart: Scöla
lingála: Etéyelo
lietuvių: Mokykla
latviešu: Skola
मैथिली: विद्यालय
Basa Banyumasan: Sekolah
македонски: Училиште
മലയാളം: വിദ്യാലയം
मराठी: शाळा
Bahasa Melayu: Sekolah
မြန်မာဘာသာ: ကျောင်း
Plattdüütsch: School
नेपाली: विद्यालय
norsk nynorsk: Skule
norsk: Skole
Livvinkarjala: Škola
ଓଡ଼ିଆ: ବିଦ୍ୟାଳୟ
ਪੰਜਾਬੀ: ਸਕੂਲ
پنجابی: سکول
پښتو: ښوونځی
português: Escola
Runa Simi: Yachay wasi
română: Școală
armãneashti: Sculii
русский: Школа
русиньскый: Школа
ᱥᱟᱱᱛᱟᱲᱤ: ᱵᱤᱨᱫᱟᱹᱜᱟᱲ
sicilianu: Scola
Scots: Schuil
سنڌي: اسڪول
davvisámegiella: Skuvla
srpskohrvatski / српскохрватски: Škola
සිංහල: පාසල්
Simple English: School
slovenčina: Škola
slovenščina: Šola
chiShona: Chikoro
shqip: Shkolla
српски / srpski: Школа
Basa Sunda: Sakola
svenska: Skola
Kiswahili: Shule
తెలుగు: పాఠశాల
тоҷикӣ: Мактаб
Tagalog: Paaralan
Tok Pisin: Skul
Türkçe: Okul
тыва дыл: Школа
ئۇيغۇرچە / Uyghurche: Mektep
українська: Школа
اردو: مدرسہ
vepsän kel’: Škol
Tiếng Việt: Trường học
West-Vlams: Schole
walon: Scole
Winaray: Iskwilahan
吴语: 学堂
მარგალური: სკოლა
ייִדיש: שולע
Vahcuengh: Hagdangz
Zeêuws: Schole
中文: 学校
文言: 學校
Bân-lâm-gú: Ha̍k-hāu
粵語: 學校