Magnit maydon

Hans Christian Ørsted, Der Geist in der Natur, 1854

Magnit maydon — harakatlanayotgan elektr zaryadlarga va magnit momenpish jismlarga taʼsir qiladigan kuch maydoni. M. Faradey birinchi marta 1845 yilda fanga kiritgan. U elektr oʻzaro taʼsirlar ham, magnit oʻzaro taʼsirlar ham yagona moddiy maydon yordamida amalga oshadi, deb hisoblagan. Elektromagnit maydonning klassik nazariyasini J. Maksvell yaratgan (1873). Oʻzgaruvchi Magnit maydon oʻzgaruvchi elektr maydon bilan uzviy bogʻlangan. Magnit maydon harakatdagi elektrlangan jismlar, elektr tokli oʻtkazgichlar va magnitlangan jismlar atrofida hosil boʻladi (rayemga q.). Elektr toki hosil qiladigan Magnit maydon Bio— Savar — Laplas qonuniga, Magnit maydon ning elektr tokiga taʼsiri esa Amper qonunita asosan aniqlanadi.

Magnit maydon mikrodunyo hodisalarida, kosmik obʼyektlarda ham kuzatiladi. Mikrodunyo hodisalaridagi Magnit maydon, asosan, barcha zarralarning magnit momentga ega boʻlishligiga, harakatlanuvchi elektr zaryadiga Magnit maydon koʻrsatadigan taʼsirga bogʻliq. Bular esa moddalardagi paramagnetizm, diamagnetizm, ferromagnetizm, antiferromagnetizm, magnit rezonans, magnitooptika hodisalari, Faradey effekti kabi hodisalarni yuzaga keltiradi.

Harakatlanuvchi elektr zaryadi Magnit maydon da tekis aylanma (vint chizigʻi boʻyicha) harakat qiladi. Magnit maydonning ayrim joylarida elektr zaryadlarning harakat yoʻnalishi qarama-qarshisiga oʻzgarishi mumkin. Magnit maydonning bunday joylari magnit koʻzgular deyiladi. Magnit maydon taʼsirida atom ichidagi elektronlar qoʻshimcha harakat qiladi. Atomning nurlanishi Magnit maydon taʼsirida oʻzgaradi (qarang Zeyeman effekti). Jismda tarqaluvchi yorugʻlikning qutblanish tekisligi Magnit maydon taʼsirida maʼlum burchakka buriladi (Faradey effekti). Yer, Quyosh singari koʻpgina moddiy sistemalar Magnit maydon ga ega. Quyosh dogʻlari kuchli Magnit maydon bilan bogʻlangan. Quyoshdagi oʻzgarishlar natijasida Yer Magnit maydonning kuchli gʻalayonlanishi — magnit boʻronlari hosil buladi. Kosmosni oʻzlashtirish, yadrolarni sintez qilish, plazma fizikasi va boshqa sohalardagi fan va texnika masalalari Magnit maydon ni oʻrganish bilan bogʻliq. Magnit maydon, asosan, kucheiz (500 Gs), oʻrtacha (500 Gs dan 40 kGs gacha), kuchli (40 kGs dan 1 MGs gacha) va oʻta kuchli (1 MGs dan yuqori) xillarga boʻlinadi. Kuchsiz va oʻrtacha Magnit maydondan elektronika, elektrotexnika radiotexnikada, shuningdek, 500 Gs dan 40 kGs gacha boʻlgan Magnit maydondan zaryadli zarralar tezlatkichlari, Vilson kamerasi, pufakli kamera, mass-spektrometr kabi kurilmalarda foydalaniladi. Kuchli va oʻta kuchli Magnit maydon, asosan, qattiqjismlar fizikasida, ferromagnetizm va antiferromagnetizm xossalarini oʻrganishda, magnitogidrodinamik generator va boshqalarda ishlatiladi. Kucheiz va oʻrtacha Magnit maydon doimiy magnitlar, elektr magnitlar, oʻta oʻtkazuvchi magnitlar, solenoidlar (elektr toki utkazgichi) yordamida, kuchli Magnit maydon yoʻnaltirilgan portlatish usulida olinadi (oxirgi usulda mis quvur ichida oldindan kuchli impulyeli Magnit maydon hosil qilinadi va u kuchli portlashning radial bosimiga duch"r qilinadi).

Adabiyot

  • manbalar

Manbalar




Other Languages
Afrikaans: Magneetveld
Alemannisch: Magnetfeld
aragonés: Campo magnetico
العربية: حقل مغناطيسي
asturianu: Campu magnéticu
azərbaycanca: Maqnit sahəsi
башҡортса: Магнит ҡыры
беларуская: Магнітнае поле
беларуская (тарашкевіца)‎: Магнітнае поле
български: Магнитно поле
bosanski: Magnetno polje
čeština: Magnetické pole
Cymraeg: Maes magnetig
dansk: Magnetfelt
Deutsch: Magnetfeld
Esperanto: Magneta kampo
estremeñu: Campu manéticu
Nordfriisk: Magneetisk fial
עברית: שדה מגנטי
Fiji Hindi: Magnetic field
hrvatski: Magnetsko polje
Kreyòl ayisyen: Chan mayetik
interlingua: Campo magnetic
Bahasa Indonesia: Medan magnet
íslenska: Segulsvið
italiano: Campo magnetico
日本語: 磁場
қазақша: Магнит өрісі
한국어: 자기장
Кыргызча: Магнит талаасы
македонски: Магнетно поле
Bahasa Melayu: Medan magnet
မြန်မာဘာသာ: သံလိုက်စက်ကွင်း
Nederlands: Magnetisch veld
norsk nynorsk: Magnetfelt
norsk: Magnetfelt
occitan: Camp magnetic
português: Campo magnético
română: Câmp magnetic
русиньскый: Маґнетічне поле
srpskohrvatski / српскохрватски: Magnetno polje
Simple English: Magnetic field
slovenčina: Magnetické pole
slovenščina: Magnetno polje
српски / srpski: Магнетно поље
Basa Sunda: Médan magnétik
svenska: Magnetfält
Kiswahili: Uga sumaku
Türkçe: Manyetik alan
татарча/tatarça: Магнит кыры
українська: Магнітне поле
Tiếng Việt: Từ trường
吴语: 磁场
中文: 磁場
粵語: 磁場