Magellan boʻgʻozi

Magellan boʻgʻozi — Jan. Amerika materigi bilan Olovli Yer arxipelagi orasidagi boʻgʻoz. Atlantika okeanini Tinch okean bilan bogʻlaydi. Uz. 575 km, eng tor joyi 2,2 km, farvaterida eng sayoz joyining chuq. 19,8 m. Kuchli gʻarbiy shamollar boʻlib turadi. Suv osti qoyalari va sayozliklarining koʻpligi kema qatnovini qiyinlashtiradi. Magellan boʻgʻoziga Olovli Yerdan muzliklar kelib tushadi. Punta-Arenas (Chili) porti bor. Boʻgʻoz ilk bor (1520 yil) uni kesib oʻtgan portugal dengizchisi F. Magellan nomi bilan atalgan.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Other Languages
العربية: مضيق ماجلان
azərbaycanca: Magellan boğazı
башҡортса: Магеллан боғаҙы
Boarisch: Magellanstross
беларуская: Магеланаў праліў
беларуская (тарашкевіца)‎: Магеланавы праліў
Esperanto: Magelana markolo
עברית: מצר מגלן
Bahasa Indonesia: Selat Magelhaens
íslenska: Magellansund
한국어: 마젤란 해협
македонски: Магеланов Проток
Bahasa Melayu: Selat Magellan
Nederlands: Straat Magellaan
norsk nynorsk: Magellansundet
srpskohrvatski / српскохрватски: Magellanov tjesnac
Simple English: Strait of Magellan
slovenčina: Magalhaesov prieliv
slovenščina: Magellanov preliv
српски / srpski: Магеланов мореуз
татарча/tatarça: Магеллан бугазы
Tiếng Việt: Eo biển Magellan