Mafiya

Mafiya (lot. maffi a, ital. mafi a — maxfiy) — zoʻrlik, qoʻrqitish, terror, qotillik, igʻvogarlik usuli bilan iqtisodiy va siyosiy maqsadlarga erishish uchun tuziladigan maxfiy uyushma; uyushgan jinoyatchilik tashkiloti. Bir-biri bilan oʻzaro bogʻlangan va poraga sotilgan davlat amaldorlari, davlat organlaridan yerdam oladigan jinoyatchi guruhlar. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida Italiyaning Sitsiliya o.da paydo boʻlgan. 20-asrda M. tashkilotlari faoliyati shaharlarda avj oldi. M., odatda, qimorbozlik, bangilik, fohishabozlik kabi ijtimoiy axloqsizlikni uyushtiradi va oʻz homiyligiga oladi, siyosiy hayotga faol aralashadi. M. davlat idoralari, sud va politsiya amaldorlari, muayyan siyosiy doiralar bilan birikib ketadi. Keyinchalik uyushgan jinoyatchilikning davlat hokimiyati, sud, prokuratura va boshqa idoralar xodimlari bilan til biriktirishi va oʻzaro bir-birini himoya qilishi M. deb ataladigan boʻldi. [1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Other Languages
العربية: مافيا
azərbaycanca: Mafiya
беларуская (тарашкевіца)‎: Мафія
български: Мафия
brezhoneg: Mafia
bosanski: Mafija
català: Màfia
čeština: Mafie
Cymraeg: Maffia
dansk: Mafia
Deutsch: Mafia
Ελληνικά: Μαφία
English: Mafia
Esperanto: Mafio
español: Mafia
eesti: Maffia
euskara: Mafia
فارسی: مافیا
suomi: Mafia
français: Mafia
Gaeilge: Maifia
עברית: מאפיה
हिन्दी: माफ़िया
hrvatski: Mafija
magyar: Maffia
Հայերեն: Մաֆիա
Bahasa Indonesia: Mafia
Ido: Mafio
italiano: Mafia
日本語: マフィア
ქართული: მაფია
қазақша: Мафия
한국어: 마피아
Latina: Mafia
lietuvių: Mafija
latviešu: Mafija
македонски: Мафија
മലയാളം: മാഫിയ
Bahasa Melayu: Mafia
Malti: Mafja
Napulitano: Mafia
Nederlands: Maffia
norsk: Mafia
occitan: Màfia
polski: Mafia
português: Máfia
română: Mafie
русский: Мафия
sicilianu: Mafia
Scots: Mafia
srpskohrvatski / српскохрватски: Mafija
Simple English: Mafia
slovenčina: Mafia
slovenščina: Mafija
shqip: Mafia
српски / srpski: Мафија
svenska: Maffia
тоҷикӣ: Мафия
Tagalog: Mafia
Türkçe: Mafya
українська: Мафія
اردو: مافیا
vèneto: Mafia
vepsän kel’: Mafii
Tiếng Việt: Mafia
Winaray: Mafia
ייִדיש: מאפיא
中文: 黑手党
粵語: 黑手黨