Lugansk viloyati

Lugansk viloyati (1970-90 yillarda Voroshilovgrad viloyati) — Ukrainadagi viloyat. 1938 yil 3 iyunda tuzilgan. Maydoni 26,7 ming km². 18 rayon, 34 shahar, 104 shaharcha bor. Markazi Lugansk shahri Aholisi 2743 ming kishi (1997). Asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, belorus, yahudiy, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Lugansk viloyati yer yuzasi oʻrqirli tekislik. Jan.da Donetsk qirlari (200–300 m) joylashgan. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir, ohaktosh, qum, gil. Iqlimi moʻʼtadil – kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 21,8°–23,G, yanvarniki –6°, –8°. Yiliga 400–500 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 196–208 kun. Daryolarning koʻpchiligi Severskiy Donets havzasiga mansub. Tuprogʻi, asosan, qora tuproq, shuningdek, chimli podzol tuproklar ham uchraydi. Viloyat yerlarining koʻp qismi haydalgan. 7% maydoni oʻrmonzor (qaragʻay, dub, shumtol, zarang). Lugansk viloyati Ukrainaning muhim ogʻir sanoatrayoni. Sanoatida koʻmir, metallsozlik, mashinasozlik va kimyo sanoati tarmoqdari yetakchi oʻrinda. Toshkoʻmir qazib olish muhim oʻrin egallaydi. Yirik TETS va GRESlar qurilgan. Mahalliy koks va Krivoy Rog rudasida ishlaydigan qora metallurgiyaning salmogʻi katta. Quvur va gʻoʻla prokati zavodlari bor. Tegoyuvozsozlik, mashinasozlik, elektromexanika zavodlari ishlab turibdi. Kimyo va koks-kimyo, yengil, oziq-ovqat, sanoatlari ham rivojlangan. Ammiak, kaprolaktam va mineral oʻgʻitlar, anilin boʻyoqlari, kimyoviy kislotalar va boshqa neorganik mahsulotlar ishlab chiqariladi. Donetskda soda zavodi, Staxanovda qurum zavodlari bor. Qishloq xoʻjaligi koʻp tarmoqli va mexanizatsiyalashgan. Asosiy ekini gʻalla, texnika ekinlari ham ekiladi. Keng maydonda yaylov va pichanzorlar, tok-zor va mevazorlar, bogʻlar bor. Chorvachiliqda sut-goʻsht chorvachiligi asosiy oʻrinda. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. 5 oliy oʻquv yurti, 3 muzey, 3 teatr, filarmoniya, telemarkaz, aeroport mavjud.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Other Languages
Afrikaans: Loehansk-oblast
azərbaycanca: Luqansk vilayəti
башҡортса: Луганск өлкәһе
беларуская (тарашкевіца)‎: Луганская вобласьць
български: Луганска област
qırımtatarca: Lugansk vilâyeti
čeština: Luhanská oblast
Nordfriisk: Luhansjk (Prowins)
hrvatski: Luganska oblast
interlingua: Region Luhansk
Bahasa Indonesia: Oblast Luhansk
한국어: 루한스크주
لۊری شومالی: لوهانسک
lietuvių: Luhansko sritis
олык марий: Луганск вел
македонски: Луганска област
монгол: Луханск муж
Nederlands: Oblast Loehansk
norsk nynorsk: Luhansk oblast
português: Oblast de Lugansk
русиньскый: Луганьска область
srpskohrvatski / српскохрватски: Luganska oblast
Simple English: Luhansk Oblast
slovenčina: Luhanská oblasť
српски / srpski: Луганска област
татарча/tatarça: Луганск өлкәсе
українська: Луганська область
Tiếng Việt: Luhansk (tỉnh)
მარგალური: ლუგანსკიშ ოლქი
Bân-lâm-gú: Lugansk séng