Lahja

Lahja, dialekt — umumxalq tilining muayyan chegaralangan hududda joylashgan kishilar jamoasida bevosita aloqa vositasi sifatida qoʻllanuvchi va nisbatan yaxlit lisoniy tizim bilan ajralib turuvchi koʻrinishi. L. bir qator kattaroq til tuzilmasi tarkibiga kiradi, ushbu butunlikning boshqa qismlariga, boshqa L.lariga qarshi qoʻyilib, taqqoslanadi va ular bilan umumiy xususiyatlarga ega boʻladi. Hududiy L.lar tovushlar tarkibi, grammatika, soʻz yasalishi, leksika nuqtai nazaridan muayyan tafovutlarga ega boʻladilar. Bunday farqlar sezilmas darajada boʻlib, aniq, bir tilning turli L.larida soʻzlovchilar bir-birini yaxshi tushunishadi (mas, oʻzbek tili L. va shevalari), boshqa tillarning L.lari bir-biridan kuchli farq qilib, bunda turli L.larda soʻzlovchilarning oʻzaro aloqasi qiyinlashadi yoki mumkin boʻlmaydi (mas, nemis, xitoy tillari L.lari). L. umumxalq tilining quyi bosqichi hisoblanadi, u shevaga nisbatan keng maʼnoga ega boʻlib, shevalar yigʻindisidan tarkib topadi. Mas, etnogenetik jihatdan koʻp tarkibli boʻlgan oʻzbek tilida 3 ta asosiy L. farqlanadi: qorluq-chigil-uygʻur L.si — Fargʻona vodiysidagi, Toshkent va Zarafshon vohalaridagi shaharlar va ularga yaqin aholi maskanlari shevalarini oʻzi ichiga oladi; qipchoq L.si — Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Shim. Xorazmdagi hamda Fargʻona va Ohangaron vodiylaridagi "j"lovchi oʻzbek shevalarini oʻz ichiga oladi; oʻgʻuz L.si — Jan. Xorazm (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp va boshqalar) va Turkmanistondagi oʻzbek shevalaridan iborat. Mazkur L.larning fonetikasi, grammatikasi va lugʻat tarkibida bir-biridan farq qiluvchi xususiyatlar mavjud, lekin bu farqlar ularni birbiridan keskin ajratmaydi. Bu L.lar oʻzbek xalqi va tilining paydo boʻlishi va rivojlanishida yetakchi oʻrin egallab, qoz. oʻzbek adabiy tilining shakllanishi va undagi ayrim lisoniy hodisalarning barqarorlashishida ishtirok etgan. Qorluq L.sining Toshkent va Fargʻona tip shevalari hozirgi oʻzbek adabiy tilining tayanch shevalari hisoblanadi. Oʻzbek adabiy tili hozir ham L.lardagi eng ifodali, koʻp maʼnoli soʻzlar va iboralar, maqbul grammatik shakllar hisobiga boyib bormoqda. Abduvahob Madvaliyev.[1]

  • manbalar

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





Other Languages
Afrikaans: Dialek
Alemannisch: Dialekt
aragonés: Dialecto
العربية: لهجة
مصرى: لهجه
asturianu: Dialeutu
azərbaycanca: Ləhcə
башҡортса: Диалект
Boarisch: Mundoat
žemaitėška: Tarmie
беларуская: Дыялект
беларуская (тарашкевіца)‎: Дыялект
български: Диалект
বাংলা: উপভাষা
བོད་ཡིག: ཡུལ་སྐད།
brezhoneg: Rannyezh
bosanski: Dijalekt
català: Dialecte
Mìng-dĕ̤ng-ngṳ̄: Huŏng-ngiòng
کوردی: شێوەزار
čeština: Nářečí
Чӑвашла: Диалект
Cymraeg: Tafodiaith
dansk: Dialekt
Deutsch: Dialekt
Zazaki: Diyalekt
Ελληνικά: Διάλεκτος
English: Dialect
Esperanto: Dialekto
español: Dialecto
eesti: Murre
euskara: Dialekto
فارسی: گویش
suomi: Murre
Võro: Murrõq
føroyskt: Málføri
français: Dialecte
Frysk: Dialekt
Gaeilge: Canúint
galego: Dialecto
ગુજરાતી: બોલી
Gaelg: Fo-ghlaare
हिन्दी: उपभाषा
hrvatski: Dijalekt
Kreyòl ayisyen: Aksan
magyar: Dialektus
հայերեն: Բարբառ
interlingua: Dialecto
Bahasa Indonesia: Dialek
Interlingue: Dialecte
íslenska: Mállýska
italiano: Dialetto
日本語: 方言
Basa Jawa: Dhialèk
ქართული: დიალექტი
Kongo: Patua
қазақша: Диалект
한국어: 방언
kurdî: Zarava
Кыргызча: Диалект
Latina: Dialectos
Lingua Franca Nova: Dialeto
Limburgs: Dialek
lumbaart: Dialet
lietuvių: Tarmė
latviešu: Dialekts
Baso Minangkabau: Dialek
македонски: Дијалект
മലയാളം: ഉപഭാഷ
монгол: Аялгуу (хэл)
Bahasa Melayu: Loghat
Plattdüütsch: Dialekt
Nedersaksies: Dialekt
Nederlands: Dialect
norsk nynorsk: Målføre
norsk: Dialekt
Nouormand: Loceis
occitan: Dialècte
ਪੰਜਾਬੀ: ਉਪਭਾਸ਼ਾ
polski: Dialekt
Piemontèis: Dialèt
پنجابی: بولڑی
پښتو: گړدود
português: Dialeto
română: Dialect
русский: Диалект
русиньскый: Діалект
Scots: Dialect
سنڌي: لهجو
srpskohrvatski / српскохрватски: Dijalekt
Simple English: Dialect
slovenčina: Nárečie
slovenščina: Narečje
Soomaaliga: Afguri
shqip: Dialekti
српски / srpski: Дијалект
Basa Sunda: Dialék
svenska: Dialekt
Kiswahili: Lahaja
ślůnski: Djalekt
татарча/tatarça: Söyläm
українська: Діалект
vèneto: Diałeto
Tiếng Việt: Phương ngữ
walon: Diyaleke
吴语: 方言
მარგალური: დიალექტი
ייִדיש: דיאלעקט
中文: 方言
Bân-lâm-gú: Hong-giân
粵語: 方言